3-bob. Global boz


Download 362.03 Kb.
bet8/20
Sana22.02.2023
Hajmi362.03 Kb.
#1222868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
3-mavzu Global bozorda biznes yuritish

Birinchi yondashuv doirasida foyda va dividendlar firmaning asosiy ustuvorliklarini aks ettiruvchi boshlang‘ich maqsadli ko‘rsatkichlar qatoriga kiradi. Bu shuni anglatadiki, dastlab ikkala ko‘rsatkichning eng kam qiymati bo‘yicha ma’lum bir cheklovlar beriladi (masalan, to‘liq zararsiz ishlash, aksiyalarga yillik dividendni qat’iy belgilab qo‘yilgan miqdordan kam to‘lamaslik talabi va h.k.). Shunda, bir tomondan, firmaning turli, jumladan, xorijiy bozorlarda ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish va investitsiyalar sohasidagi imkoniyatlari aniqlanadi; boshqa tomondan, ular ta’minlaydigan daromad va xarajatlar nisbatiga muvofiq u yoki bu faoliyat yo‘nalishlarining rivojlanish istiqbollari aniqlanadi.
Ikkinchi yondashuv boshqa vazifa va maqsadlar belgilanmasdan turib, foyda va dividendga nisbatan hech qanday talablar qo‘ymaydi; bu ko‘rsatkichlar roli amalda ustuvorligi yuqori deb tan olingan boshqa maqsadlarga xizmat ko‘rsatishga borib taqaladi. Bu holatda firmaning undan kelib chiqqan holda xalqaro va boshqa maqsadlari shakllanadigan moliyaviy salohiyati faqat ichki va tashqi manbalardan mablag‘lar oqimi bilan cheklanadi, xolos.
Bu ikki yondashuv strategik rejalashtirish jarayonida amalga oshiriladigan qisqa muddatli va uzoq muddatli manfaatlarni aks ettiradi: yoki barqaror daromad, ehtmiol, istiqbolda optimal bo‘lmagan strategiyada, yoki oldinga kuchli harakatlanish uchun ayrim vaqtinchalik qurbonlar (yangi mahsulotni tezroq o‘zlashtirish, ma’lum bir bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish va h.k.).
Mehnat resurslari tahlili
Mehnat resurslarini tahlil qilish uchun tavsiya etiladigan ko‘rsatkichlar orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: a) xodimlar umumiy soni, jumladan, toifalar va ayrim funksiyalar
61

bo‘yicha; b) xodimlardan foydalanish darajasi; v) xodimlarning bir korxonadan boshqasiga ko‘chib o‘tish imkoniyati; g) qo‘shimcha resurslar jalb qilish imkoniyati.
Birinchi ko‘rsatkich mavjud xodimlar tarkibi va sonining firma rivojlanishi potentsial yo‘nalishlariga muvofiqligini baholashga imkon beradi. Bu yerda ushbu firma va uning raqobatchilari bo‘yicha mehnat ko‘rsatkichlari (masalan, mehnat mahsuldorligi, fondlar bilan ta’minlanganlik) solishtirma tahlili foydali bo‘ladi. Xodimlardan xuddi shu jihatdan foydalanish firmaning ichki zaxiralarini tavsiflaydi, bunda ikkinchi yo‘nalishning ahamiyati firma chiqarayotgan mahsulot tannarxining strukturasiga bog‘liq bo‘ladi.
Faoliyatni kengaytirish uchun zaxiralar boshqa manbasi – xodimlarni korxonalar bo‘yicha qayta taqsimlashdir. Buni, agar xodimlardan foydalanishda sezilarli tengsizlik mavjud bo‘lsa, istalgan holatda amalga oshirishdan ma’no bor (muqobil variant — bir joyda ortiqcha xodimlarni ishdan bo‘shatish va boshqa joyda ularni ishga olish, bu o‘qitish uchun qo‘shimcha xarajatlar talab qiladi; tanlov bu xarajatlar va xodimlarning boshqa korxonaga ko‘chib o‘tishi bilan bog‘liq xarajatlarga nisbatiga bog‘liq bo‘ladi); biroq bunday imkoniyatga ega bo‘lish yangi bozorda tez ekspansiya uchun ayniqsa muhim. Nihoyat, yangi xodimlarni jalb qilish imkoniyati asosan, faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatni tavsiflaydi, biroq bunda firma rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi, ushbu mamlakatda faoliyatni rivojlantirishning uchinchi manbasi hisoblanadi.

Download 362.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling