3-bob. Global boz
Download 362.03 Kb.
|
3-mavzu Global bozorda biznes yuritish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Usullar Savdo si y os a tining dasta k lari
- 3.2. Jahon b o z or l a ri g a chiqishda qo ‘ll a niladig a n strategi y al a r
Xalqaro savdo siyosati dastaklarining guruhlanishi
Dunyoning turli mamlakatlari o‘z savdo siyosatlarini amalga oshirish uchun turli dastaklardan foydalanadilar. Notarif cheklashlarning o‘rtacha darajasiga, odatda, u yoki bu cheklashga oid import yoki eksportning qiymat ulushi sifatida qaraladi. Bunda ularning natija berish darajasiga tuzatish kiritiladi. Masalan, zaruriy hujjatlar taqdim etilganda hokimiyat organlari tomonidan beriladigan eksport uchun avtomatik litsenziya, shubhasiz, belgilangan miqdordan ortiq tovarlarni eksport qilishni taqiqlovchi eksport kvotasiga qaraganda ancha kam darajada eksportni chegaralaydi. Tovarlarni eksport va import qilishga oid turli cheklashlar tanlab litsenziyalash 55 yuqori darajada samarali miqdoriy cheklovlar sanaladi. Avtomatik litsenziyalash moslanuvchan kvotalar kam samara beruvchi cheklovlar tarkibiga kiradi. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakat xalqaro savdo siyosatining u yoki bu dastaklarini qo‘llash haqida qaror qabul qilar ekan, odatda, ularning birgalikda ta’sir ko‘rsatishi va joriy vaziyatga ta’sirini, davlat ichkarisida va undan tashqarida kutilayotgan istiqbollarni baholaydi. 3.2. Jahon bozorlariga chiqishda qo‘llaniladigan strategiyalar va ko‘p millatli korporatsiyalarning roli. Jahon bozorda savdoga ta’sir qiluvchi kuchlar. Firmaning xalqaro faoliyati asosida mos keluvchi vakolatlarga ega menejer qabul qiladigan ma’lum bir strategik qarorlar yig‘indisi yotadi. Firmani samarali boshqarishda bu yig‘indi ratsional ifodalangan ekanligi nazarda tutiladi, ya’ni: 1) firmada qabul qiladigan boshqaruv tashkiliy tuzilmasidan qat’iy nazar uning tashqi aloqalari bilan bog‘liq barcha asosiy jihatlarni qamrab oladi; 2) firmaning bosh maqsadini joriy faoliyat rejalari va tezkor qarorlar darajasida ketma-ketlikda amalga oshirishni ta’minlaydi; 3) ichki qarama-qarshiliklar yo‘q; 4) tashqi qarama-qarshiliklar yo‘q; 5) vaziyatning rivojlanish tedentsiyalarini baholashga yo‘naltirilgan. Dastlabki 4 ta shartning bajarilishi ushbu yig‘indini tashkilot boshqaruvining muhim elementi hisoblangan to‘laqonli tizim sifatida baholashga imkon beradi; boshqacha qilib aytganda, ulardan birontasini bajarmaslik firmada oqilona strategik rejalashtirish mavjudligini shubha ostiga qo‘yadi. Firmaning tashqi aloqalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish umuman olganda, bitta ixtisoslashgan xizmatda (mamlakatimizda qayta qurish yillari tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishning dastlabki bosqichi chet elda operatsiyalarni amalga oshiruvchi xalqaro bo‘lim yaratishning ko‘p sonli misollarini beradi; shu bilan birga, xuddi shunday amerikaning yirik Campbell Soup korporatsiyasi ham amal qiladi) mujassamlangan bo‘lishi ham, boshqa istalgan (chiziqli, 56 funktsional) tashkiliy tuzilma doirasida amalga oshirilishi ham mumkin. Chet ellik mijozlar bilan firmaning normal faoliyatida o‘zaro aloqa qilish bilan bog‘liq ikkinchi holatda xalqaro faoliyatning tezkor masalalari turli bo‘linmalarda bir-biridan mustaqil ko‘rib chiqiladi va maxsus boshqaruv quyi tizimi tashkil qilishni talab etmaydi. Qaror qabul paytda to‘liq hajmda mavjud bo‘lmagan firma elementiga taalluqli qaror kelajakka yo‘naltirilgan hisoblanadi. Bunday elementlar qatoriga masalan, ishlab chiqish yoki ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulotlar, firma uchun yangi sotuv bozorlari, boshqa firma bilan biron-bir shaklda hamkorlik o‘rnatishni kiritish mumkin; shu bilan bir paytda, ta’minotchini almashtirish masalasini bunday hisoblab bo‘lmaydi, chunki firma u yoki bu tarzda o‘zini ushbu xom-ashyo turi va butlovchi qismlar bilan oldin ham ta’minlagan. Nazorat qilinmaydigan tashqi omillar ta’siri ko‘rib chiqilayotgan qarorni amalga oshirishning vaqt va davr ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Bu omillarni real jihatdan agar qaror to‘liq firma hududida amalga oshirilayotgan jarayonni tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lsa mavjud emas deb hisoblash mumkin, lekin shunda ham u faoliyatning yangi omillari (masalan, yangi materiallar, texnologiyalar, elementlar bazasi) paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lganda ko‘rib chiqilmasligi lozim. Ko‘rsatilgan tavsifdan kelib chiqib, aytish mumkinki, garchi xalqaro faoliyat bilan shug‘ullanayotgan firmada strategik qarorlar doirasi prinsipial jihatdan boshqa istalgan firma uchun shunga o‘xshash ro‘yxatdan hech qanday farq qilmasada, baribir birinchi holatda u uchala toifa bo‘yicha ro‘y beradigan holatdan ko‘ra ancha kengroq bo‘ladi. Faoliyatning baynalmilallashuvi avvalo yangi bozorlarni o‘zlash-tirish bilan bog‘liq va strategiya, dastur va rejalarga erishishga yo‘naltirilgan yangi maqsadlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Keyin ko‘p jihatdan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish natijasida tashkil qilinadigan obyektlar soni o‘sadi: bu firma uchun yangi xorijiy bozorlarga ham, xorijiy hamkorlar bilan turli ittifoqlarga ham, bunday hamkorlik natijasida yaratiladigan mahsulotlarga ham taalluqli. Nihoyat, yaqqol ko‘rinib turibdiki, xalqaro operatsiyalarni amalga oshirga o‘tish nazorat qilinmaydigan tashqi omillar sonining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu qatorga, masalan, bojxona qoidalari, boshqa 57 mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, chet ellik raqobatchilarning xulq-atvori kiradi. Download 362.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling