3-bob. Global boz


Download 362.03 Kb.
bet9/20
Sana22.02.2023
Hajmi362.03 Kb.
#1222868
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
3-mavzu Global bozorda biznes yuritish

Ishlab chiqarish resurslari tahlili
Mavjud ishlab chiqarish zaxiralari tahlili, xuddi mehnat resurslari tahlili kabi, xodimlarning ish bilan ta’minlanishini bir xillashtirish nuqtayi nazaridan kerak va bu, ushbu nuqtayi nazardan ishlab chiqarishni kengaytirishning maqsadga muvofiqligini baholash uchun zarur. Agar firma korxonalari maqbul keladigan darajada (zarur zaxiralarni saqlashni hisobga olib) yoki ortiqcha ish bilan yuklangan bo‘lsa, bu – marketing tadqiqotlarining mos keluvchi xulosalari mavjudligida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish masalasini dolzarb qilib qo‘yadi. Agar ish bilan ta’minlanganlik yetarli emas yoki haddan ortiq notekis bo‘lsa, turli variantlar, jumladan, sotuvni rag‘batlantirish, assortimentni o‘zgartirish, ortiqcha
62

quvvatlarni tugatish, sotuv geografiyasini kengaytirish, xarajatlarni pasaytirish maqsadida ishlab chiqarishni boshqa mintaqalarga ko‘chirish bo‘lishi mumkin. Tahlil paytida yuzaga kelgan vaziyatga qarab, sanab o‘tilgan operatsiyalar ham ichki, ham tashqi xarakterda bo‘lishi mumkin; ularni muayyan mintaqalarga bog‘lab qo‘yish tadqiq etilayotgan variantlar samaradorligining solishtirma tahlilini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Bozor tahlili
Firma tasarrufidagi barcha resurslardan birgailkda foydala-nishning aks ettirilishi sifatida marketing tavsifnomalarini alohida ko‘rib chiqish lozim.
Firmaga tegishli bozor ulushi darajasi va dinamikasining mos keluvchi maqsadli ko‘rsatkichlarga nisbati o‘rganilayotgan bozorlarda firmaning harkatlari samaradorligini baholashga imkon beradi va bu harakatlar va uzoq muddatli maqsadlarni muvofiq holga keltirish zaruratining belgisi bo‘lib xizmat qila oladi. Bunda nimaga aynan tuzatish kiritish kerakligi tahlilning boshqa bo‘limlarini bajarish natijasida aniqlanadi, biroq quyidagi ikkita muhim holat shu yerning o‘zida ko‘rib chiqiladi, chunki ular ko‘p jihatdan maqsadlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi: mahsulotni xorijiy iste’molchilar uchun moslashtirish hamda boshlang‘ich va rag‘batlantirilgan talab o‘rtasidagi nisbat. Moslashtirshiga nisbatan aytish kerakki, birinchi-dan, asosiy mahsulot guruhlari va mintaqalar bo‘yicha uning zaruratini aniqlash, ikkinchidan, ko‘riladigan choralar samaradorligi va qiymatini baholash zarur. Sotuvni rag‘batlantirish sohasida bo‘lgani kabi, bu sohada ham sezilarli xarajatlar zarurati xalqaro maqsadlarni ishlab chiqishda yo‘l qo‘yiladigan qarorlar doirasini toraytirish lozim.

Download 362.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling