3. Boshqaruv jarayonining axborot ta’minoti. Kommunikatsiya. Korporativ boshqaruv: mohiyat, elementlar, asosiy muammolar


Aksiyadorlik jamiyati korporativ boshqaruvining institutsional


Download 31.69 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi31.69 Kb.
#1532971
1   2   3
Bog'liq
Mavzu

2. Aksiyadorlik jamiyati korporativ boshqaruvining institutsional
asoslari.
Korporativ boshqaruvning mexanizmlari davlat tartibga solish organlari, sud organlari va ishbilarmonlar doiralarida i shlab chiqilgan ma’lum bir qoida, me’yor va andozalar asosida, shular chegarasida ishlaydi. Ushbu qoida, me’yor va andozalar majmuasi korporativ boshqaruvning institutsional asoslarini tashkil qiladi.
Asosiy elementlari (aksiyadorlik huquqining tuzilmasi):
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishning muhim vositasi – AJ tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olish qoidasidir. Ammo aksiyalarni sotib olishning bozor qiymatini aniqlash borasida mavhumlik mavjud.
Aksiyalar ularning fond bozoridagi bozor qiymatida sotib olinishi kerakmi yoki jamiyat sof aktivlarining boshqa aksiyadorlar bilan bir qatorda, AJdan aksiyalarini sotib olishni talab qilayotgan aksiyadorning ulushiga proporsional bo‘lgan qiymatida sotib olish kerakmi?
Birorta ham mahalliy AJlarning ikkilamchi bozorda muntazam kotirovkalari deyarli yo‘qligini e’tiborga olsak, bozor qiymatini qonunning 46-moddasiga muvofiq aniqlashning imkoniyati yo‘qligini ko‘rish mumkin. Shu bois aksiya narxini faqat jamiyatning 1 ta aksiyaga to‘g‘ri keladigan sof aktivlari ulushi asosida hisoblash maqsadga muvofiq.
Aytaylik, baholovchi sotib olinayotgan aksiyalarni ularning fond bozoridagi narxiga mos holda baholadi. Ammo shunday bo‘lishi mumkinki, so‘nggi paytlarda AJ faoliyati samaradorligining pastligi yoki uni qayta tashkil etish haqida axborotning tarqalishi sababli uning aksiyalari bahosi ikkki baravarga tushib ketadi. Ammo jamiyatning sof aktivlari ancha yuqoriroq qimmatga va uzoq muddatli istiqbolga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni bir necha oydan so‘ng AJ unumdorligi ancha oshadi. Bunday hollarda oldingi indekslar asosida baholash to‘g‘ri bo‘lmaydi va aksiyador manfaatiga mos kelmaydi.
Bunga teskari bo‘lgan vaziyat ham bo‘lishi mumkin. Masalan, baholovchi aksiyalarni sotib olish bahosini AJ sof aktivlari qiymati bo‘yicha baholaydi. Ammo AJ so‘nggi bir necha yillar ichida yuqori foyda bilan ishlayotgani tufayli bozorda uning aksiyalari sof aktivlaridan yuqori bahoga ega. Bu holda aksiyador AJdan bir necha oy oldin o‘z aksiyalari uchun fond bozorida olishi mumkin bo‘lganidan kamroq pul oladi. Bunday vaziyatning aksiyador uchun murakkabligi shundan iboratki, uning ulushini bunday baholash aksiyalarning bozordagi bahosiga ham ta’sir qilishi mumkin. Ya’ni ular pasayib ketadi, aksiyadorga esa o‘z aksiyalarini faqat AJga pastroq narxlarda sotishdan boshqa iloji qolmaydi.
Korporativ huquq tushunchasi
Korporativ huquq bu – korxonada ishlab chiqilgan qoidalar tizimi bo‘lib, manfaatdor tomonlarning irodasini ifodalaydi va tashkilot faoliyatining turli tomonlarini tartibga soladi.
Korporativ huquqning belgilari:
- korporativ huquq me’yorlardan, ya’ni umumiy xarakterga ega bo‘lgan o‘zaro munosabatlar qoidalaridan tarkib topgan;
- korporativ huquq o‘zi bilan tashkilot faoliyatining barcha tomonlarini tartibga soluvchi me’yorlar tizimini tashkil qiladi;
- korporativ me’yorlar tashkilotning har bir a’zosi, korxonaning har bir xodimi uchun majburiydir;
- korporativ me’yorlar, odatda, yozma shaklda ifodalanadi va ularni o‘rnatish shakli sifatida korporativ hujjatlar xizmat qiladi;
- korporativ me’yorlar korxonada chiqariladi va alohida mustaqil birlashma jamoasining irodasini ifodalaydi;
- korporativ me’yorlarga amal qilinmaganda, majbur qi lish bilan ta’minlanadi.
Korporatsiyalarni boshqarishning bosh organi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. U yilda bir martadan chaqiriladi. Umumiy yig‘ilishning asosiy vazifalari quyidagilar:
- korporatsiyaning asosiy faoliyat yo‘nalishini aniqlash, ularni reja va hisobotlarini tasdiqlash;
- Nizomni o‘zgartirish, ijroiya organini saylash;
- tekshiruv komissiyasi, ularning ish tartibini ishlab chiqish;
- foyda taqsimoti tartibini tasdiqlash, dividendlar va zararlarni to‘lash;
- filiallarning Nizomini tasdiqlash;
- boshqaruv apparati xodimlarini mulkiy javobgarlikka jalb etish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
- tashkiliy tizimni aniqlash;
- ustav fondini o‘zgartirish;
- mansabdor shaxslar va korxona filiallariga ish haqi to‘lash sharoitlarini yaratish;
- korporatsiyalar faoliyatini to‘xtatish haqida qaror qabul qilish va boshqalar.
Yig‘ilish aksiyadorlar yoki ular ishongan odamlarning umumiy aksiyalari sonining yarmini tashkil qilsagina, u haqiqiy hisoblanadi. Hamma qarorlar ovoz berish asosida qabul qilinishi kerak (1 aksiya = 1 ovoz).
Agar aksiyador yig‘ilishga kela olmasa, u o‘z ovozini ishongan kishisiga yoki direktorlar kengashiga berishi mumkin. Agar bu narsa amalga oshirilmasa, 1 ovoz qatnashmagan hisoblanadi. Kompaniyani qayta tashkil etish va uni likvidatsiya qilish bo‘yicha qaror aksionerlar umumiy yig‘ilishining 75 foiz ovozi orqali amalga oshiriladi. Direktorlarni saylash esa oddiy ko‘pchilik ovoz berishi asosida amalga oshiriladi.
Direktorlar kengashi. Aksionerlar yig‘ilishlari orasidagi muddatda yuqori boshqaruvchi organ direktorlar kengashi hisoblanadi.
Aksionerlarning navbatdan tashqari yig‘ilishi direktorlar kengashi, taftish komissiyasi yoki aksiyalarning 10 foizi mavjud aksionerlar tomonidan chaqirilishi mumkin. Direktorlar soni aksionerlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi va toq sonda bo‘lishi, ochiq AJlari uchun 51 tani tashkil etishi kerak (yopiq AJlari uchun 3 ta).
Nizomda ko‘rsatilgan aksiyalar soniga ega shaxs direktor bo‘lishi mumkin. Direktorlar 2 yil muddatga saylanadi va cheksiz marta qayta saylanishi mumkin. Aksionerlar yig‘ilishi direktorlar sonini o‘zgartirishi va belgilangan vazifalarni bajaruvchi direktorlarni saylashi mumkin.Lekin aksionerlar yig‘ilishi direktorni uning vakolatlari tugamay turib ishdan olib tashlashi mumkin emas. Direktorni yig‘in raisi va o‘rinbosari 2 yil muddatga saylaydilar. Bunda yig‘inning 2/3 qismi bo‘lishi talab etiladi. Yig‘in bir oydan kam bo‘lmagan davrda chaqiriladi.
Prezidentlar va menejerlar. Aksionerlar yig‘ilishi AJ direktorini bevosita direktorlar kengashi a’zosi sifatida tayinlaydi. Direktor boshqaruvchilar guruhini tayinlaydi, direktorlar kengashi esa uni qo‘llab-quvvatlaydi. Direktorlar kengashi va aksionerlar yig‘ilishi birligida direktorlar kompaniyani boshqaradilar. Prezident boshqaruvchilar kengashida rais vazifasini bajaradi va aksionerlarga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan protokollar nazoratini olib boradi.
Taftish komissiyasi. Umumiy yig‘ilish aksionerlar orasidan taftish komissiyasini tayinlaydi. Komissiya taftish o‘tkazish orqali AJning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilib boradi:
- aksionerlar umumiy yig‘ilishi ko‘rsatmasi bo‘yicha;
- o‘z xohishi asosida;
- 10 foiz aksiyasi mavjud aksionerlar xohishi asosida.
Mansabdor shaxslardan kerakli hamma shaxsiy hujjatlarni tuzish, taqdim etish kabilar talab etiladi. Tekshiruv natijalari aksionerlar yig‘ilishida e’lon qilinadi. Auditorlar yo‘qligida taftish komissiyasi aksionerlarga taqdim etish uchun daromad to‘g‘risidagi hisobo t hamda balans beradi.

Download 31.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling