3-bosqich bot 17/1 guruh talabasi Abdukadirova Maftunaning
Download 0.69 Mb.
|
Abdukadirova Maftuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzunlik tushunchasi
- 1.2. 4-SINFLARDA MIQDORLARNI O’QITISHNING JORIY HOLATI
- II. Bob. . Boshlang`ich sinf matematika darslarida o’quvchilarda miqdorlarni o’lchash malakalarini pedagogik texnologiyalar asosida shalkllantirishning
- Vaqt o’lchovlarini o’rganish
Massa (vazn, og‘irlik ) bo‘limda o‘quvchilar massa (vazn) tushunchasi va uning o‘lchov birligi - «kilogramm» bilan tanishadilar. Bu mavzuni o‘rganishdagi atamalarga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Sababi, so‘nggi vaqtlargacha massani oddiy tarozda tortib, uning ko‘rsatkichlarini «og‘irlik» deb atar edilar. Vaholanki, massa va og‘irlik bir xil narsa emas. Og‘irlik – massani tezlanishga ko‘paytmasidan iborat bo‘lgan kuchdir. Shuning uchun bolalarga savol berilganda «ushbu predmetni og‘irligi qancha?» deb emas, «ushbu predmetning massasi qancha?» deb so‘rash joiz bo‘ladi. Savolning bunday shaklda qo‘yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan. O‘qituvchi bolalarga, uzunlikni o‘lchashda qo‘llanilgani kabi, massani o‘lchash uchun o‘lchov birligi zarurligini ma’lum qiladi. Bunday o‘lchov birligi sifatida «kilogramm» qabul qilingan. O‘qituvchi 1 kg, 2 kg, 5 kg li taroz toshlarini namoyish etadi. O‘quvchilar toshlarini o‘lchash (tortish) bo‘yicha mashqlarni o‘tkazadilar. Buning oqibatida ular miqdorlar haqida tasavvurni kengaytirish o‘lchov bilan boshqa mavzularni kengroq anglash, hisob-kitob bo‘yicha ko‘nikmalarini mukammallashtiradilar. Massalarning yig‘indisi, ayirmasi yoki qoldig‘ini topish bilan bog‘liq masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilar bir xil nomdagi birliklarda ifodalangan miqdorlarni qo‘shish va ayirishga oid vazifalarni bajaradilar. Hajm tushunchasi va uning o‘lchov birligi litr tushunchasi bilan bolalar birinchi sinfda tanishadilar. 4-sinfda hajm o‘lchov birligining sodda ko‘rinishlari o‘rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o‘rganishda bir nomli ko‘rsatkichdan boshqa nomli ko‘rsatkichga o‘tish, ikki xil nomdagi hajm miqdorini qo‘shish va ayirish kabi jarayonlar bo‘lmaydi. Vaqt miqdori va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim. O‘quvchilarning kunlar va oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar soni qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ishlar birinchi sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi. 2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o‘rganiladi. 3-sinfda esa, sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berishi mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut o‘tgach,bolalar ham qarsak chalishini tushuntiradi. (bolalar bir minut vaqt o‘tishi uchun 60 gacha sanashlari kerak ). Kalendar bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Darslikda keltirilgan mashqlarni bajarish davomida bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar. 3-sinfda vaqt birliklari bilan bog‘liq mashqlarni bajarish jarayonida «ulush»(dolya) mavzuiga oid materiallar bolalar ongida mustahkamlashga erishiladi. Soatga qarab vaqtni belgilash ko‘nikmasini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi. Soat modelidan foydalanib, o‘qituvchi har kuni bu ishga birgina minut vaqt ajratishi mumkin. Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirishda unumdorlik, umumiy ish hajmi va vaqt, tezlik va vaqt masofa va vaqt kabi miqdorlar o‘rtasidagi mutonasiblikka oid masalalar katta ahamiyatga egadir. Uzunlik tushunchasi Buyumlarning oraliqqa ega bo’lish xossasi uzunliuk deyiladi. Aniq obektlarning oraliqlari haqida gapirganimizda bu so’zni ishlatamiz. Shuningdek, aniq obektlarning uzunliklari haqida gapirilganda bu miqdorlar bir jinsli deyiladi. Umuman bir jinsli kattaliklar biror to’plam obektlarning ayni bir xossasini ifodalaydi. Turli jinsli miqdorlar obektlarning turli xossalarini ifodalaydi. Masalan, uzunlik va yuz-turli jinsli miqdorlardir. Uzunlik boshqa miqdorlar kabi qator xossalarga ega. Har qanday bir jinsli ikki miqdor taqqoslanadigan: ular yo teng , yoki biri ikkinchisidan kichik. Boshqacha aytganda, bir jinsli miqdorlar uchun “teng”, “kichik” va “katta” munosabatlari o’rinli hamda ixtiyoriy a va b miqdorlar uchun a < b, a = b, a > b munosabatlardan bittasi va faqat bittasi to’g’ri. Masalan: to’g’ri burchakli uchburchak gipotenuzasining uzunligi shu uchburchakning istalgan kateti uzunligidan katta, olmaning massasi tarvuzning massasidan kichik, to’g’ri to’rtburchakning qarama-qarshi tomonlari uzunliklari teng deymiz. 2. Bir jinsli miqdorlarni qo’shish mumkin, qo’shish natijasida o’sha jinsli miqdor hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda har qanday a va b miqdorlar uchun a+b miqdor bir qiymatli aniqlanadi, u a va b miqdorlarning yig’indisi deyiladi. Masalan, agar a–AB kesmaning uzunligi, b-BC kesmaning uzunligi bo’lsa u holda AC kesmaning uzunligi AB va BC kesmalar uzunliklarining yig’indisiga teng. a rasm. Miqdor haqiqiy songa ko’paytiriladi, natijada o’sha jinsli miqdor hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda har qanday a miqdor va har qanday x nomanfiy haqiqiy son uchun yagona b = x*a miqdor mavjud; b miqdor a miqdorni x songa ko’paytmasi deyiladi. Masalan: AB kesmaning a uzunligini x = 2 ga ko’paytirilsa yangi AC kesmaning 2a uzunligini hosil qilamiz. b rasm. A________B________C A________B________C a-rasm b-rasm 4. Bir jinsli miqdorlar ayriladi, bunda miqdorlar ayirmasi yig’indi orqali aniqlanadi: a va b miqdorlarning ayirmasi deb shunday c miqdorga aytiladiki, uning uchun a = b + c o’rinli bo’ladi. Masalan, a-AC kesmaning uzunligi b–AB kesmaning uzunligi bo’lsa BC kesmaning uzunligi AC va AB kesmalar uzunliklarining ayirmasiga tengt bo’ladi. 192-masala. Bolalar choyshabiga 2m surp, ko’rpa jildiga undan ikki marta ortiq surp ketadi. 8ta shunday ko’rpa jildiga qancha surp ketadi? Yechish
1)2*2=4 m (ko’rpa jild) 2)8*4=32 Javob 32metr Metr so’zi qisqa yozuvda “M” deb yoziladi.
Yechish:
1)6*3=18 m 2)6*2= 12 m 3)18+12=30m Javob:30m
Yechish: 10*28=280m Javob:280m Metr asosida lenta sanoq simlar, sinfxona pollari o’lchanadi.
Yechilishi: 12:6=2 m 18:2=9 Javob 9 ta ko’ylak tikish Bu masalalar bilan birga bolalar masofani ko’zda chamalash bilan birga metrni ham ishlatishni o’rganib oladilar. Uzunlik o’lchovining so’nggi yangi birligi bu kilometr. Bu birlik haqida tasavvurga ega bo’lish uchun kilometr ustida amaliy mashg’ulot o’tkaziladi. 1 km masofani o’qituvchi bolalar bilan pioda bosib o’tadi. Har bir qadam metr bilan o’lchanadi; natijada 1 km-1000 m ekanligiga ishonch hosil qilinadi. 1 km masofani bosib o’tishda qancha vaqt ketganini ham hisobga olishadi. 3-sinfda o’lchov birliklari orasidagi masofaga oid masofalar yechiladi.
Yechish:
1)240:5=48 soatda piyoda 2)240:20=12 soatda velosiped 3)240:60=4 soatda motosikl 4)240:120=2 soatda avtomobil Har bir masofa matni mazmunini tushunish, ongli o’qish, masala ustida fikr yuritish bu o’quvchini og’zaki nutqini o’stirishda katta yordam beradi. Masaladagi notanish so’zlar ustida ishlash doskada yoki lug’at daftarga yozib olishlari mumkin. Masalaga doir og’zaki savol-javob o’tkazib undagi noma‘lum songa diqqat e‘tibor qaratiladi. 9) Avtomobilda bir shahardan ikkinchi shahar tomon yo’l oldi. Bir soatda 94 km ,yana bir soatda 85 km masofa bosib o’tdi.Agar bu ikki shahar orasidagi masofa 268 km bo’lsa,manzilga yetib boorish uchun yana qancha masofa qoldi? Yechish:
1)94+85=179 km 2)268-179=89 km Javob:89 km O’quvchilarga o’lchov birliklari o’rgatilgandan so’ng uzunlik o’lchovi jadvali keltiriladi. 1m=100sm 1dm=10sm 1sm=10mm 1 m=10dm 1 km=1000m Bu jadvalni bolalar eslab qolishlari kerak. Bu jadval orqali har xil mashqlar bajariladi.
1dm1sm dan necha marta katta 1mm santimetrdan qanday qismini tashkil etadi. Sonlarni metr va kilometrda ifodalang. 36 647 m 3896m va hakozo masalani tenglamalar usulida ham topish mumkin. Avvalari o’zbek xalqimizda juda ko’p uzunlik o’lchovlari ishlatilgan . Undan xalqimiz to’liq foydalangan . Hozirgi kunda kelib ular o’z kuchini yo’qotib bormoqda. Ularning o’rniga yuqorida ko’rib o’tilgan uzunlik o’lchovlari qo’llanilmoqda. Biroq ularning hammasini ham o’z kuchini yo’qotgan deb bo’lmaydi. Gaz, enli, qarich, quloch, tosh, qadam, chaqirim, manzil, yog’och, farsang, odim, mayin va boshqa so’zlardir. Mana shu so’zlar o’sha vaqtda ma‘lum bir o’lchov birligi hisoblangan. Ular guruhlarga ajratilgan.
narsa uzunligiga nisbatan masofa uzunligiga nisbatan qarich so’zi asrlar davomida xalq o’rtasida barcha muomilada ishlatib kelingan. Hozir ham bu o’lchovdan foydalanamiz. 1 qarich =20 sm. Quloch so’zi narsa buyumning uzunligini o’lchaganida ishlatilgan. Bu ikki qo’l orasidagi miqdorni bildiradi. Masalan: ikki quloch arqon, besh quloch. Qulochlar har xil bo’lavermaydi. Manzil so’zi ham noaniq o’lchovda ifodalangan ikki joy orasidagi masofa ifodalangan. Masalan: yarim manzil yurganimizdan so’ng dengiz bo’yiga yetdik. Tosh so’zi uzoq yillardan buyon yo’l o’lchovida foydalaniladi. Masalan bir tosh emas ikki tosh bo’lsa ham ishni bitirib kelaman. Yog’och so’zi ham qadim zamonlardan beri ishlatilib kelinadi. Mag’ribdan mashriqqa dunyoning yuzi. Aytmang bizga noma‘lum dunyo Obodi, xabari, dunyosi, dunyo tuzi, Yuz ming qirq olti yog’och yo’ldir bu dunyo 1 yog’och -8km dan ortiq (taxminan) Farsang so’zi ham qadimdan ishlatilgan so’zlardan biridir. Bu so’zlar hozirda muomilada ishlatilmaydi. Ularning o’rniga km so’zi qo’llaniladi. 1.2. 4-SINFLARDA MIQDORLARNI O’QITISHNING JORIY HOLATI Og’irlik o’lchov birliklari. Maktabgacha bo’lgan yoshdayoq bolalarning his tuyg’ulari asosida jismlarning og’irliklari haqida dastlabki tasavvurlarni olgan. Ular shu sharoitda biror narsani ko’rsatib ko’rib og’ir, yengil, biroz og’irroq, biroz yengilroq kabi so’zlarni gapirganlar. Jismning massasi og’irlik kuchi bilan chambarchas bog’liq. Bu kuch bilan jism yerga tortiladi. Shuning uchun jism massasi jismning o’ziga bog’liq emas. Jism og’irligini taqqoslaganda bu xossa massa deb ataladi. Matematik nuqtai nazardan massa quyidagi xossalarga ega bo’lgan musbat kattalik. 1. Tarozida bir-birini muvozanatlashtiruvchi jismlarning massasi bir xil. 2. Bir necha jismning massalari ularning yig’indisiga teng. Jismning massasi qancha katta bo’lsa uning og’irlik kuchi ham shuncha katta bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda bolalar kilogramm bilan tanishadilar. 1 kg og’irlik haqida tasavvur qilishlari uchun amaliyot bajarishlar lozim Bolalar bu narsa 1 kg ekan deb aniq ishonch hosil qiladilar. O’qituvchi darsda og’irlik o’lchovlari moslama tarozini ko’rsatadi. Tarozi pallasi undagi yuklar pallasi baravarlashtirish kerakligini aytadi. Dars mobaynida tarozini tarbiyaviy ahamiyatlari ham tushuntiriladi. Tarozini tortish paytidagi har xil holatlari kuzatiladi. Masalan, tarozining bir pallasida biror buyumni kitoblar yoki sumkani qo’yib tarozini, ikkinchi pallasiga toshlar qo’yiladi. Lekin toshlar bu buyumlardan og’ir yoki ortiqcha buni qanday bilishimiz mumkin tarozini qaysi pallasi og’ir bo’lsa o’sha palla pastga turadi. Yengil pallaga kerakli toshlarni qo’yamiz va tarozi tenglashadi. Bundan biz tarozi pallasini tenglashganini ko’ramiz. Shundan keyin o’quvchilar o’qituvchi yordamida 1 kg, 2 kg, 3kg, 5kgli toshlar bilan tuz, shakar, guruch kabi narsalarni navbat bilan o’lchab ko’rishlari mumkin. Tortish davomida natijalarni doskaga yozib ketaveradilar. Daftarga son orqasiga kg so’zi “kg” deb yozib quyiladi. Keyin esa o’quvchilar bilan qiziqarli masalalar tuzib yechiladi. Masala. Do’kondan 400g qora choy va undan 150g kam ko’k choy xarid qilindi.Hammasi bo’lib necha gramm choy xarid qilingan? Yechish:
1)400-150=350g 2)400+350=750g Javob: 750g choy xarid qilingan.
2)Tonnada ifodalang:30sr;50sr;560sr;840sr;1000sr. Yechish: 1)200kg=2sr 3t=30sr 500kg=5sr 10t=100sr 700kg=7sr 48t=480sr 900kg=9sr 85t=850sr 2)30sr=3t 840sr=84t 50sr=5t 1000sr=100t 560sr=56t Dars davomida bolalarga mantiqiy qiziqarli masalalar berib boriladi Masalan.
1. Xo’roz bir oyoqda tursa og’ir bo’ladimi, yoki ikkala oyoqda turgandami? Bu jumboqli masalalar o’quvchilarni o’ylantiradi. Bir kg tosh og’irmi? Yoki bir kg paxtami? O’quvchilar o’z fikrlarini aytadilar. O’qituvchidan yordam olishlari mumkin. Navbatdagi darsda o’quvchilar gramm bilan tanishadilar. O’quvchilarda gramm haqidagi tassavurni uyg’otish uchun bolalarda 1 grammlik toshni ko’rsatib uni chamalab ko’rishadi. Shunda gr yengil o’lchov birligi ekanligiga ishora hosil qilishadi. U bilan yengil narsalar urug’lar, dorilar tangalar o’lchanadi degan firkni tushuntirish lozim. Masalan 1 tiyinlik tanga 2 g ekanligini aytish kerak. Biz sinfxonada dorixona tarozisini olib kelamiz. Unda dorilar tortilishini tushuntiramiz. Dorilarni o’lchash uchun 1g, 2 g, 3g, 5 g, 10 g, 100 g mayda toshlar kerakligi aytiladi. Shundan keyin tortish grammga doir amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi.
Yechish:
1kg 200g=1200g 1200+300=1500g 1200+1500=2700g=2kg 700g Javob:2kg 700g O’quvchilarga tarozida o’zlari tortib ko’rishlari uchun sharoit yaratamiz, yo’l qo’ygan xatolarini ko’rsatib boramiz. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida savdo tarozisi haqida kengroq tushuntirish katta ahamiyatga ega. Buning uchun bolalarni yaqin joylashgan savdo do’konlariga olib borib u yerda tarozidan qanday foydalanish tushuntiriladi. 500 g tuz olmoqchi bo’lsak bu yarim kgni tashkil etishini tushuntiramiz. 1 kg -1000 gramm 0,5 kg-500 gramm Masalalar orqali mustahkamlaymiz. Masala. Bozorga 768 kg sabzi keltirildi.1-kuni 232 kg, 2-kuni 324kg sabzi sotildi.Qancha sabzi qoldi? Yechish: 1)768-232=536kg 2)536-324=212kg II usul 768-(324+232)=768-556=212 Javob:212 kg Boshlang’ich sinflarda og’irlik o’lchovlarini tushuntirishda davom etamiz. O’quvchilar o’zlari uchun notanish bo’lgan yangi o’lchov birliklari bilan tanishadilar. Bu tonna va sentner. Shu o’lchov birliklari orqali og’irlik o’lchovi jadvali yuzaga keladi.
Savol-javob orqali og’irlik o’lchov birliklari mustahkamlanadi. 1 kg da necha gramm bo’ladi? 1 tonna qancha kg ni tashkil etadi? O’quvchilar 1 tonna yoki 1 sentner og’irlikdagi massani qo’lga ko’tarib bo’lmasligini tushinib yetadilar. Qum, shag’al, tuproq, ko’mir, sement kabi narsalar ushbu o’lchov birligi yordamida o’lchashni tushuntiriladi. Shartda 1 qop kartoshka 2 sentner: “Moskvich” avtomobilining og’irligi taxminan bir tonna: 30-35 ta o’quvchilarning og’irligi taxminan 1 tonnaga teng ekanligini tushuntirish katta ahamiyatga egadir. Og’irlik o’lchoviga doir masalalar ularni tassavurini yanada boyitadi. Masalan: 64kg=g 702s=s kg 3642 tonna= t = kg O’tmishda xalqimiz ko’pgina og’irlik o’lchovi birliklaridan foydalangan. Masalan: Misqol, pud, do’l, payza, botmon, daxlar, chorak, nimcha va boshqa og’irlik birliklaridir. Og’irlik o’lchov birliklarini ikki guruhga bo’lish mumkin.
Aniq miqdorni ifodalashi birliklar Noaniq miqdorni ifodalovchi birliklar. Aniq miqdorni ifodalovchi birliklar pud, keli, dol va boshqalar. Pud- so’zi qadimdan og’irlik o’lchovi sifatida qo’llanilgan, hozirdan “don” maxsulotlarini o’lchashda ishlatiladi. 1 pud-16kg Do’l esa taxminan 90-100 kg ni bildiradi. Keli-esa taxminan 3-4 kg ni bildiradi. Bundan tashqari og’irligi aniq bo’lmagan miqdorni ifodalovchi o’lchov birliklari ham bor. Paysa, botmon, chorak. Paysa, miqdor- so’zlari ham miqdorli o’lchovlarda ishlatiladi. Misqol-500 gr Chorak-4kg Nilaa-500 gr Garbek-125 kg Nimchorak-2kg Masalan 1 qadoq olma, sakkiz qadoq tosh, uch chorak g’isht, bir chorak qand, bir choksa lashba mayi, 50 botmon bug’doy kabi so’zlar. II. Bob. . Boshlang`ich sinf matematika darslarida o’quvchilarda miqdorlarni o’lchash malakalarini pedagogik texnologiyalar asosida shalkllantirishning
2.1 Boshlang’ich ta’lim 4-sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatish imkoniyatlari Miqdor haqidagi tasavvurlarni rivojlantirishda hajm va massa bilan tavsiflanadigan xossalari bilan tanishtirish yordam beradi. «Idishlarning sig’imi» va «litr» tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari haqida fazoviy tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Massani o’lchash. Uzunlik, hajm haqidagi tasavvurlarni shakllantirayotganda biz asosan ko’rish xossiga tayanamiz. Massa tushunchasini shakllantirishda «barik» (grekcha «baros» — og’irlik) tayaniladi. Istalgan jism yerga tortilishi natijasida tayanchga bosim beradi yoki osilgan ipni taranglaydi. Kaftga, gavdaga beriladigan bunday bosim ana shu «barik» hisni beradi. Barik bosim miqdori massaga to’g’ri proporsional. Jism massasi qancha katta bo’lsa, og’irlik xissi shuncha katta bo’ladi. Og’irlik kuchining massaga proporsionalligi sababli, ko’pincha bu ikki tushuncha: massa va og’irlik chalkashtirib yuriladi. O’quvchilar ko’pincha «massa» atamasi o’rniga «og’irlik» atamasini ishlatadilar. Bu fizikada ikkita turli tushunchalardir. Og’irlik — vektor miqdor. Og’irlik — bu jism tayanchga bosadigan yoki ilmoqni tortadigan kuchdir. Og’irlik tayanchning holatiga bog’liq. Agar tayanch vertikal yunalishda tezlanish bilan harakatlansa, u xolda jism zurikish yoki vaznsizlik holatida bo’lishi mumkin. Og’irlik tayanch holatiga bog’lik. Og’irlik prujinali dinamometr bilan o’lchanadi. Og’irlikning o’lchov birligi — nyuton. Massa — skalyar miqdor. Fizika qonunlari massani energiyaning o’zgarish o’lchovi sifatida ochib beradi. Massa richagli tarozilarda o’lchanadi. Massaning o’lchov birligi kilogrammdir. Boshlang’ich maktabda faqat jismning massasi o’rganiladi, shu sababli «Og’irlik», og’irligini «tortish», «og’irlik toshlari», «og’irligini tenglashtirish» so’zlarini iloji boricha ishlatmay, «massa», «jismlarning massasini o’lchash», «massani o’lchash uchun asbob», «massa o’lchagich» so’zlaridan foydalanish kerak. Narsalarni massasi bo`yicha farqlay olish qobiliyati, turli massali narsalarni «og’ir», «yengil» so’zlari bilan belgilash qobiliyati bolalarda amaliy turmush asosida bu vaqtga kelib paydo bulgan. Bundan buyon bu mavzuni urganishdan maksad massa x,akida anik tasavvurni shakl- lantirish, bolalarni massa birliklari (kg, g, s, t) bilan tanishtirishdan iborat. Yaqindagi savdo do`koniga borilsa, bolalar katta massalarni o’nlik va yuzlik tarozilarda o’lchash bilan tanishadilar. Massa birliklarida ifodalangan miqdorlarni qo’shish va ayirish o`nlik sanoq sistemasida natural sonlar ustida tegishli amallar bilan mos qo’yiladi. Vaqt o’lchovlarini o’rganish. Vaqt falsafiy kategoriya, vaqt materiyaning yashash shaklidir, shu sababli unga ta’rif berishning iloji yuq. Vaqt tushunchasi odamning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi. Mavzuni o’rganishning asosiy vazifasi bolalarni vaqt birliklari va ularning munosabatlari bilan tanishtirish, vaqtni soat bo`yicha aniqlashga o’rgatishdir. Vaqt bu hodisalarning davomiy ekanligi xaqida dastlabki tasavvurlarni bolalar kun, hafta kabi birliklar bilan tanishib hosil qiladilar. Har kuni maktabga borish kerak. Biror vaqtdan so’ng hodisa takrorlanadi. Kun o’tdi, tugadi. Bir necha kundan so’ng mashg’ulotlardan ozod bulinadigan kun keladi — bir hafta o’tdi. Boshlang`ich sinfning tayyorgarlik davrida «oldin», «keyin» (ilgari) tushunchalari kiritiladi. Bu tushunchalarni mustaxkamlash uchun o’qituvchi darslikdagi rasmlarga o’xshash vaqt haqidagi tasavvurlarni ochib beradigan bir necha rasmlar tizimiga ega bo`lishi kerak. Keyinchalik sutkaning qismlari: tong, kunduz, kechqurun, tun tushunchalari, «bugun», «kecha», «ertaga» tushunchalari shakllantiriladi. O’quv yili davomida bolalar hafta kunlari nomlarini, oylar tartibini bilib oladilar. Shu sababli kursatma qo’llanma sifatida sinfda yirtma taqvimga ega bo’lish yoki namoyish etiladigan taqvim yasab olish foydalidir. Navbatdagi o’quvchi har bir o’tgan kunni belgilab boradi. Bolalarning tajribasida ko’p uchrab turadigan vaqt oraliqlarini taqqoslash vaqt bu miqdor ekanligi haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Masalan, qaysi biri ko’p vaqtni oladi: maktabga kelishmi yoki maktabdagi mashg’ulotlarmi, darsmi yoki tanaffusmi, o’quv choragimi yoki ta’tilmi; qaysi biri kam vaqtni oladi: o’quvchining maktabdagi mashg’ulotimi yoki ota-onasining ish kunimi. Vaqt bo’yicha «uzoqroq», «qisqaroq» so’zlari kiritiladi. Odamlarni yoshi bo’yicha taqqoslab, bolalar yoshi katta, yoshi kichik, yoshlari teng tushunchalarini egallaydilar. Kichik yoshdayoq bolalar vaqtni soat aniqligida aniqlashni o’rganib oladilar. Ikkinchi sinfda vaqt o’lchovlaridan: sutka, soat, minut, oy, yil o’rganiladi. «Vaqt o’lchovlari» mavzusi bo`yicha darslarda o’quvchilarga odamlar turmushida vaqtning ahamiyatini tushuntirib berish, vaqt o’lchovlarining paydo bo`lishini bolalar o’zlashtira oladigan darajada tushuntirish o’quvchilarning vaqt o’lchovlari orasidagi munosabatlarni qanchalik bilishlarini aniqlash lozim. Suhbatdan parcha keltiramiz: «Odamning butun hayoti vaqt ichida utadi. Inson uchun vaqtni o’lchash, taksimlash va kadrlash muximdir. Vaqt uzluksiz utadi, uni tuxtatish xam, kaytarish ham mumkin emas. Har bir ish o’z davomiyligiga ega. Mana bizning darsimiz: u boshi va oxiriga ega. Bugungi kun-chi? Uning ham boshi va oxiri bor. Hodisalarning davomiyligi xaqida so’zlaganda, biz vaqtni nazarda tutamiz. Taqqoslash mumkin bo’lgan hamma narsa miqdor bilan tavsiflanadi. Vaqt bu miqdordir. Har bir odam uchun o’z hayot vaqti o’lchab berilgan. Hayotda esa ko’p narsa qilishga ulgurish kerak. Shuning uchun biz vaqtni o’lchashni bilishimiz lozim. Vaqtni kanday o’lchash kerak? Axir uni 1 m chizg’ich kabi yoki 1 kg lik tosh kabi qo’lda ushlab bo’lmaydi-ku. Biroq odam kuzatuvchan. Odamlar juda qadim-qadimda bir quyosh chiqishidan navbatdagi quyosh chiqishigacha bir xil vaqt o’tishini payqaganlar. Teng vaqt oraliqlarida takrorlanadigan hodisalar vaqt o’lchovlari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Siz endi quyosh nega chiqishi va botishini bilasiz, chunki Yer o’z o’qi atrofida aylanadi. Yerning o’z o’qi atrofida to’liq aylanish vaqti sutka deb ataladi. Sutka — bu katta vaqt oralig’i. Bir sutka davomida odam kup narsa qilishga ulguradi. Mana, Siz bolalar uxlashga, maktabga kelishga, shug`ullanishga ulgurasiz... Biroq hamma ham darsning boshlanishiga kechikmasdan kelishi uchun nima qilish kerak? Yana ham kichik vaqt o’lchovi kerak. Mana u. Soat. shesternyalar va prujinalardan iborat bu murakkab mexanizm millarni doira bo`ylab aylanishga majbur qiladi. Mana bu uzun mil bir sutkada doirani 24 marta aylanib o’tadi. Katta mil bir aylanishi uchun ketgan vaqt bir soat deb ataladi (kartochka quyiladi). S o a t . Katta mil sanok bo`yicha nechanchi marta aylana- yotganini bilish uchun, ya’ni soat nechaligini bilish uchun u bilan kichik mil bog’langan va u soat mili deb ataladi. Sonlar yozilgan doira siferblat deb ataladi. Butun doira 12 ta teng bo’lakka bo’lingan va har bir bo’lak yoniga tartib bilan sonlar yozilgan. Har bir soatning boshlanishini katta mil 12 sonida turganida ko’rsatadi, sanoq bo’yicha soat nechaligini qisqa soat mili ko’rsatadi. Soatlar modeli bo`yicha vaqtni ayramiz. o’qituvchi vaqtni aytishni o’rgatadi, Bir soat — bu ko’pmi yoki kammi? Bizning darsimiz tanaffus bilan birga deyarli 1 soat davom etadi. Agar darsda topshiriqlarni bajarish vaqtiga qat’iy rioya qilinsa, juda ko`p bilim olish mumkin. Shu sababli soatni kichikroq o’lchovlarga bo`lish kerak. Buning uchun doirani 60 ta teng bo`limga bo’lishgan. Katta mil bu bitta bo’limni bosib o’tishi uchun ketgan vaqt minut deb ataladi. Bir aylanishda minut mili 60 bo’limni bosib o’tadi. Demak,1soat—60minut. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling