3-bosqich bot 17/1 guruh talabasi Abdukadirova Maftunaning


Download 0.69 Mb.
bet4/4
Sana10.09.2020
Hajmi0.69 Mb.
#129144
1   2   3   4
Bog'liq
Abdukadirova Maftuna


Millimetr

Sentner Gramm Kilometr Uzunlik Metr
Ogʻirlik


Litr

Santimet
r
Baliq skeleti” metodi. Bu usuldan foydalanish o‘tgan mavzuni, yangi mavzuni mustahkamlashda to‘g‘ri keladi. Oq qog‘ozga baliqning skeleti (boshi, qovurg‘alari, dumi) chiziladi. Qovurg‘alar 4 ta bog`lishi maqsadga muvofiqdir. Baliqning yuqori suyagiga muammo ya’ni savollar ifodalanadi. Pastki qismida esa muammoni hal qiluvchi javoblar yoziladi. Bunda ham shakllar guruhlarga tarqatiladi. O‘quvchilar esa savollarga javob topadilar.




kilometr







tonna

hajm




litr




Bu usullardan foydalanishning ahamiyati shundaki, o‘qituvchi ham vaqtdan yutadi, darsga e’tiborsiz o‘quvchilar ham darsga jalb etiladi.
Dars jarayonida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish matematika fanining yetakchi vazifalaridan biridir. Bu vazifani amalga oshirishda

matematika faniga doir turli xildagi qiziqarli topshiriqlar, boshqotirmalar va krossvordlar muhim vosita bo‘la oladi.


Ana shunday dars jarayonlarida o‘quvchini fanga qiziqtirish o‘qituvchidan katta mahoratni talab etadi. Boshlangg`ich sinfda ko‘pchilik bolalar biroz erinchoq bo‘ladi. Ular ayniqsa, matematika fanini biroz xushlamaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini odatdagi amallardan iborat misol va masalalar bilan “zeriktirmaslik” uchun darslarda qo‘shimcha ravishda qiziqarli masalalardan foydalanib, ularni mantiqiy fikrlashga ham o‘rgatish mumkin. Bu bolalarda
“matematikani yomon ko‘raman”, degan fikr paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan bir usuldir. Masalan, darslarda o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini oshirishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. Yog‘ochni 12 bo‘lakka bo‘lish uchun uni necha marta arralash kerak? (11marta).
2. 1 dan 100 gacha bo‘lgan qatorda nechta 9 bor?
(9, 19, 29, 39, 49, 59, 69, 79, 89 ,99).


  1. 1 kg tosh og‘irmi yoki 1 kg paxtami? ( Ikkalasi ham teng).

3-sinfda esa, sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt


haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berishi mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut o‘tgach, bolalar ham qarsak chalishini tushuntiradi. Kalendar bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Darslikda keltirilgan mashqlarni bajarish
davomida bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar.
3-sinfda vaqt birliklari bilan bog‘liq mashqlarni bajarish jarayonida «ulush» mavzusiga oid materiallar bolalar ongida mustahkamlashga erishiladi. Soatga qarab vaqtni belgilash ko‘nikmasini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi. Soat modelidan foydalanib, o‘qituvchi har kuni bu ishga birgina minut vaqt ajratishi mumkin.

Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirishda unumdorlik, umumiy ish hajmi va vaqt, tezlik va vaqt masofa va vaqt kabi miqdorlar o‘rtasidagi mutonasiblikka oid masalalar katta ahamiyatga egadir.


Ushbu mavzularni og`rgangach, o'quvchilar tezlik, vaqt, masofa va ular orasidagi bogg`lanishni, harakatga doir masala turlarini og`rtacha tezlikni hisoblash qoidasini bilishlari lozim. Ular harakatga doir soda masalalar yecha olish, bir tomonga yog`nalgan, qarama-qarshi yog`nalgan va uchrashma harakatga doir masalalar yecha olish konikmasiga ega bog`lishlari kerak.
Miqdor haqidagi tassavurlarni rivojlantirishda hajm va massa bilan tavsiflanadigan xossalari bilan tanishtirish yordamida beradi. “Idishlarning sig’imi” va “litr” tushunchalarining kiritilishi narsalarninmg xossalari haqida fazoviy tassavurlarning rivojlanishiga yordam beradi.
“Litr” darsiga tayyorgarlik davrida bolalarda narsalalarning hajmiy xossalari haqida tassavurlarning shakllanishiga yordam beradigan mashqlarni kiritish lozim.
1 – qaysi shar (kub) katta.
2 – bolalar qumli maydonchada o’ynashmoqda.
Qoliplardan figuralar yasashmoqda (qoliplarni ko’rsatadi). Qaysi qoliplarga ko’p qum sig’adi?
3 – choy va osh qoshiqlarda bir stakan qum o’lchab ol. Nega bir hil miqtordagi qum turli sonlar bilan ifodalaniladi? O’lchovlar soni o’lchovning o’ziga qanday bog’liq? va hokazo.
“Litr “ mavzusi bo’yicha dars parchasini ko’rib chiqamiz.
O’quvchi: “oldingi darslarda biz sochiluvchan narsalarni o’lchagan edik, shunday o’lchovlaring ozida suyuqliklarni olchashda ham foydalanish mumkun. Siz qanday suyuqliklarni bilasiz?
Oquvchilar: Suv, sut, sho’rva, qatiq, kamnpot, paxta yogi, benzin …..
O’qtuvchining stolida ikikta menzurka bor biri keng, ikkinchisi tor. Ikkalasida ham suv sathi bir xil. Ikkita o’lchov stakanlar ham bor, ular bir va ikki bilan nomerlanadi.

O’qituvchi: qaysi idishda suv ko’pligini qanday isbotlash mumkun?


O’quvchilar ikkinchi idish kengroq unda suv ko’p.
O’qituvchi: shakli har xil idish qo’yadi, ulardagi suyuqlik sathi har xil.
O’qituvchi: endi esa qaysi idishda suv ko’p?
O’quvchilar chamalay boshlaydilar, o’qituvchi ularni o’lchov stakanlar olib, o’lchash kerak, degan xulosaga olib keladi.
Bir idishda beshta o’lchov ikkinchi idishda esa shunday uchta o’lchov borligini aniqlaymiz, 5 > 3 xulosa qilinadi.
Keyin o’lchashlar ikkinchi o’lchov bilan takrorlanadi 10 > 6. Xulosa qilinadi. Keyin o’lchashlar ikkita olchashlar bilan o’tkaziladi, ikkinchi idishdagi suv
miqdori esa kichik olchov bilan o’lchandi.
O’lchash natijalari qarama–qarshi xulosaga olib keladi buni muhokama etib, bolalar idishdagi suyuqliklarning miqtorini bitta o’lchashdan foydalanish kerak, degan xulosaga keladilar.
O’qituvchi bir litr yozuvli metal bilan krushkani ko’rsatadi va umum qabul qilingan o’lchov nomini aytadi. Suyuqliklar yoki sochiluvchan jismlar sig’imini o’lchash zarur bo’lgan holatlar sig’imlarini o’lchash yoki hajmlarini o’lchash deb ataladi so’ngra suv o’lchovdan bir litrli shisha bankada quyiladi. Nima uchun banka bir litr deb atalishini aniqlanadi krushka yoki bir litrli banka bilan balonlarga suv quyamiz. Ikki litrli, uch litrli balonlar bilan tanishamiz.
Bolalar uylarida limanat va kefir shishalarini ko’p ko’rganliklari uchun bir litrli suv kefir shishalariga sig’ishini ko’rsatish foydalidir.
Do’konda bazi narsalar litrlab sotiladi.
Do’kon o’yinini o’ynash foydalidir sotuvchi xaridorlarga sutni (bo`yalgan suvni) butilkalarda, kastryulkalarda, chelaklarda ”sotadi”.
Ko’z bilan chamalashni riovojlantiradigan mashqlar foydalidir (oldin jahm ko’z bilan chamalanadi, keyin esa o’lchanadi). Ikkita idishga suyuqlik miqtorlari baravarlashtirishga oid mashqlar bolalarda qiziqish uyg’otadi:

1. Bir idishda uch litr suv, ikkinchisida ikki litr suv bor ikkala idishdagi suv bir xil bo’lishi uchun nima qilish kerak? (ikki litrga bir litr quyish yoki uch litrdan bir litrni olish kerak. Ishni ikkita bir xil idishda suv olib, amliy bajarish kerak.


Bir idishda 3 litr suv, ikkinchi idishda un dan ikki litr ko’p suv bor. Ikkinchi idishdagi suv bir litr ko’p bo’lishi uchun nima qilishi kerak? Bu masalani sturli yechilish usullarini ko’rib chiqish foydali bo’ladi.


  1. O’quvchilar bir idishga 1 litr suv quyish ni taklif etishadi. Bu usul amalda tekshiriladi. O’lchash natjasida birinchi idishda 4 litr suv ikkinchi idishda 5 litr

schuv bor ekan. 5 >4


B) birinchi idishda ikki litr ikkinchi idishga 1 litr suv quyiladi. 5<6
Bunday masalalarni yechish jarayonida sig’imlarni o’lchash bo’yicha zaruriy o’quvda shaikllanadi va mulohaza yuritish o’quvi rivojlanadi.
Boshlang`ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog`liqlikda turli uzunlik o`lchashni ham o`rganish nazarda tutilgan. Uzunlik o`lchashlarsiz tabiatni, borliq olamni o`rganish mumkin emas. Uzunlik o`lchashda turli ob`ektlarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Uzunlik o`lchash bu narsa yoki hodisaning biror xossasi bo`lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shu xossasi bilan taqqoslash va ulardan qaysi biri shu xossaga ko`proq darajada ega ekanligini aniqlash mumkin. Uzunlikni o`lchash tushunchasi murakkab tshuncha bo`lib, o`quvchilarning maktabda butun o`qish davrida shakllantiriladi. Boshlang`ich maktabning vazifasi shundaki, u bolalarda miqdorlarni o`rganishning intuitiv tushunarli usulini hosil qilishdir, buning natijasida bolalarda uzunlikni o`lchash narsalar va hodisalarning o`lchash bilan bog`liq bo`lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo`lishi kerak. Boshlang`ich maktabda bolalarga uzunlik, sig`im, massa, yuz, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi.
Har bir uzunlik o`lchashni o`rganish uslubiyotining o`ziga xos xususiyatlari mavjud bo`lsa-da, biroq narsaning yoki hodisaning xossalarini o`rganishga umumiy yondashish uzunliklarni o`lchashni o`rganishning umumiy uslubiyoti haqida gapirish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida, aniq-hissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi

maktab o`quvchilarini uzunlikni o`lchash uchun umumiy bo`lgan xossalari bilan tanishtirish mumkin.


Uzunlik hajm xaqidagi tasavvurlarni shakillantirilayotganda biz asosan ko’rish xissiga tayanamiz. Massa tushunchasini tushintirishga barik xisga (grekcha – “baros”-og’irlik) tayaniladi. Istalsgan jism yerga tortilishi natijasida tayanchga bosim beradi yoki osilgan ipni taranglaydi. Kaftga gavdaga beriladigan bunday bosim ana shunday barik jism beradi. Barik bosim miqdori massaga to’g’ri proporsional. Jism massasi qanchalik katta bo’lsa og’irlik xissi shuncha katta bo’ladi. Og’irlik kuchining massaga proporsionalligi sababli, ko’pincha bu 2 tushuncha; massa va og’irlik chalkashtirib yuriladi. O’quvchilarp ko’pincha massa atamasi o’rniga og’irlik atamasini ishlatadilar. Bu fizikada 2 turli tushunchalardir.
Og’irlik-vektor miqdori. Og’irlik-jism tayanch ga bosadigan yoki ilmoqni tortadigan kuchdir. Og’irlik tayanchning xolatiga bog’liq. Agar tayanch vertikal tezlanishda yo’nalishda tezlanish bilan xarakatlanilsa u xolda jism zo’riqish yoki vazinsizlik xolatida bo’lishi mumkin. Og’irlik tayanchning xolatiga bog’liq. Og’irlik prujinali dinomametr bilan o’lchanadi. Og’irlikning o’lchov birligi nyuton.
Massa-skalyar miqdor, fizika qonunlari massasini energiyaning o’zgarishi o’lchov sifatida ochib beradi. Massa g’ichakli tarozilar da o’lchaniladi. Massaning o’lchov birligi kilogrammdir.
Massaning yerga torttish qobilyati bo’yicha qabul qilish o’rganishga eng osondir.
Boshlang’ich maktabda faqat jismning massasi o’rganiladi, shu sababli og’irlikni tortish, og’irlik toshlari og’irligini tenglashtirish, so’zlari iloji boricha ishlatmay massa jismlarning massasini o’lchash massani o’lchash uchun asbob massa o’lchagich so’zlaridan foydalanish kerak. Narsalarni massa bo’yicha farqlay olish qobilyati turli massali narsalarni og’ir yengil so’zlar bilan belgilash qobilyati bolalarda amaliy turmush asosida bu vaqtga kelib paydo bo’lgan. Bundan buyon bu mavzuni o’rganishdan maqsad massa xaqida aniq tasavvurini


shakillantirish

bolalarni massa birliklari

(kilogramm,

gramm,

sentner,

tonna)

bilan tanishdirishdan iborat.


































Uchinchi

sinfda matematikadan




miqdorlarni

o’lchashga

doir

yangi

pedagogik

texnologiyalar asosida

o’tilgan

bir soatlik dars ishlanmasi.










Uchinchi sinf o’quvchilarida

uzunlik o’lchovlarini

o’lchashga doir

xar

xil usullar bilan yechish bo’yicha

bilim, malaka , ko’nikmalar jarayonida

eng

dolzarb bo’lib turgan

yangi pedagogik

texnologiyalardan

o’z o’rnida samarali

foydalanish

muxum ro’l o’ynaydi. Shuni xisobga

olgan xolda

boshlang’ich sinf

o’qituvchilarini

masalalar yechishga




bag’ishlangan matemiatika

darslarida

ta’limning

interfaol usullari bo’lgan “Aqliy xujum”, “Muammoli ta’lim”, “Kichik

guruhlarda ishlash”, “Matematik o’yin”, “Baxs munozara” kabi ko’plab

usullardan

foydalanib kelishmoqda. Biz ushbu paragrfda uchinchi sinfda yangi

pedagogik

texnologiyalardan

foydalangan xolda

tashkil etilgan miqdorlarni o’lchashga doir

masalalar yechishga

bag’ishlangan

bir

soatlik

dars

ishlanmasini

keltiramiz.

Bunday darslarni

biz pedagogik texnologiyalardan foydalangan xolda o’tgan edik.

Darsning

mavzusi: Uzunliklar o’lchovlarini xisoblashga doir masalalarni

turli usullarda

yechish.

































Darsning maqsadi


-ta’lmiy maqsad: o’quvchilarda uzunlik o’lchovlarini o’lchashga doir masalalarni turli usullarda yechish bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalar hosil qilish.
-tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda Vatanga muxabbat, mehnatsevarlik, tanqidlik va tadbirkorlik qobilyatlarini tarbiyalash.
-Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarning mustaqil fikrlash, xulosa chiqari va hisoblash qobilyatlarini rivojlantirish.
Darsning jixozi: Darslik, masalalarga doir chizmalar, jadvallar, rasmlar texnika vositalari, chizg’ich sirkul.
Darsning turi: noan’anaviy usullardan foydalaniladigan baxs-munozara
darsi.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Dars maxsus yozilgan senariy asosida olib boriladi. Salomlashish, o’quvchilarning va sinf xonasining darsga tayyorgarligini
nazorat qilish.
Sinfdagi darsga ishtirok etayotgan o’quvchilar beshta guruhga ajratiladi.
1-guruh-Xorazmiy
2-guruh-Yosh matematiklar
3-guruh-Ulug’bek
4-Kichkintoy bilimdonlar
5-guruh-Beruniy
O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda ularning bilim darajalarini xisobga olish va xar bir guruhga matematikani yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilarni to’g’ri taqsimlash va shu o’quvchilar orasidan xar xar bir guruhga bittadan sardor tayinlash lozim.
5. O’tgan mavzuni so’rash va mustaxkamlash.
O’quvchilar guruhlarga bo’lingandan keyin o’tgan darsda o’tilgan mavzu bo’yicha guruhlarga savollar beriladi yoki kartochkalar tarqatib xar bir guruhdan ularning javoblari tanlab olinadi.
Guruhlarning javoblariga qarab ularga tegishlicha ballar qo’yib boriladi. Shundan so’ng o’qituvchi tomonidan o’tgan mavzu qisqacha xulosalanib, o’quvchilar bilimi mustaxkamlanadi.
Yangi mavzuning bayoni:
O’qituvchi tomonidan ushbu darsda yechish rejalashtirilgan uzunlik o’lchovlarini xisoblashga doir masalalarning matnlari yozilgan kartochkalar barcha beshta guruhga tarqatiladi va ularni yechish jarayonida shu masalalarni yechish uchun yordam beradigan savollar o’qituvchi tomonidan guruhlarga beriladi yoki guruhlarning o’zlari shu savollarni tuzib, masalalarni yechishga kirishadilar.

O’qituvchi bu darsda nazoratchi hakam vazifasini bajaradi va guruhlarning javoblarini kuzatadi.

Masalalarni yechish jarayonida birorta guruh xatolikga yo’l qo’ysa , boshqa guruhlar yoki o’qituvchi tomonidan bu xato o’z vaqtida to’g’rilab boriladi.
Bu darsda quyidagi masalalarni yechishni tavsiya qilamiz.
Guruhlarda bu masalalarni turli xil usullarda yechish yo’llarini ko’rsatish talab qilinadi.
1-masala.
Tomonlari xar xil bo’lgan 2 ta to’g’ri to’rtburchak chizing. Ulardan xar birining tomonlari uzunliklarining yig’indisi 20 santimetrga teng bo’lsin.
Bu masalani ikki usulda xam ishlab ko’rsatish mumkin.


1)

6 sm

2)

8 sm




4 sm




4 sm2 sm







2 sm








































6 sm




8 sm







6+6+4+4=20 sm




8+8+2+2=20 sm



2-masala.


Velosipedchi qishloqgacha 20 km, qishloqdan keyin 4 marta kam yo’l yurdi. Velosipedchi xammasi bo’lib necha kilometr yo’l yurdi?
Berilgan: Yechish:
V: qishloqgacha 20 km 20/4=5
Qishloqdan keyin 4 marta kam 20+5=25
V: xammasi bo’lib necha km? Javob: 25 km.
3-masala:
Ota uzunligi 17 dm bo’lagn taxtadan 2 marta 8 dm dan qirqib oldi. Qolgan
qismining uzunligini toping?
Berilgan: Yechish:


17 dm taxta

8*2=16

2 marta 8 dmdan olindi

17-16=1

Qolgan qismi uzunligi-?

Javob: 1 dm

4-masala:



Bir to’p gazlamadan oldin 35 metr, keyin undan 5 marta kam gazlama qirqib olindi. Shundan keyin to’pda 4 metr gazlama qoldi. To’pda necha metr gazlama bo’lgan?







Berilgan:




Yechish:




Bir to’p gazlamadan oldin 35 m




35/5=7




5 marta kam gazlama olindi.




35+7+4=46




4 metr gazlama qoldi.




Ob: 46 metr bo’lgan.




To’pda necha metr gazlama-?










5-masala: Bir tomoni 6 sm, ikkinchi tomoni undan

2 marta kichik bo’lgan to’g’ri




to’rtburchak chizing. Uning perimetrini toping?










6 sm






















6/2=3 sm



















3 sm







3sm

P=6+6+3+3=18 sm











































6 sm




Javob: 18 sm



6-masala:


Kvadrat tomonlari uzunliklarining yig’indisi 32 santimetr. Shu kvadrat bir tomonining uzunligi qancha?
8 sm











32/4=8 sm

8 sm




8 sm

Javob: 8 sm












8 sm


Guruhlarning bu masalalarni yechishdagi faol ishtiroki va javoblariga qarab, tegishli ballar qo’yiladi va butun dars davomida to’plangan ballar jamlanib umumiy to’planib olingan ballar e’lon qilinadi va o’rinlar aniqlanadi.


  1. Uyga vazifa uzunlik o’lchovlarini hisoblashga doir masalalar yechish (har xil usullar bilan)




  1. savol-javoblar bilan darsni xulosalash. Xayirlashish.

2.3. Miqdorlarga oid masalalar yechish
Matematik masala deb, ikki yoki undan ortiq son ifoda ustida amal bajarib yangi bir sonni ifodani topishga aytiladi.

Miqdoriy masalalar asosan sonlar, miqdorlar munosabatlar va ularga mos bo’lgan qisqa hayotiy voqeallarni, qamrab olib, ularni so’z bilan ifodalaydi.

Arslar davomida bunday masalalarni yechish o’quvchilarni diqqatini jalb etib kelgan.

Matematik olimlar masala va uning mohiyati haqida ajoyib fikrlarni aytib qoldirganlar.

Masalani tushunishnigina yetarli deb bo’lmaydi, uni yechish uchun istak ham zarur.

Kuchli istaksiz qiyin masalani yechib bo’lmaydi, u bo’lganda esa mumkin. Istak bo’lsa yo’li topiladi.

Biz mana shu istakni avvalo boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirib borishimiz zarur.

Miqdor o’lchoviga asoslangan masalalarni yechish bu masala shartiga berilgan sonlar va izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishlarini ochib beradi.

Ana shu masaladagi noma‘lumni topish uchun boshlang’ich sinf o’quvchilarida avvalo sodda masalalarni yechish malakasi hosil qilinadi. So’ngra o’quvchilar masalalarni quyidagicha yechia boshlaydilar.

Matematik omillar birligiga ko’ra beshta masalani 20 xil usulda yechish afzaldir.

Odamda yoshligidanoq miqdorlarni o’lchash masalalarini egallashlari, ularni turli birliklarda ifodalashni o’rgatish lozimdir. Miqdorlarga doir masalalarni yechishda biz o’quvchilarga hayotiy misollar keltirib, ularni taklif qilib tushuntirib berishimiz zarur.

Masala. 3 ta o’quvchi 11 kg makalatura to’pladi. Birinchi o’quvchi 4 kg, ikkinchi esa 3 kg to’pladi. Uchinchi o’quvchi qancha makalatura to’pladi.

Yechilishi. 1) 3+4=7 2)10-7=3

Javob 3 kg

11) 11-2+3=12 12-9+8=11

11-4+5=12 12-5+4=11 9-3=6

Masala.To’g’ri to’rtburchak shaklidagi futbol maydonining tomonlari100m va 60m. Futbol maydonining perimetri necha metrga teng?

Yechish: 100m

P=2(a+b)

P=2(60+100)=320m 60m

II usul

1)60+100=160 2) 2*160=320



Hisoblashlarni tugating.

70:5=(50+20):5=50:5+20:5=10+4=14

90:6=(60+30):6=60:6+30:6=10+5=15

56:4=(40+16):4=40:4+16:4=10+4=14

84:7=(78+14):7=70:7+14:7=10+2=12

Miqdor o’lchov birliklari


Eski nomlanishi

Hozirgi nomlanishi

1 qarich

20 sm

1 quloch

1 metr 40 sm

1 gaz olchin

1 metr

1 qadam

170 sm

1 chaqirim

1 km

1 tosh

8 km

1 suyash

16 sm

1 pud

16 km

1 gul

90,100 gr

1 misqol

500 gr

1 chorak

4 kg

1 daqiqa

1 minut

1 tanob

900 kv. Metr

1 zinr

1 kunda 1 qo’sh hukiz haydaydigan yer yuza o’lchovi

Jitrak

200 gr

Garbek

125 gr

Nimcha

500 gr

Esrak

225 gr

Ba‘zi o’lchov birliklarini o’lchovi aniq emas. Ular: paysa, botmon.

Miqdor o’lchov birliklarini eski nom bilan atalishini o’rganish o’quvchilarda:


  1. So’z boyligini oshiradi.

  2. Nutq madaniyatini o’rgatadi.

  3. Mustaqil fikrlash qobiliyatini o’rgatadi.

  4. Hayotiy masalalarni o’lchash va hisoblashni o’rgatadi.

Men uzunlik o’lchovi mavzusini o’tayotganda qadimgi birliklardan foydalandim. Bu qadriyatlarimizni tiklash, o’tmishimizni unutmaslik namunasidir. Maqsad eski o’lchov birliklari orasidagi bog’lanishlarni isbotlab berishdir.

Men bundan keyingi ish jarayonimda ham albatta eski o’lchov birliklaridan batafsil foydalanmoqchiman.

Hozirgi zamon faktlari mazmuniga qarab ishtimoiy, tabiiy texnika va boshqa bir qator qismlarga bo’linadi.

Bularning har biri o’ziga mos ko’pgina fanlarni qamrab olib, butun bir sistemani tashkil qiladi.

Matematika texnikaning barcha sohalarida, jumladan, turli xil hisoblash mashinalarida atom reaktorlarning ishlash prinsipini moslashtirishda, kosmosni o’rganishda, mo’ljallangan matematik boshqarish sistemalarida, reaktiv samolyotlarni va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda. Qisqasi matematika fani ishlab chiqarishning barcha sohalari bilan uzviy bog’liq hisoblanadi.


    1. Miqdorlar” mavzusiga oid dars ishlanmalaridan namunalar.

3 – sinf. Matematika darsi.

Mavzu: Tonna, sentner (395-405 misollar)

1. Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o‘quvchilarni yirik massa birliklari sentner va tonna bilan tanishtirish.

b) tarbiyaviy: Inson mehnatini qadrlashga o‘rgatish.

2. Dars uslubi: suhbat, ko‘rgazmalilik

3. Dars tipi: yangi bilim berish.

4. Dars jixozi: darsga oid ko‘rgazmali qurollar, ko‘rsatmalar.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: davomad: o‘quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.

O‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazish.

Bir yilda nechta fasl va nechta oy bor?

Hozir yilning nechanchi oyida turibmiz?

Noyabr oyida necha kun bor?

Bugun noyabr oyining nechanchi kuni.

2. Uyga vazifani tekshirish.

a ) Uyga berilgan vazifa aniqlanadi.

b ) Vazifa tekshiriladi, misollar og‘zaki so‘raladi.

- 50 500 dan nechaga kichik

- 400 100 dan nechaga katta.

3. YAngi mavzu ustida ishlash.

A ) 395 – 396 misollar og‘zaki bajariladi.

395 – misol.

360 + 40 = 400 510 + 400 = 910

460 – 40 = 420 830 – 600 = 230

396 – misol.

x + 9 = 12 (x = 3) x – 4 = 20 (x = 5)



x – 8 = 20 (x=28) x : 6 = 7 (x=42)

397 – misol kitobga berilgan rasm asosida og‘zaki ishlanadi.

b ) Yangi mavzuni tushuntirishda “Sentner” va “Tonna” haqida tushuncha berishdan oldin o‘quvchilarga quyidagi kabi savollar yozilgan tarqatmalar beriladi2.

- Kichikroq narsalarning massasi qaysi og‘irlik o‘lchov birligida o‘lchanadi?

- 1 kg necha gramm

- 3000 gr necha kilogramm

Shundan so‘ng tonna va sentner tushuntiriladi.

Doskaga mavzu yoziladi quyidagi jadval osib qo‘yiladi va tushuntiriladi.



1 sentner = 100 kg

1 tonna = 1000 kg

Bu birliklar sonlar bilan yozilganda bunday yoziladi: 1 s, 6 s, 10 t, 12 t.

So‘ng quyidagicha savol-javob o‘tkaziladi.

1 s 100 kg bo‘lsa, 6 s necha kg, 8 s – chi

Bog‘bon bog‘dan 500 kg olma olgan bo‘lsa, u necha s olma tergan?

1000 kg 1 t bo‘lsa, 4000 kg necha tonna.

Kombayn bir kunda 5 t bug‘doyni o‘rib yanchgan bo‘lsa u necha kg bug‘doyni yanchgan.

4. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash

a ) 398 masala og‘zaki bajariladi. Doskaga quyidagi qisqa yozuvni yozib qo‘yiladi.

1 ta qopga 5 kg guruch

Qop 1 s guruch

399 – misol savollarga og‘zaki javob beriladi.

40 – misol uchun quyidagi chizmadan foydalanish mumkin.

Chizma perimetr – 37 sm.

Uchburchakning perimetri deb nimaga aytiladi?

Bu qoidadan foydalanib uchburchakning noma’lum tamonini toping.

b ) 401 – masala yozma bajariladi.

Masala matni noma’lum (hamma terilgan bodring necha kg ekanligi)

Bizga nima ma’lum (3 ta chelakda 6 kg dan 2 savatda 9 kg dan bodring borligi).

Nimalarni topishimiz kerak.

O‘quvchilar diqqati masalaga oid ko‘rgazmaga qaratiladi. Masalani kitobda berilgan jadvaldagi qisqa yozuv orqali yechish taklif qilinadi.

3 * 6 = 18, 9 * 2 = 18, 18 + 18 = 36

Javob 36 kg bodring terilgan.

v ) So‘ng dam olish daqiqasi o‘tkaziladi. O‘quvchilar o‘rinlaridan turib she’r aytadi.

Derazani ochamiz,

Toza xavo kirsin deb.

Gimnastika qilamiz,

Tanam kuchga to‘lsin deb.

g ) 402 – misol. Qatorlarga bo‘linib mustaqil yechiladi.

1 – qator 2 – qator

800 – (52 + 48) = 800 – 100 = 700 600 – (65 + 35) = 600 – 100 = 500

700 – 340 = 360 900 – 520 = 380

950 – 670 = 280 830 – 290 = 540

Tez va to‘g‘ri yechgan qator o‘quvchilari rag‘batlantiriladi.

403 – masala: mantiqiy topshiriq xsoblanib mustaqil bajariladi. Uyda to‘rt burchakni chizib bo‘yab kelish topshiriladi.

5. Uyga vazifa berish.

404 – masala tushuntiriladi. Nima ma’lum nima noma’lum ekanligi haqida suhbat o‘tkaziladi.

405 – misoldan o‘quvchilar tanlagani doskaga tushuntirib echib beriladi.

64 : 8 x 9 = 72

6. Darsni yakunlash.

Darsda qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. Yangi o‘lchov birliklari o‘quvchilardan yana bir bor so‘raladi va dars yakunlanadi.



XULOSALAR.
O’zbekiston Respublikasining istiqboli xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida bo’lganidek, xalq ta‘limi oldida ham muhim vazifalarni qo’ymoqda. Zero yosh avlod tarbiyasi O’zbekiston istiqbolini mustahkamlashning muhim zamini deb hisoblanadi.

“Yoshlari bilimdon, yurtning kelajagi buyukdir”.(I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi”).

Biz shunday farzandlarimizni tarbiyalashimizda boshlang’ich sinflarda matematika fanini ahamiyati juda katta ekanligini aytib o’tishimiz lozim hisoblanadi.

Bugungi kunda har bir kishi ishbilarmonlikni, iqtisodiy hisob-kitobni bilishi zarur.

Matematika kerak

Har bir o’g’il qizga

Aqlini va fikrini

Soladi yaxshi izga

Shuning uchun boshlang’ich sinflarda ta‘lim jarayonini tubdan yaxshilash davr talabi hisoblanadi. Bu esa har bir o’qituvchidan yuksak tajribani puxta bilimni, malakani talab qiladi.

Boshlang’ich sinflarda miqdor va birliklarni juda keng o’rganilmoqda. Boshlang’ich sinf matematikasida uzunlik o’lchovi, vaqt o’lchovi, yuzani o’lchash va topishga doir misol va masalalar berilgan.

Bu sinflarda miqdor o’lchovlari o’zgarmas birligidan foydalanib bilib boriladi. Masalan: uzunlik o’lchovi, millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr.

Og’irlik o’lchovi: gramm, kilogramm, sentiner, tonna.

Vaqt o’lchovi: sekund, minut, soat, yil, asr, oy, kun sutka, hafta.

O’lchov birliklarini tarkib toptirishda qadimgi nomlardan ham foydalanilgan. Masalan: qarich, quloch, gaz, qadam, chaqirim, tosh, pud, misqol, chorak, daqiqa, tanob, asr, qadam, olchin, ongli, manzil, yog’och, farzand va shular kabilar.

Bundan tashqari miqdorlar tushunchasi figuralarning yuzini o’lchashda ham ma‘lum birliklardan foydalaniladi.

Kvadrat santimetr (kv sm) kvadrat detsimetr (kv dm) kvadrat metr (kv m) lardir.

Hozirgi vaqtda minutni daqiqa, sekuntni soniya deb atash odat tusiga kirib qolgan.

Maktab matematika darsligida o’qituvchi uchun shunchaki ko’rsatma berilgan. Darsni qiziqarli va mazmunli o’tish uchun esa o’qituvchining mahoratiga bog’liq.

Shuning uchun ham men malakaviy bitiruv ishimda qiziqarli savollar, miqdor birliklarini kelib chiqish tarixi, eskicha nomlanishini ham keltirib o’tdim.

Shu bilan birga dars jarayonini o’yin va qiziqarli didaktik tarzda olib borish maqsadga muvofiqdir.

Darsni she‘riy usulda olib borish ham darsni qiziqarli o’tib mavzuni yaxshi tushunib olishga yordam beradi.

Har bir masalalarni yechayotganda 4 ta masala berishni eslatib o’tiladi.

“Ta ortiq”-bu qo’shish

“Ta kam”-esa ayirish

“Marta ko’p”-ko’paytirish

“Marta kam”-esa bo’lish

Buni derla:

Matematik hisob

Masala yechilar

Aytilar javob

Matematikada didaktik she‘rlar o’quvchini fikrlashga, izlanishga dunyoqarashini kengaytirishga olib keladi. Har bir dars ko’rgazmali va ko’rsatmali bo’lmog’i lozim. Chunki:“Sinfga surat olib kirsang soqov ham tilga kiradi” deb bejizga aytilmagan. Dars mobaynida o’quvchilar bilan qiziqarli suhbatlar o’tkazish, ular bilan birga sahna, badiiy ko’rinish va savol-javoblar o’tkazish har bir miqdor birliklariga doir test kartochkalaridan foydalanish ham ko’zda tutilgan. Biz tajriba-sinov ishimizni Qarshi shahridagi 10-umumiy o’rta ta‘lim maktabida olib bordik.

Tajriba sinov-ishlarini o’tkazish natijalariga ko’ra quyidagi xulosalarga keldik.



  1. 4-sinf o’quvchilari miqdorlarni o’rganish natijasida hayotiy hisob–kitoblarni bajarishga qulaylik yaratadi.

  2. 4- sinf o’quvchilariga miqdorlarni hayotiy masala va misollar orqali o’rgatish maqsadga muvofiq bo’ladi.

  3. 4-sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatishda interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

  4. 4- sinf o’quvchilari interfaol metodlar asosida o’rganish natijasida miqdorlarga doir bilimlari oshadi va iqtisodiy bilim, ko’nikmalari shakllanadi hamda 4-5-6 sinflarda miqdorlarni yechishga zamin yaratiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1. “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” Toshkent Sharq nashriyoti matbaa konserni.

2. M.Axmedov, B.Ibragimov, M.Jumaev, “Matematika o’qituvchisi kitobi”. Toshkent. O’zinkomsentr. 2003y.

3. N.U.Bikboeva, R.M. Sedelnikova. T.A.Adanbekova “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” Toshkent O’qituvchi 1996y

4. N.U.Bikboeva, E.Yangiboeva “Matematika 3-sinflar uchun darslik” Toshkent O’qituvchi 2008yil.

5. “Boshlang’ich ta‘lim” jurnali 2007yil 3-son (28-29 betlar) Toshkent .

6. M.Jumaev va boshqalar “1-sinf uchun matematika daftari” Toshkent O’qituvchi nashriyoti.

7. N.U.Bekboeva va boshqalar “Matematika 2-sinflar uchun darslik” Toshkent O’qituvchi 2018 yil

8. B.Omonov “Yuz bilan yuzma-yuz” Toshkent O’qituvchi 1995 yil

9. “Ta‘lim taraqiyoti O’zbekiston Respublikasi halq ta‘limi vazirligining axborotnomasi” 7 maxsus soni. Toshkent Sharq nashriyoti 1999 yil.

10. M.Jumaev “Matematika o’qitish metodikasidan praktikum” Toshkent O’qituvchi 2004 yil.

11. N.Muxammadalieva “Qiziqarli matematika” Toshkent O’qituvchi 1994 yil.

12. S.Sirojiddinov, M.Mirzaaxmedov “Matematika kasri haqida suhbatlar” Toshkent O’qituvchi 1994 yil

13. S.A.Axmedov “O’rta Osiyoda matematika o’qitish tarixidan ” Toshkent O’qituvchi 1997 yil

14. S.Tog’aev “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan ma‘ruzalar matni” Termiz 2001y

15. M. Ochilov “Yangi pedagogik texnologiyalar” Qarshi nasaf nashriyoti 2000 yil.

16. M.Ochilov “Muallim qalb memori” Toshkent O’qituvchi 2001 yil

17. M.Jumaev “Maxsus sirtqi bo’lim talabalari uchun matematika o’qitish ma‘ruzalar matni” 1-2 qism Toshkent 2000 yil

18. A.Hayitov, N.Boymurodov “Ta‘limda noananaviy darslar va interfaol usullardan foydalanish” Toshkent Yangi asr avlodi 2006 yil

20. 2008-2020 boshlang’ich ta‘lim jurnalining barcha sonlari

21. M.E.Jumaev va boshqalar “Boshlang’ich sinflarda matematikadan fakultativ darsliklari tashkil etish metodikasi” Toshkent 2005 yil



1 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sa’asida: xavfsizlikka taµdid, bar³arorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997. 215-bet.

2 Bikboyeva.N.U. M.A.Zaynitdinova, Ahmadjonov I.G. Yangi­boyeva E.Y.Adambekova G.A. Birinchi sinf matematika dars­ligi. O’qituvchilar uchun qo’llanma —T:. «O’qituvchi», 1996-yil

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling