3-bsb № II bob. Buxoro amirligi
Download 442.88 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf O\'zbekiston tarixi II chorak BSB
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘g‘ri javob uchun 5 ball Buxoro – Hindiston munosabatlari
1-topshiriq.
Maksimal 10 ball. Buxoro – Eron munosabatlari: Buxoro va Eron manfaatlari to‘qnashgan asosiy hudud Xuroson bo‘ldi. Buning sababi Xu- rosonning harbiy-siyosiy va savdo-iqtisodiyjihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligida edi. Bundan tashqari, Xuroson Buxoro xonligi, Eron va Hindiston yo‘nalishida o‘ziga xos darvoza vazifasini ham o‘tar edi. Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar va safaviylar o‘rtasida kcskin kurash ketdi. Bu masalada Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronligi davrida shayboniylar ustunlik qildilar. Abdullaxon II Eronga qarshi kurashda Usmonli davlati bilan ittifoq tuzishga urinib ko‘rdi. Biroq maqsadiga erisha olmadi va oxir- oqibat Eron Xurosonni Movarounnahrdan ajratib tashlashga muvaffaq bo‘ldi. Ashtarxoniylar davrida ham Eron bilan munosabatlar keskinligicha qoldi. 1740-yilda esa Eron Buxoro xonligini qaram davlatga aylantirishga erishdi. To‘g‘ri javob uchun 5 ball Buxoro – Hindiston munosabatlari: Hindistondagi Boburiylar saltanati bilan Buxoro xonligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘rnatilishi Bobur va Ko‘chkunchixonlar nomi bilan bog‘liq. Ko‘chkunchixon hukmronligi davrida Buxoro xonligi Boburiylar davlatini tan oldi. U bilan savdo va elchilik munosabatlarini o‘rnatdi. Abdullaxon II safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intildi. Shu sababdan Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga bir necha marta elchilarini yubordi. Abdullaxon II Akbarshohga Eronni o‘zaro taqsimlab olishni taklif qildi. Lekin Akbarshoh bunga rozi bo‘lmadi. Chunki Akbarshoh fuqarolari turli din va diniy yo‘nalishlarga e’tiqod qiluvchi davlatlarning bir-biriga toqat qilib yashashlari tarafdori hamda diniy bag‘rikenglikni davlat siyosati darajasiga ko‘targan hukmdor edi. Qolaversa, u Eron bilan yaxshi munosabatda ham edi. 1586-yilda Akbarshoh Abdullaxon II ga yo‘llagan maktubida Usmonli davlati Eronning bir qismini bosib olganligidan tashvishlanayotgan- ligini bayon etdi. Ayni paytda, Buxoro va Hindiston birgalik- da Eronga yordam ko‘rsatishi zarurligini ta’kidladi. Biroq Eron shayboniylar davlatini o‘zining asosiy raqiblaridan biri deb hisoblab kelayotgani uchun Abdullaxon II Akbarshoh taklifiga rozi bo!lmadi. Boburiy hukmdorlar Shoh Jahon va Avrangzeb Olamgirlar hukmronligi davrida ashtarxoniylar bilan savdo-sotiq aloqalari davom etdi. Download 442.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling