3-bsb № II bob. Buxoro amirligi
Download 442.88 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf O\'zbekiston tarixi II chorak BSB
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘g‘ri javob uchun 5 ball
- 2-topshiriq. Maksimal 10 ball. Qo‘shbegi
To‘g‘ri
javob uchun 5 ball Amir Nasrulloning siyosiy faoliyati: Amir Nasrullo 1826- yilda taxtni egallaydi va 1860-yilgacha hukmronlik qilgan. Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklarni yagona davlatga birlashtirish yo‘lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. Shahrisabz va Kitob bekliklarini to‘la bo‘ysundirish uchun kurash 30 yil davom etdi. Nihoyat, 1856-yildagina u Shahrisabz va Kitobni bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. Amir Nasrullo davrida amir shaxsiga sig‘inish siyosatini yuritildi. 1842-yilda Qo‘qon xonligini bosib oldi, Biroq Qo‘qon xonligining Buxoro amirligiga qaramligi uzoqqa cho‘zilmadi. Shu yilning o‘zidayoq Qo‘qonda Buxoro bosqiniga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon xonligining mustaqilligi tiklandi. Tez orada bu ikki davlat o‘rtasida уana urush kelib chiqdi. 1843-yilda amir Nasrullo Xo‘jand va O‘ratepani qo‘lga kiritish uchun Qo‘qon xonligiga qarshi kurash hoshladi. Bu ikki shahar o‘n yillar davomida qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelardi. Nihoyat bu safar Buxoroning qo‘li baland keldi. 1843-yilda Marv viloyati uchun talashayotgan Buxoro va Xiva o‘rtasida urush harakatlari kelib chiqdi. Xiva qo‘shini Hazorasp yaqinida Buxoro qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi. Lekin Marv Buxoro amirligi tarkibida qoldi. Faqat 1845- yildagina Xiva xonligi Marvni egalladi. Amir Nasrullo davnda muntazam qo‘shin tuzish bilan To‘g‘ri javob uchun 5 ball bog‘liq muammolar o‘z yechimini topdi. U 1837-yilda harbiy islohot o‘tkazdi. Unga ko‘ra, sarboz, navkar va to'pchi askarlardan iborat 3 turdagi muntazam qo‘shin tuzildi. 2-topshiriq. Maksimal 10 ball. Qo‘shbegi - amirlikda oliy ijroiya hokimiyat - qo‘shbegi, ya’ni Bosh vazir (vaziri buzruk ham deyilgan) qo‘lida to‘plangan. U poytaxt Buxoro shahridagi ahvol, mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalarni nazorat qilgan. Download 442.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling