3. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari l. Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil qilishning huquqiy asoslari va ahamiyati
Download 43 Kb.
|
3.-Buxgalteriya-hisobini-tashkil-qilish-shakllari.-Buxgalteriya-
Hisob yuritish siyosati
Hisob yuritish siyosati deganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish hamda tuzish uchun qodlaniladigan usullar majmui tushuniladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati, foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy bo‘lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlarning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak.Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo‘nalishi bo‘yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllantirilishida O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash lozim. Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta’sir etadi: • mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl; • faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysinuvi; • ishlab chiqarish ko‘lami hamda ishchi xodimlar soni; • soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.); •bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi; • moliya-xo‘jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi; • boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;^ korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimi mavjudligi; • buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining tashabbuskorligi; • moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javobgarlik tizimi. Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab qo‘llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o‘zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o‘zgartirilmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMAning 16—50-bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi kerak. Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling