3. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari l. Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil qilishning huquqiy asoslari va ahamiyati


- modda. Boshlang’ich hisob hujjatlari


Download 43 Kb.
bet9/13
Sana07.04.2023
Hajmi43 Kb.
#1338290
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3.-Buxgalteriya-hisobini-tashkil-qilish-shakllari.-Buxgalteriya-

14- modda. Boshlang’ich hisob hujjatlari: O’zbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq, boshlang’ich hisob hujjatlarini tuzish va xo’jalik operatsiyalariga ruxsat berishga mashul bo’lgan shaxslarni identifikatsiya qilish maqsadida boshlang’ich hisob hujjatlarida xo’jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning), identifikatsiya qilish uchun zarur bo’lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari yoxud boshqa rekvizitlari ko’rsatilgan holda lavozimlarining nomi va imzolari ko’rsatilishi to’g’risidagi norma bilan boyitildl.
SHuningdek, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, zamon talablari va axborot texnologiyalarining rivojlanishini hisobga olgan holda boshlang’ich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzilishi va taqdim etilishi mumkinligi haqida norma kiritildi.
15- modda. Buxgalteriya hisobi registrlari: Qonunning 4 va 14-moddalari bilan muvofiqlashtirildi, shuningdek, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq zamon talablari va axborot texnologiyalarining rivojlanishini inobatga olgan holda ikkita yangi qism bilan to’ldirildi.
Mazkur qo’shimcha boshlang’ich hisob hujjatlari va buxgalteriya hisobi registrlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni belgilash, shuningdek boshlang’ich hujjatlar aylanishi, boshlang’ich hisob hujjatlari va registrlari, shuningdek, analitik mahlumotlarning shakllanish tartiblarini o’z ichiga oladigan ichki nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida kiritildi.
16- modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish moddasi deyarli o’zgarmadi.
17- modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash: Mazkur moddaning birinchi va oltinchi qismlari MHXSga moslashtirildi, ikkinchi qismi esa Buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan muvofiqlashtirildi.
18- modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish moddasi deyarli o’zgarmadi.

Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling