3. Byudjet bilan hisob-kitoblar auditi. Tayanch iboralar


 Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar


Download 310.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.01.2023
Hajmi310.84 Kb.
#1074374
1   2   3   4
Bog'liq
13-MAVZU. MAJBURIYATLAR AUDITI

13.2. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar 
auditi 
Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan asosiy maqsad – mol yetkazib beruvchi va 
pudratchilar hamda korxona o‘rtasida korxona xarid qilgan tovarlar va xizmatlar 
bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida BHMSga mos hisobga olinganligini 
va moliyaviy hisobotlarida to‘g’ri aks ettirilganini tekshirishdan iborat.
Audit tekshiruvini yuqori sifatli o‘tkazish maqsadida audit tavakkalchiligini 
belgilash va mol yetkazib beruvchi / pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditining 
dasturini tayyorlash uchun auditor ushbu hisob bo‘limiga nisbatan ichki nazorat 
tizimi mavjudligini tekshirishi va ushbu tizimni sifat nuqtai nazaridan baholashi 
lozim. Buning uchun auditor tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
Mol yetkazib beruvchi pudratchilar bilan hisob-kitob opreatsiyalariga 
nisbatan mavjud ichki nazorat tizimi bilan tanishish. Hisob-kitoblar auditining 
umumiy rejasi va dasturini tayyorlash uchun, 3-sonli "Auditni rejalashtirish" 
Auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS)ning 19-bandiga muvofiq, auditorlik 
tashkiloti mijozning ichki nazorat tizimi samaradorligini baholaydi. Agar ichki 
nazorat tizimi ishonchsiz bo‘lgan ma’lumotlar vujudga kelishi to‘g’risida dalolat 
bersa yoki ishonchsiz ma’lumot mavjudligini aniqlasa, u samarali deb 
hisoblanadi.Bu maqsadda auditor savolnoma to‘ldiradi. 
Qo‘shimcha nazorat testlarini qo‘llash. Bu vazifani amalga oshirish orqali 
auditor mijoz korxona ichki nazorat tizimi amalda talab darajasida ishlayotganiga 
ishonch hosil qilishdan iborat. Bu maqsadda mol yetkazib beruvchi va pudratchilar 
bilan amalga oshirilgan bir necha operatsiyalar tanlab olinadi va tahlil qilinadi.
Nazorat tavakkalchiligi (riski)ni qayta baholash va asoslovchi testlarni ishlab 
chiqish. Yuqoridagi vazifani o‘z nihoyasiga yetkazgach auditor ichki nazorat 
tizimiga nisbatan nazorat tavakkalchiligi (riski)ni aniqlaydi va moliyaviy 
hisobotlarga nisbatan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan audit tekshiruvining ko‘lamini 
belgilaydi. Belgilangan ko‘lamga mos ravishda moliyaviy hisobot elementlariga 
nisbatan asoslovchi testlarni ishlab chiqiladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda 
auditor, avvalambor, tovar-moddiy boyliklar (TMB) sotib olinishi uchun asos 
bo‘lgan dastlabki hujjatlar mavjudligi va to‘g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. 
Masalan, mol yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni amalga oshirish 
bo‘yicha tuzilgan shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 
talablariga muvofiq amalga oshirilganligi tekshiriladi. So‘ngra mol yetkazib 
beruvchilar o‘z majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarganliklari, mol yetkazib 


beruvchilarga yoki ular korxona oldida qarzi vujudga kelgan sanasi tekshiriladi. 
Sub’ektlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi talablariga 
to‘liq hajmda va belgilangan muddatlariga atayin rioya etmagan holda amalga 
oshirgan kelishuvlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. 
Bundan keyin auditor va uning yordamchilari 6-sonli jurnal-order, 6010-sonli 
“Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schetlar” schet 
mashinogrammalari va hisob hujjatlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha bevosita har bir 
mol yetkazib beruvchi bilan (yoki tanlab olib) amalga oshirilgan hisob-kitob 
operatsiyalarini tekshiradilar. Amalga oshirilgan operatsiya sanasi va tavsifi, 
olingan TMB bo‘yicha narx-navolar to‘g’ri qo‘llanilganligi va ular to‘liq kirim 
qilinganligi, mol yetkazib beruvchilarning schet-fakturalarida QQS asosli ravishda 
ko‘rsatilganligi aniqlanadi. 
Auditor olinayotgan TMB, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar sifati va 
miqdori bo‘yicha da’volar o‘z vaqtida taqdim etilishiga, shuningdek, narx-navolar 
va tariflarga rioya qilmaslik, hisob-kitob hujjatlarida arifmetik xatolar aniqlanishi, 
tortish va o‘lchash natijasida kelib chiqadigan kamchiliklarni tekshiruviga alohida 
e’tiborini qaratishi lozim. Da’volar nafaqat mol yetkazib beruvchilarga, 
shuningdek, transport tashkilotlariga – yuk yo‘lda yo‘qotilganligi uchun, banklarga 
- hisob-kitob va valyuta schetlaridan noto‘g’ri kchiqarilgan yoki kiritilgan 
summalar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin. Da’volar yozma ravishda, da’vo 
summasi va kerakli isbotlar ko‘rsatilgan holda, faks yordamida yoki buyurtmali xat 
bilan yo‘llaniladi. Da’voga javob yozma ravishda 30 kun muddatda olinishi shart 
Auditor hisobdan chiqarish huquqini beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan 
TMB lar kamomadlari yoki yo‘qotishlari, shuningdek, mansabdor shaxslar 
tomonidan talon-toroj summalari da’volar bo‘yicha hisob-kitob ko‘rinishida 
berkitilmayotganligini aniqlashi lozim. 

Download 310.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling