3. Byudjet bilan hisob-kitoblar auditi. Tayanch iboralar


 Byudjet bilan hisob-kitoblar auditi


Download 310.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.01.2023
Hajmi310.84 Kb.
#1074374
1   2   3   4
Bog'liq
13-MAVZU. MAJBURIYATLAR AUDITI

 
13.3. Byudjet bilan hisob-kitoblar auditi 
Davlat byudjeti - bu iqtisodiyotning rivojlanishiga, mudofaa, ishlab 
chiqarishga taalluqli bo‘lmagan jabhalar, ta’lim va madaniyat, davlat boshqaruvi 
idoralari 
va 
boshqa 
maqsadlarga 
ishlatiladigan 
markazlashtirilgan 
pul 
jamg’armasidir. O‘zbekiston Respublikasida to‘lovlar summasi to‘g’ri hisoblanishi 
va byudjetga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan qat’iy nazorat qiluvchi kuchli soliq 
xizmati tashkil etilgan. 
Korxonada byudjet bilan hisob-kitoblar auditining asosiy maqsadi soliq va 
yig’imlarning barcha turlari bo‘yicha hisoblar to‘g’ri tashkil etilishi, ular to‘liq va 
o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilishi, soliq to‘lovlarining kechiktirish sabablari va 
boqimandalar 
qaysi 
schetlarga 
o‘tkazilganligi, mablag’lar o‘z vaqtida 
o‘tkazilmaganligiga aybdor shaxslarga nisbatan va yo‘lqo‘yilgan kamchiliklarni 


oldini olish uchun qanday choralar ko‘rilganligini aniqlashdan iboratdir. Byudjet 
bilan hisob-kitoblarni tekshirishda auditor xo‘jalik yurituvchi sub’ektga soliq va 
yig’imlar noto‘g’ri hisoblanishi hamda ular o‘z vaqtida byudjetga 
o‘tkazilmaganligi uchun soliq idoralari tomonidan ko‘riladigan jarima va boshqa 
choralari bilan bog’liq bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni oldini olishga yordam 
berishi lozim. 
Korxona qaysi soliqlar va yig’imlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitob 
qilayotganligini aniqlash kerak. Soliq idoralari va boshqa nazorat olib boruvchi 
idoralar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv hujjatlari va yakunlari bilan tanishib 
chiqish lozim, zero bu oldingi davrda yo‘lqo‘yilgan xatoliklar tavsifini aniqlash va 
chuqur tekshiruv uchun ob’ektlarni belgilash imkoniyatini yaratadi. 
Foydadan (daromad) solig’i, QQS, mulk solig’i, yer solig’i bo‘yicha byudjet 
bilan hisob-kitoblar va davlatning maqsadli jamg’armalariga ajratmalar 
sinchkovlik bilan tekshiriladi, chunki ushbu to‘lovlarning byudjetga to‘lanadigan 
barcha to‘lovlar va yig’imlar tarkibidagi nisbati kattadir, shuningdek, soliq 
qonunchiligiga rioya qilmaslik va buning oqibatida kelib chiqadigan moliyaviy 
jazolar (jarima, boqimandalar) o‘rganib chiqiladi. Agar korxona Iqtisodiy tahlil va 
audit bilan shug’ullansa, eksport-import operatsiyalari to‘g’ri soliqqa tortilganligi 
ham tekshiriladi. 
Auditor soliqlarni ularning manbalariga, ya’ni foydaga, davr xarajatlariga, 
sotuvni kamaytirishga to‘g’ri o‘tkazilganligini tekshirishi lozim. 
Tekshiruv jarayonida soliqlar va yig’imlarning barcha turlari bo‘yicha hisobot 
davrining oxiriga aylanmalar va qoldiq to‘g’ri chiqarilganligi aniqlanadi. Buning 
uchun to‘lovlarning har bir turi bo‘yicha tahliliy hisob ko‘rsatkichlari jurnal-
orderlar va hisobning boshqa registrlari, Bosh kitob va balansning 6400, 6500-
sonli schetlari guruhi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. 
Tekshiruv vaqtida aniqlangan kamchilik va xatoliklar auditorning ishchi 
hujjatlarida va auditorlik hisobotida qayd etiladi. 
Moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar barcha asoslar bo‘yicha xodimlar 
foydasiga hisoblangan, pul va (yoki) natura shakldagi to‘lovlarning barcha turlari 
ushbu fondlarga sug’urta badallarini hisoblash uchun ob’ekt bo‘lib hisoblanadi. 
Sug’urta badallarini hisoblash uchun qo‘llaniladigan bazaning ishonchliligini 
tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur: 

hisobot davrida hisoblangan va to‘langan mehnat haqi hamda boshqa 
to‘lovlar turlarini aniqlash; 

haqiqatda cug’urta badallari hisoblangan to‘lovlar turlarini, tegishli ijtimoiy 
cug’ypta fondiga sug’ypta badallari hisoblanmaydigan to‘lovlar ro‘yxatiga 
muvofiq ular hisoblanishi yoki hisoblanmasligi lozim bo‘lgan to‘lov turlari bilan 
taqqoslash; 



tegishli fondlar bo‘yicha sug’urta badallarining to‘liq to‘lanmagan (yoki 
oshiqcha to‘langan) miqdorini aniqlash. 
Oldin hisoblanmasdan, korxona kassasidan berilgan har xil to‘lovlarni 
(moddiy yordam, mukofot) maxsus e’tibor bilan tekshirish kerak. 
So‘ngra hisoblangan va to‘langan cug’ypta badallarining hisobda to‘g’ri aks 
ettirilishini aniqlash zarur. Bunda xodimlarga to‘langan to‘lovlarning cug’ypta 
badallarini hisoblash moliyalashtirish manbasi hisobidan aks ettirilayotganligiga 
e’tibor qaratiladi. Tekshiruv natijalari ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. 

Download 310.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling