3-sinf Ona tili
Mavzu: nazorat ishi
Darsning maqsadlari:O’quvchilarning DTSlari bo’yicha BKMlarini tekshirish.
Darsning turi: diktant yozish
Darsning metodi: tushuntirish
Darsning jihozlari: Diktant matni, matnga mos rasm.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:O’quvchilarning darsga tayyorligi ko’rib chiqiladi.
II.Uyga vazifani so’rash: O’quvchilar bajarib kelgan uy vazifalarini navbat bilan o’qishadi, tekshiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Muzey
Istiqlol davrida Toshkentning serqatnov chorrahasida ko’k gumbazli ulkan muzey qurildi.Bu hashamatli go’zal bino Vatanimizning ming yillik tarixi va temuriylar sulolasi haqida so’zlaydi. Muzeyni tomosha qilish uchun chet davlatlardan mehmonlar kelishadi.
Quyidagilarga e’tibor beriladi:
Avval matn to’liq o’qib beriladi,diktant yozish qoidalari o’rgatiladi.
So’ng, bo’g’inlab aytiladi.
O’quvchilarni yozishlari nazorat qilib boriladi.
IV. Mustahkamlash.
O’rganilgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
V. Darsni yakunlash.
O’quvchilarni darsda qatnashishlariga ,foydalangan imkoniyatlariga qarab ballari e’lon qilinadi.
VI.Uyga vazifa . O’rganilgan mavzularni takrorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |