3. Dunyo eng sirli xalqlari
Download 41.82 Kb.
|
dilmuhammad falsafa
Reja 1.Dunyo xalqlari 2.Madaniyat 3.Dunyo eng sirli xalqlari 4.Xulosa Dunyo aholisi juda ko’p etnik birliklardan tarkib topgan. Sayyoramizda 200 dan ortiq millat va Elatlar mavjud. Xalqlarni o’rganish uchun ularni ma’lum xususiyatlariga qarab klassifkatsiyalash, guruhlarga ajratish mumkin. Xalqlarni har xil xususiyatlari va ko’rsatkichlariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Dunyo aholisini soniga ko’ra klassifikatsiyalash. V.V.Pokshishevskiy xalqlarni soniga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratgan: 1.100 mln. kishidan ortiq xalqlar (xitoylar, Amerikaliklar, ruslar, hindlar, yaponlar); 2.50 mln. dan ortiq 100 mln. gacha bo’lgan xalqlar (braziliyaliklar, nemislar, bengallar, italyanlar, biharliklar) 3.10 mln.dan 50 mln.gacha bo’lgan xalqlar; 4.1 mln.dan 10 mln. gacha bo’lgan xalqlar; 5.1 mln.dan kam bo’lgan xalqlar. 2. Xalqlarni hududiy joylashuviga ko’ra guruhlashtirish. Har bir xalq o’ztning etnik hududiga ega bo’ladi, ana shu hududda u moddiy va ma’naviy madaniyatini yaratadi, tabiatdan foydalanishning o’ziga xos usullarini ishlab chiqadi va h.k. Hududiy jihatdan yaqin bo’lgan va uzoq davrlar mobaynida bir-biri bilan mustahkam aloqa qilib yashagan xalqlarda xo’jalik yuritish shakllari, turmush, madaniyat va din odatda bir-biriga o’xshash va ayrim hollarda bir xil bo’ladi. Mana shu belgi va hususiyatlari jihatdan o’xshash bo’lgan hududlar – tarixiy-etnografik oblastlar deb ataladi. Ular bir necha hududlardan iborat: 1. G’arbiy Evropa 2. O’rta Osiyo 3. Lotin Amerikasi 4. Okeaniya. 3. Xalqlarni ijtimoiy – xo’jalik jihatdan guruhlashtirish. Ko’proq tarixiy harakterga ega. Chunki, bu tipga kiruvchi «dehqon xalqlar», «chorvador xalqlar», «ovchi xalqlar» tushunchalari asosan o’tmish davrlarga xos bo’lib, hozir o’z ahamiyatini yo’qotib bormoqda. 4. Xalqlarni lingvistik guruhlashtirish. Xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir-biriga yaqin bo’lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa, o’z navbatida tarmoqlarga ajratiladi. Lingvistik guruhlashtirish – xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir-biriga yaqin bo’lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa o’z navbatida guruhlarga yoki tarmoqlarga ajratiladi. Dunyo xalqlarini lingvistik jihatdan quyidagi til oilalariga birlashtiriladi: 1. Hind-Evropa oilasi. AQSh hududlarida, Karib dengizi havzasida, Meksika, Venesuellada, Kolumbiyaning Shimoli-Sharqida, Peru, Chili, Argentina, Braziliyaning janubi-g’arbida, Hindiston, Pokiston, Gayana, Sharqiy Evropa, Afg’oniston, Eron, Avtraliyaning Janubi-g’arbida, Evropaning katta qismi, Shimoliy va Janubiy Amerika, Shimoliy Hindiston xalqlari, jami 2,5 mlrd. bo’lgan 150 mln. xalq so’zlashadi. 1. Hind-Evropa oilasi. 2. Afrosiyo oilasi. 3. Kartvel oilasi. 4. Dravid oilasi. 5. Ural-Yukagir oilasi. 6. Eskimos – Alvut oilasi. 7. Oltoy oilasi. 8. Nivxlar oilasi. 9. Chukotka – Kamchatka oilasi. 10. Niger – Nardofan oilasi. 11. Nil-Sahroi Kabir oilasi. 12. Koison oilasi. 13. Basklar oilasi. 14. Burishlar oilasi 15.jepano karib oliasi 16. Xettlar oilasiga Rossiyaning shimoliyadagi xalqlar kiradi. 17. Santibet oilasi. 18. Avstro-osiyo oilasi (Vetnam, Kombadja hudularida). 19. Haratay oilasiga Laos, Tailand, Vetnam davlatining shimoli, qisman Myanma davlatlarida yashovchi xalqlar kiradi. 20. Mayya-Yava oilasi – Laosning shimoliy qismi, qisman Xitoyda, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo, Tibet, Laos, Birma xalqlari. 21. Avtsroneziya oilasi. 22. Papuas oilasi – Yangi Gvineya, Timor orollari hududlaridagi xalqlar. 23. Avtraliya oilasi – Avstraliya markazidagi xalqlar. 24. Nadene oilasi (Kanada, AQSh davlatlari). 25. Shimoliy Amerika oilasi – Kanada. Meksikaning sharq iva Gvatemaladagi xaqlar. 26. Markaziy Amerika oilasi (Meksika, AQSh). 27. Chibchapaes oilasi (Panama, Gonduras, Gayana). 28. And oilasi (Chili). 29. Ekvatorial Tukanaon oilasi – Bariziliya, Boliviya, Kolumbiyaning janubi, Paragvay, Argentinaning shimolidagi xalqlar. Yirik xalqlar – Er yuzidagi soni 100 mln dan oshgan xalqlar. Til oilalari – etnik jihatdan kelib chiqishi bir bo’lgan tillarni birlashtiruvchi tushuncha. Jahon tillari – Dunyo xalqlari tomonidan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda keng ishlatiladigan tillar. Davlat tili – muayyan davlatning barcha siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar uchun qabul qilgan rasmiy tili. Diniy tarkib – aholi o’rtasidagi kishilarning diniy e’tiqodga mansubligini ifodalovchi miqdor. Jahon dinlari – Er yuzida geografik jihatdan keng tarqalgan va ko’pchilik aholi e’tiqod qiluvchi dinlar. Milliy dinlar – muayyan davlatda istiqomat qiluvchi xalqning tarixiy rivojlanishi davomida shakllangan din. Mazhablar – muayyan din tarkibida turli siyosiy, ijtimoiy maqsadlarda vujudga keluvchi oqim. Ayrim mamlakatlar va dunyo aholisining milliy tarkibini aniqlash murakkab ishdir. Bu ishning murakkabligi shundaki, xalqlarning ro’yxatini tuzishda turli davlatlar hududida yashovchi xalqlarning qaysi kategoriyaga tegishli, ya’ni alohida millatmi yoki biror millatning tarkibiga kiruvchi guruhmi ekanligini aniqlash zaruriyati tug’iladi. Turli etnografik guruhlar o’z yashash tarzi, urf-odatlari bilan biror millatga o’xshamagni holda tili hududdagi biror millatga o’xshash bo’lishi mumkin. Dunyo xalqlari haqida aniq tasavvur faqat dunyo mamlakatlarida aholi ro’yxatlari o’tkazilganidan so’ng hosil bo’ladi. Milliy tarkibni aniqlashda turli davlatlarda millat yoki, xalq tushunchalari o’rtasidagi tafovutdir. Masalan ingliz, frantsuz va ispan terminologiyasida “millat” tushunchasi “davlat” tushunchasi bilan bir xil talqin qilinadi, “millatga tegishlilik” tushunchasi esa “fuqarolik” tushunchasi bilan bir xildir. XX asrning ikkinchi yarmigacha Evropa davlatlari tomonidan mustamlaka qilingan bir qancha Osiyo va Afrika mamlakatlarida turli qabilalarning birlashuv jarayoni to’xtab qolgan edi. Ayni vaqtda mustaqil davlatlarda milliy birlashuv – etnik integratsiya jarayoni jadal kechmoqda. Xalqlarning rivojlanishi tarixiy – ijtimoiy hodisadir. Har bir xalq (etnos) o’z shakllanish tarixida bir qancha bosqichlarni bosib o’tgan. Etnik jarayonlar turli xalqlarning tarixida alohida o’rin egallaydi. Masalan: o’zbek millatining shakllanishi tarixini ayni bir davrdan boshlab bo’lmaydi, chunki hozirgi O’zbekiston hududida ming yillar davomida til, turmush tarzi, urf-odati va hatto dini jihatidan farq qiluvchi etnoslar va qabilalarning assimilyatsiya jarayoni kechgan. Turli bosqinchilik urushlari bu jarayonni tezlashtirdi va rang-baranglik baxsh etdi. 2002 yil aholi ro’yxati ma’lumotiga ko’ra Rossiya aholisi 145 mln kishi ekanligi aniqlangan. Bu jarayonda qadimgi davrda saklar, massagetlar, sug’dlar, yunon-makedoniyaliklar, Eron xalqlari, o’rta asrlarda qoraxitoylar, arablar, qipchoqlar, mo’g’ullar faol qatnashganlar . Hozirgi paytda dunyoda 3-4 ming turli etnoslar mavjud bo’lib, ularga mansub kishilar soni bir necha o’ntadan yuz milliongacha boradi. Ayni vaqtda soni 100 mlndan ko’p bo’lgan 10 ta xalqni ajratib ko’rsatish mumkin. Ular Er yuziaholisining 50% ini tashkil etadi.Til millatlarning farqini bildiruvchi asosiy omildir. Dunyo xalqlarida tilning shakllanishi tabiiy-geografik sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar kabi omillar ta’sirida kechadi. Kishilik jamiyatining birlamchi so’zlashuv tili qabilalar shakllangan davrlarda rivojlana boshlagan. Bunday til lug’ati juda kambag’al, grammatik jihatdan tizimlashmagan bo’lgan. Ibtidoiy qabilalarning hududiy ajralishi va dunyo bo’ylab tarqalishi yangi tillarning paydo bo’lishi va rivojlanishini kuchaytirdi. Tilning shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi geografik – tabiiy sharoit omili haqida juda qiziqarli fikrlar bildirilgan. Masalan shimol xalqlarining undosh tovushlarni juft talaffuz qilishini iqlimning sovuqligi bilan izohlaydilar. Xalqlarning iqtisodiy ijtimoiy taraqqiyoti turli omillar ta’sirida xar-xil kechganligi tillarning rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatgan. Shuning uchun bugungi kunda dunyoda bir necha o’nlab kishilar so’zlashuvchi, yozuvsiz qabila tillari ham, bir necha millatlarga tegishli millionlab kishilar foydalanadigan, boy adabiyotga ega jahon tillari ham mavjud. Ayni vaqtda dunyoda mavjud tillarning soni 3 ming atrofida deb hisoblanadi. Ammo ularning aniq miqdorini ko’rsatish mumkin emas, chunki juda ko’plab xalqlarning tillari to’liq o’rganib chiqilmagan va ularning qaysi til guruhiga mansubligi aniqlanmagan. Bunda til va lahja tushunchalarinig ba’zan chalkashish holatlari ham ko’p uchraydi. Shunga qaramay dunyodagi tillarning klassifikatsiyasi birmuncha o’rganib chiqilgan, aytish mumkinki, dunyoda keng ishlatiladigan, shuningdek muayyan millatlar tillarining kelib chiqishi, mansublik holati aniqlangan. Shunga ko’ra dunyo aholisining milliy tarkibi xalqlarning qaysi til oilalari va til guruhlariga tegishli ekanligi bilan ifodalanadi . Ma'daniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada „madaniyat“ atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi. Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. „Madaniyat.“ tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik M.), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek M.i), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat Madaniyati, badiiy M., turmush M.i)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda „Madaniyat“ atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. „Madaniyat“ arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik — koʻchmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik — shaharda oʻtroq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega boʻlgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan. Oʻrta asr madaniyatining buyuk namoyandalari Abu Ali ibn Sino, Beruniy va boshqa shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Masalan, Forobiy fikricha, har bir inson oʻz tabiatiga koʻra, „oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi“, bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina erishiladi. Uning taʼkidlashicha, „madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday boʻladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-xunarda ozod, hamma babbaravardir, kishilar oʻrtasida farq boʻlmaydi, har kim oʻzi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shugʻullanadi. Odamlar chin maʼnosi bilan ozod yashaydilar“. Alisher Navoiy yetuk axloq, maʼrifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini qayd etish bilan birga, maʼnaviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni deb insonparvarlik gʻoyalariga muvofiqlikni tushundi.19-asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan demokratikmaʼrifatparvarlik harakatining namoyandalari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Ahmad Donish, Avaz Oʻtar, Komil Xorazmiy va boshqa xalqni M.li qilishning omili ilmmaʼrifatni egallashda deb bildilar. Ular oʻrta asr jaholatiga qarshi xalq oʻrtasida ilmmaorif va M.ni zoʻr ehtiros bilan targʻib qildilar. Mas, Furqat fikricha, ilmfan bir mashʼ-al boʻlib, insoniyatning baxt-saodat yoʻlini yoritib turishi kerak. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakati namoyandalari, Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy va boshqa oʻzlarining maʼrifatparvarlik ishlari bilan Madaniyat. rivojiga muhim hissa qoʻshdilar. Ular turli gaz. va jur.lar chiqardilar, nashriyot va bosmaxonalar tashkil etdilar, kutubxonalar, teatrlar, yangicha maktablar ochdilar, oʻtmish madaniyatimizni, tariximizni targʻib qildilar, dunyoviy bilimlarni chuqur egallashga daʼvat etdilar. Maʼrifatchilikning keng quloch yoyishi samarasi oʻlaroq, xalqning umummadaniyati yuksala bordi. Yevropada „Madaniyat.“ deyilganda dastlab insonning tabiatga koʻrsatadigan maqsadga muvofiq taʼsiri, shuningdek, insonga taʼlimtarbiya berish tushunilgan (lot. cultura — yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi „kultura“ soʻzi ham shundan olingan). Madaniyat. faqat mavjud norma va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini ragʻbatlantirishni ham oʻz ichiga olgan. Madaniyatga bunday ikki yoqlama yondashuv har qanday jamiyatga xos (mas, Qad. Xitoyda jen, Hindistonda dharma). Ellinlar „madaniyatsiz“ varvarlardan oʻzlarining asosiy farqini „paydey“, yaʼni „tarbiyalanganlik“da deb bilganlar. Qad. Rimning soʻnggi davrlarida „Madaniyat.“ tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmunlar bilan ham boyigan va oʻrta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan sivilizatsiya tushunchasiga yaqin turadi. Yevropada Maʼrifatchilik davrida Madaniyat. va sivilizatsiyaning „tanqidi“ vujudga keldi (J.J.Russo). Bunda „madaniy“ millatlarning buzilganligi va axloqiy tubanlashganligiga taraqqiyotning patriarxal bosqichida boʻlgan xalqlar axloqining soddaligi va sofligi qarshi qoʻyildi. Nemis faylasuflari bu ziddiyatli holatdan chiqishning yoʻlini „ruh“ doirasidan, axloqiy (I. Kant), estetik (F. Shiller, romantiklar) yoki falsafiy (G. Gegel) ong doirasidan qidirdilar. Ular bu ong sohalarini haqiqiy M. va inson taraqqiyotining omillari deb bildilar. 19-asr oxiridan boshlab „lokal sivilizatsiya“ (O. Shpengler) degan qarash yuzaga keldi. Bu gʻoya sivilizatsiyani muayyan jamiyat taraqqiyotining soʻnggi bosqichi sifatida olib qaradi. Fan-texnika taraqqiy topgan sharo-itda koʻpgina sotsiologlar va madaniyatshunoslar Madaniyat.ning yagona gʻoyasini izchil amalga oshirish mumkin emas, degan qoidani ilgari surdilar. Bu politsentrizm, Gʻarb bilan Sharqning azaldan qarama-qarshiligi va ijtimoiy taraqqiyotning boshqa umumiy qonuniyatlarini inkor etuvchi nazariyalarida oʻz ifodasini topdi. Madaniyat.ning ilmiy, tarixiy konsepsiyalariga qarama-qarshi oʻlaroq, marksistik nazariya ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining oʻzaro munosabati haqidagi qoidalardan kelib chiqib, antagonistik jamiyatlarda Madaniyat.ning sinfiy harakteri haqidagi qoidalarni ilgari surdi. Antagonistik formatsiyalarda har bir milliy.Madaniyat .da ikki borligi haqidagi lenincha qarash „hukmron ekspluatatorlik“Madaniyat iga „progressiv demokratik“ va „sotsialistik“ elementlarini qarama-qarshi qoʻydi. Ana shu qoidadan kelib chiqib, mustabid sovet tuzumi davrida amalga oshirilgan „madaniy inqilob“ natijasida koʻpgina xalqlar Madaniyatning ajoyib durdonalari yoʻq qilinib, madaniy merosning milliy ildizlari barbod etildi. Madaniyat umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning oʻzigina yaratgan madaniyat sof boʻlmaydi va boʻlishi ham mumkin emas. Har bir milliy Madaniyat.ning asosiy qismini shu millat oʻzi yaratgan boʻlsada, unda ja-hon xalqlari yaratgan umuminsoniy Madaniyat..ning ulushi va taʼsiri boʻladi, albatta. Madaniyat. hech qachon sinfiy hodisa boʻla olmaydi. U barchaga baravar xizmat qiladi. Mas, sanʼat va adabiyot durdonalari, meʼmorlik obidalari, maqomlar, fan yutuqlari va boshqa barchaga tegishlidir. Madaniyat kishilar faoliyatining faqat moddiy natijalari (mashinalar, texnik inshootlar, sanʼat asarlari, huquq, axloq normalari va h.k.)ni emas, shu bilan birga, kishilarning mehnat jarayonida voqe boʻladigan subyektiv kuch-quvvatlari va qobiliyatlari (bilim va koʻnikmalari, ishlab chiqarish va professional malakalari, intellektual, estetik va axloqiy kamoloti, dunyoqarashi, ularning jamoa va jamiyat doirasidagi oʻzaro muomalalari)ni ham oʻz ichiga oladi. Madaniyatning 2 asosiy turi — moddiy va maʼnaviy ishlab chiqarishga qarab M.moddiy va maʼnaviy M.ga boʻlinadi. Moddiy M. moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va boshqalar)ni oʻz ichiga oladi. Maʼnaviy madaniyatga ong, maʼnaviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, taʼlimtarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan, sanʼat, adabiyot, mifologiya, din va boshqalar). Har bir jamiyat oʻz Madaniyat. tipiga ega. Jamiyatlarning almashinishi bilan Madaniyat. tipi ham oʻzgaradi, biroq bu hol Madaniyat. taraqqiyoti uzilib qolganini, eski Madaniyat. yoʻq boʻlib madaniy meros, oʻtmish qadriyatlardan voz kechilganini anglatmaydi. Zotan, har bir yangi jamiyat oʻzidan ilgarigi jamiyatning madaniy yutuklarini zaruriy ravishda meros qilib oladi va ularni ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga kiritadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida boʻlganidek, Madaniyat. sohasida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi. Shaklan ham, mazmunan ham Madaniyat.ning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanishga utishi milliy Madaniyat ga sinfiy yondashishdan, uni sunʼiy tarzda „yagona umummadaniyat“ga aylanishdan saqlab qoldi. Shuni ham taʼkidlash lozimki, mustaqillikkacha boʻlgan soʻnggi yetmish yil davomida Madaniyat hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida Gʻarb Madaniyat .iga taqlid ruhida rivojlandi. Ikkinchidan, milliy Madaniya ning boy oʻtmishi bir yoklama oʻrganilib, uning koʻpgina bebaho durdonalaridan xalqimiz bebahra boʻlib keldi. Oʻzbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatni yangilash sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda Madaniya ni yuksaltirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Xalqimizning maʼnaviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urfodatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. „Davlat tili toʻgʻrisida“gi (1989-yil 21 okt.) qonun, „Kadrlar tayyorlash milliy da-sturi“ (1997-yil 29-avgust)ning qabul qilinishi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi (1997-yil), Oʻzbekiston davlat kon-servatoriyasi (2002-yil), Oʻzbek milliy akademik drama teatri (2002-yil), estrada musiqasini rivojlantirish toʻgʻrisidagi va boshqa bir qancha qaror va farmonlarning qabul qilinishi, bir qancha mutafakkir va allomalarimizning muqaddas nomlari tiklanib, yubileylari xalqaro miqyosda keng ni-shonlanayotgani davlatimiz tomonidan Madaniya ni rivojlantirishga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikning amaliy ifodasidir. 1. Ruslar
5 Lo'lilar Genetik va lingvistik tadqiqot natijalarga ko'ra, 1000 ta lo'li ajdodlari Hindiston hududini tark etgan. Hozir butun dunyo bo'yicha 10 million lo'li qayd etilgan. O'rta asrlarda Yevropada lo'lilarni misrliklar deb o'ylashgan. Gitanes so'zining o'zi misrlik tomonidan o'ylab topilgan. Misr xudosi Tot ma'budining oxirgi qoldig'i hisoblangan Tapo xaritalari Yevropaga aynan lo'lilar orqali yetib kelgan. Ularni bekorga "fir'avn qabilasi" deb atashmaydi. Yevropaliklarni hayratga solgan yana bir narsa shuki, lo'lilar o'lganlarni mo'miyolashgan va o'limdan keyingi hayot uchun kerakli narsalar bilan birga sag'anaga dafn qilishgan. Bu dafn odatlari ular orasida hozir ham saqlanib qolgan 6.Yahudiylar Yahudiylar - hozirgi yashab kelayotgan xalqlar ichida eng sirlilaridan biri hisoblanadi. Ko'p vaqt davomida "yahudiy" so'zi etnik emas, madaniyatga oid tushuncha deb hisoblangan. Fanda hali hamon keskin munozaralarga sabab bo'layotgan narsa: qadimdan yahudiylar o'zlarini alohida xalq, ijtimoiy qatlam yoki diniy vakil deb hisoblab keladi 7. Guanchlar Guanchlar - Tenerife hududida tug'ilgan shaxslar. Ular qanday qilib Kanar oroliga tushib qolgani noma'lum, chunki ular flotga va dengizida suzish bilimlariga ega bo'lmagan. Liar yashagan kengliklarga antopologik jihatdan to'g'ri kelmagan. Bundan tashqari Tenerife orolidagi mayya piramidalari, Meksikadagi azteklarga o'xshash to'tburchak piramidalar ham baxslarga sabab bo'lgan. Piramidalarning qurilish vaqti va maqsadi haqida hech qanday ma'lumotlar yo'q 8.Hazarlar Hazarlar haqida qo'shni xalqlar ko'p yozgan, lekin ular o'zlari haqida hech qanday ma'lumot qoldirmagan. Ular tarix sahnasida kutilmaganda paydo bo'lgan, keyin esa shu tarzda g'oyib bo'lishgan. Tarixchilarda Xazariya va uning aholisi qaysi tilda gaplashgani haqidagi arxeologik ma'lumotlar yo'q. Natijada ularning qayerga yo'qolib ketgani ham noma'lum. Taxminlar ko'p. Lekin aniq emas. 9. Sarmatlar Sarmatlar - jahon tarixidagi eng sirli xalqlardan biri hisoblanadi. Gerodot ularni "kaltakesakboshlilar" deb atagan, Lomonosov slavyanlarning sarmatlardan kelib chiqqanini aytgan, polshalik shlyaxtalar esa o'zlarini ularning avlodlari deb hisoblagan. Sarmatlar bir qator sirlar qoldirgan. Ularda matriarxat bo'lgani taxmin qilinadi. Ba'zi olimlar sarmatlar rus kokoshniklari ildizidanligini aytib o'tgan. Sarmatlar orasida bosh miyani sun'iy deformatsiyalash odati bo'lgan, bu orqali odamning boshi cho'zilgan tuxum shakliga ega bo'lgan. 10.Kalashlar Kalashlar - Pokiston shimolidagi Hindiqush tog'ida yashovchi kam sonli xalq hisoblanadi. Ular Osiyodagi eng mashhur "oq" xalq sanaladi. Ularning kelib chiqishi haqidagi muzokaralar bugungi kunda ham davom etmoqda. Kalashlar o'zlarini Makedonskiy avlodlari deb hisoblaydi. Kalash tili fonologik atipik bo'lib, sanskritning asosiy tarkibini saqlab qolgan. Islomlashtirish harakatiga qaramasdan, ko'p kalashlar ko'p xudolikka amal qiladi. 11.Filistlar "Falastin" zamonaviy nomi "Filistiya"so'zidan kelib chiqqan. Filistlar Bibliyada tilga olingan xalqlar ichida eng sirlilaridan biri sanaladi. Yaqin Sharqda faqat xettlar va kalashlargina po'lat ishlab chiqarish texnologiyasiga ega bo'lishgan, temir asr boshlanishining sharofati bilan. Bibliyada kalashlarning Kaftor (Krit) orolidan kelib chiqqani yozilgan, lekin ba'zi olimlar filistlarni pelasglar bilan bog'laydi. Krit filistlari manbalarida misr qo'lyozmalari va arxeologik topilmalar ham bor. Filistlarning qayerga g'oyib bo'lgani hali ham noaniq. Ularning Sharqiy O'rta Yer Dengizi xalqlari bilan qo'shilib ketgani taxmin qilinadi. 12. Xettlar Xettlar davlati Qadimgi dunyo geopolitik xaritasida nufuzli kuchga ega bo'lgan. Bu yerda birinchi konstitutsiya paydo bo'lgan, ular jang aravalaridan birinchilardan bo'lib foydalanishgan, ular ikki boshli burgutga sig'inishgan. Lekin baribir xettlar haqidagi ma'lumotlar yetarli emas. Qirollarning "mardona ishlar jadvali" kitobida "keyingi yilga" degan eslatmalari ko'p uchraydi, ammo hisobot yili no'malum. Xettlar davlatining xronologiyasi bizga unga qo'shnI xalqlar manbali orqali tanish. Bir savol javobsizligicha qolmoqda: xettlar qayerga yo'qolgan? Iogann Leman o'zining "Xettlar. Ming xudo xalqi" nomli kitobida xettlarning shimolga ketgani va u yerda nemis qabilalari bilan qo'shilib ketganini yozadi. Lekin bu bir taxminiy fikr xolos. 13.Shumerlar Shumerlar - eng qiziq va ilgarigidey Qadimgi dunyoning eng sirli xalqlaridan biri hisoblanadi. Biz ularning qayerdan paydo bo'lgani yoki ularning so'zlashuv tili qaysi til oilasiga mansub ekanligini bilmaymiz. Ko'p manbalarga ko'ra, u ohangli (xuddi zamonaviy xitoy tili kabi) bo'lgan, demak aytilgan so'zning ma'nosi uning intonatsiyasiga bog'liq bo'lgan. Shumerlar o'z davrining eng ilg'or xalqlaridan bo'lganlar, ular butun Yaqin Sharqda birinchi bo'lib g'ildirakdan foydalanishgan, irrigatsion tizimni yaratishgan, ajoyib alifbo tuzishgan, matematika va astronomiya sohasidagi bilimlari hozirgacha ko'pchilikni hayratga solib kelmoqda. 14.Etrusklar Qadimgi etrusk xalqi insoniyat tarixiga to'datdan kirib kelgan va kutilmagan holda undan yo'qolib ketgan. Arxeologlarning fikriga ko'ra, etrusklar Apennin yarimorolining shimoli-g'arbiga joylashgan va u yerda rivojlangan sivilizatsiya yaratishgan. Aynan etrusklar Italiya hududidagi birinchi shaharlarga asos solganlar. Bundan tashqari tarixchilar rim raqamlarini etrusk raqamlari deb atash mumkinligini aytadi. Etrusklarning qayerga yo'qolib ketgani noma'lum. Ba'zi fikrlarga ko'ra, ular sharqqa joylashgan va u yerda slavyan etnosining ota-bobolariga aylangan. Ba'zi olimlarning fikriga ko'ra, etrusk tili qaysidir jihatlari bilan slavyan tiliga juda yaqin. Download 41.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling