3. Falsafada haqiqat muammosi Falsafada metod va metodologiya
Download 93.95 Kb.
|
Bilish nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ratsionalizm
Tasavvur hissiy bilishning yuqori bosqichi bo’lib, inson amaliy faoliyati natijasida maqsadga muvofiq ravishda hosil bo’ladi. Tasavvurning ilmiy, badiiy, diniy shakllari mavjud. Olimning tasavvuri orqali fahmlash, ilmiy tajriba, modelning shakllanishi uchun g’oya vujudga keladi, bu esa bilish uchun yordam beradi. Tasavvur ayniqsa badiiy ijodda katta ahamiyatga ega.
Haqiqatni dalil bilan isbotlamasdan turib, to’g’ridan-to’g’ri, bevosita bilib, anglab olish qobiliyatini qadimgi faylasuflar intuitsiya (hissiy bilish) deb qaraganlar. XVII asr faylasuflari intuitsiyaning o’zigina ishonchli bilim bermaydi, faqat intellektual intuitsiyagina haqiqiy bilim beradi, deb hisoblaganlar. Hozirgi zamon faylasuflari (Bergson, Freyd) intuitsiyani butun ijodiy faoliyatni belgilovchi yashirin, qorong’i, ongsiz boshlang’ich ijod deb qaraydilar. Bunday qarash, esa narsa va hodisalar mohiyatini bilish mumkin emas deyishga olib keladi. Intuitsiya bilishning alohida bosqichi emas, balki jonli mushohada va mavhum tafakkur bilan uzviy bog’langan, yordamchi rol o’ynaydigan shaklidir. Dunyoni tajriba va tafakkurga tayanmasdan, faqat intuitsiya yordamida bilish mumkin deb da’vo qiluvchi falsafiy oqim — intuitivizm bo’lib, uning tarafdorlari intuitsiyani ongning ijtimoiy amaliyot va tafakkurga aloqasi bo’lmagan alohida xususiyati deb tushuntirishga urinadilar. Dialektika esa bilish jarayonida, ya’ni bilimlarning vujudga kelishida, intuitsiya ahamiyatga ega deb ta’lim beradi. Hissiy bilish bilan mantiqiy bilishni ajratib bo’lmaydi va bunday ajratish muqarrar ravishda bilish jarayonini noto’g’ri tushunishga olib ketadi. Empirizm (yunoncha «empeiria» — tajriba so’zidan) namoyandalari bilishdagi abstrakt tafakkurning roliga yetarli baho bermaydilar va hissiy tajribagina insonga dunyoning chinakam manzarasini yaratib beradi, deb hisoblaydilar. Ratsionalizm (lotincha «rationalis, ratio» — aql so’zidan) namoyandalari sezgi a’zolariga ishonmaydilar va aqlni, abstrakt tafakkurni haqiqiy bilimning birdan-bir manbai deb biladilar. Modomiki, hissiy bilish bilan mantiqiy bilish birlikda maydonga chiqar hamda bir-birini to’ldirar va boyitar ekan, bilishda sezgilar beradigan ma’lumotlarga ham, aqliy xulosalarga ham mensimaslik bilan qarash mumkin emas. Sezgi organlarimiz orqali biz narsalarning xossasini, xususiyatlarini his qilamiz, aqliy bilish tufayli biz ularning moddiy asosini, mohiyatini; bilishga muyassar bo’lamiz. «Bilki, - deb yozadi, - Abu Nasr Forobiy, (olamda) substantsiya (javhar) va aktsidentsiya (javhar bo’lmagan, oraz) hamda substantsiya, aktsidentsiyani yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo’kdir». Aktsidentsiyani besh sezgi his etadi, ular o’rtasida hech qanday vosita yo’qdir, masalan, ko’rish o’zicha rangni his etadi, shu bilan u oq va qorani birbiridan farq qiladi; eshitish o’zicha baland hamda past ovozlarning farqini sezadi; ta’m-maza sezgisi turli ta’mlarni qabul qiladi, shirin va achchiq ta’mlarning farqini ajratadi; teri sezgisi predmetlarning holatini sezadi va ularning yumshoq yoki qattiqlik holatini farq qila oladi. Substantsiyani faqat aql qabul qiladi va bunda aktsidentsiya aql uchun vosita bo’lib xizmat qiladi. Aql ranglar ostida shu rangga ega bo’lgan narsa borlig’ini, ovoz ketida ovozi kelayotgan narsa mavjudligini biladi, aqlning boshqa sezgilar bilan munosabati ham shuning kabidir»1. Ibn Sinoning fikricha, «Aql tarozisida o’lchanmagan har qanday bilim chin bo’lolmaydi, demak u haqiqiy bilim emas». Hissiy va aqliy bilish jarayonining dialektik birligi haqiqatga erishishning yakkayu — yagona yo’lidir. Download 93.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling