Mavzu: Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish
Reja
1. Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari. Darsdan tashqari mashg’ulotlar tasshkil etishni rejalashtirish
2. Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish
3. Guruhlarni shakllantirish
4. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi
Foydalanilgan adabiyotlar
Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari - bu o'qituvchi tomonidan maktab o'quvchilarining darsdan tashqari vaqtlarda turli faoliyatlarni tashkillashtirish orqali bola shaxsini ijtimoiylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Uning asosiy maqsadi - informatikadan o‘quvchilarning olgan bilim va ko'nikmalardagi bo'shliqlarni o'z vaqtida bilib olish to‘g‘rilash, ta’lim sifati va szmaradorligiga erishishdir
So'nggi yillarda informatika sohasida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari, hususan, multimedia, gipermatn, Internet, bulutli texnologiya kabi yangi yo'nalishlarning paydo bo'lishi o’quvchilarda informatika bilimlariga bo'lgan qiziqishni yanada orttirdi.
Informatika o’qituvchishi informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni individual, kichik guruhlarda, butun sinf bilan o’tkazishi mumkin.
Darsdan tashqari mashg’ulotlarning turlari.
Darsdan tashqari mashg’ulotlar tashkil etishni rejalashtirish. Informatika fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtirish o‘qituvchining ish dasturida, shaxsiy ish rejalaridan o‘rin olgan bo‘lib, u dars qoldiradigan, o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, motivatsiya berishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |