3. Guruhlarni shakllantirish Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi Foydalanilgan adabiyotlar Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari


Soha fidoiylari bilan uchrashuvni loyihalashtirish


Download 36.92 Kb.
bet7/8
Sana28.12.2022
Hajmi36.92 Kb.
#1022861
TuriВикторина
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jovliyev

Soha fidoiylari bilan uchrashuvni loyihalashtirish. Informatika o‘qituvchisi o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtirishi uchun darsdan tashqari tadbirlarda soha fidoyilari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlarni tashkil etish lozim. Informatika o‘qituvchisi soha fidoyilari bilan uchrashuvni loyihalashtirishi uchun quyidagicha ish yuritadi:
Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi. O‘quvchilarning uchrashishi lozim bo‘lgan informatika sohasi mehnat faxriysi, fidoiylarini aniqlaydi: Ismi sharifi, turar joyi, qayerda yashashi, sog‘-salomatligi, uchrashuv joyini (ta’lim muassasasidami yoki soha faxriysi uyidami), qaysi vaqtda uchrashuv belgilanishi va h.k.
Loyihani tayyorlash (konstruktorlik) bosqichi. Uchrashuvga nom tanlaydi. Nom tanlashda chiroyli jarangdor fikr-mulohazalar (Kasbim-faxrim, fidoyingmiz ona
Vatan)dan, maqollardan foydalanishi mumkin. “Mehnat insonni ulug‘laydi”, “Mehnatning noni shirin”, “Mehnating qiyin bo‘lsa, yeganing shirin bo‘lar”, “Mehnat baxt keltirar” va h.k.
Soha fidoiysi bilan uchrashuvning taklifnomasi va e’lonini tayyorlaydi, tarqatadi, e’lonni e’lonlar doskasiga osadi. O‘quvchilarni uchrashuvga tayyorlaydi: Guruh bo‘lib chiroyli guldasta, biror esdalik sovg‘asi olinadi. O‘quvchilar tomonidan maqollar, she’r aytish, mehnat fidoiysiga beriladigan savollar tayyorlanadi. Masalan

  • nega siz shu kasbni tanlagansiz?

  • kasbingizning ijobiy tomonlari nimada bo‘lgan?

  • ish jarayonida biror qiziqarli voqea sodir bo‘lganmi?

  • siz boshqatdan tug‘ilib qolsangiz yana shu kasbni tanlarmidingiz?

  • farzandlaringiz, nabiralaringizdan kasbingiz davomchilari bormi?

  • biz yoshlarga qanday tilaklaringiz bor va hokazo.

Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi. Bu bosqichda uchrashuv o‘tkazilish jarayoni amalga oshiriladi. Uchrashuvning namunaviy loyihasi quyidagicha bo‘lishi mumkin. Soha fidoiysi, mehnat faxriysi bilan uchrashuv loyihasi
Soha fidoiylari bilan uchrashuv natijasida o‘quvchilarda quyidagi xususiyatlar shakllanadi:

  • informatika fani sirlarini o‘rganishga qiziqish;

  • she’r, maqollar yodlab, xotirani mustaqkamlash;

  • nutqni rivojlantirish;

  • savol berish, eshitish madaniyati shakllanadi;

  • yoshi ulug‘larni hurmatlash va hokazo.


Download 36.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling