Informatika fani oyligida Viktorina tashkil etish. Viktorina – bu birori bilim sohalarining og'zaki yoki yozma savollariga javoblar topishdan iborat o'yili jarayon. Viktorinalar qisqa ko‘rinishidan dars jarayonida ham foydalaniladi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda esa savollar muammoliroq, murakkabroq va soni ham darsdagidan ko‘proq bo‘ladi Viktorina ni tashkil etish o‘qituvchi ijodkorligiga bog‘liq bo‘li, bir-biridan savolning turi va murakkabligi, g'oliblarni aniqlash tartibi va to'g'ri javob uchun beriladigan ballar, rag‘batlantirish usullari, oldindan belgilangan qoidalar bilan farq qiladi.
Informatikadan “Viktorina”ni loyihalashtirish.
1.O‘qituvchi viktorina o‘tkaziladigan guruhlarni aniqlaydi.
2.Viktorina savollarini tuzadi va viktorina o‘tkaziladigan kunni, qanday mavzular asosida o‘tkazilishini oldindan e’lon qiladi.
3.E’lon qilingan kuni darsdan keyin o‘qituvchi va o‘quvchilar viktorinada savol-javobga qatnashadigan guruh va tomoshabin o‘quvchilar yig‘iladi
4. Tomoshabinlardan baholovchi ekspertlar tanlanadi.
5. Ikki guruh (ikki parallel sinf)o‘rtasida viktorina savollari ketma-ket beriladi.
6.Ekspertlar tomonidan ballar qo‘yilib, faol guruh aniqlanadi.
7.Qatnashuvchilar ”Eng faol o‘quvchi”, “Eng faol guruh”, “eng tezkor o‘quvchi” kabi nomlar bilan rag‘batlantiriladi.
Rag‘batlantirish maktab ma’muriyati, tadbirkorlar, otaliq tashkilotlar, faol ota-onalar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, qiziqarli kitoblar, ruchkalar, o‘quv qurollari va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi ham mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni//Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori – T.: Sharq, 1997. -B. 20-29.
“Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 343-son 16.08.2001. http://www.lex.uz/docs/361387
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda)
Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. - 56 b.
Abduqodirov A.A., Pardayev A. Ta’lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish uslubiyoti. –T:, “Tafakkur”. 2014. -366 bet
Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti.-T.: Fan -2009. -145 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |