Asosiy (tezkor) xotira – protsessor bevosita kirish imkoniga ega bo’lgan xotiraning eng katta qismi. Bizka ma’lumki, asosiy xotirada saqlanayotgan ma’lumotlar tizimning qayta yuklanishida yoki kompyuterning o’chirilishi natijasida saqlanib qolmaydi. Tashqi (ikkilamchi) xotira – asosiy xotiraning kengaytirilgan ko’rinishi bo’lib, bu qurilma katta hajmdagi ma’lumotlarni turg’un holatda saqlab qoluvchi qurilma hisoblanadi. Tashqi – ikkilamchi xotira sifatida odatda qattiq disklar (hard disks) qo’llaniladi. Fizik jihatdan bu qurilmalar metal yoki shishadan yasalgan qattiq plastinka bo’lib, ma’lumotlarni yozish uchun magnitli qatlamdan iborat bo’ladi. Disk yuzasi mantiqiy jihatdan yo’lakchalarga (tracks), yo’lakchalar esa o’z navbatida sektorlarga bo’linadi. Disk kontrolleri, qurilma va kompyuter o’rtasidagi munosabat mantig’ini aniqlab beradi. silindr – bu turli magnit disklarda bir xil raqamlangan, vertikal ustma-ust joylashgan sektorlar guruhi hisoblanadi. 1. Stol kompyuteri yoki portativ kompyuterlarning asosiy komponent (modul)larini sanab chiqing. 2. Tizimli shina nima va uning kompyuter tizimidagi vazifasi nimadan iborat? 3. Kontroller nima? 4. Kompyuter tizimi portlarining asosiy turlarini izohlab bering. 5. Kiritish-chiqarish amallarida xotiraning qanday maydonidan foydalaniladi? 6. Qurilma kontrolleri protsessorga qanday qilib kiritish-chiqarish jarayoni tugaganligi to'g'risida xabar beradi? 7. Uzilishlarni qayta ishlash qanday tashkil etiladi? 8. Uzilish vektori nima? 9. Tizim uzilishni qayta ishlash paytida boshqa uzilish yuzaga kelganda vaziyat qanday boshqariladi? 10. Dasturlanadigan uzilish (tuzoq) nima va u qachon paydo bo’ladi? 11. Taymer bo’yicha uzilish nima uchun mo’ljallangan? 12. Qurilma so’rovi nima va uning tizimdagi vazifasi nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |