3-hafta nazariy slaydlari


Xotira qurilmalari ierarxiyasi


Download 1.94 Mb.
bet7/11
Sana23.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1392325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-6-Ma\'ruza. OT-03 Arxitektura

Xotira qurilmalari ierarxiyasi

Tizimning xotirasi tezkorligi, qiymati va ma’lumotlarni saqlab qolishi (turg’unligi) bo’yicha ierarxik tashkil etilgan. Ixtiyoriy ko’rinishdagi xotira bilan ishlashni optimallashtirish uchun tezroq ishlaydigan xotira tizimida joylashgan va sekin ishlaydigan xotiraning ko’p ishlatiladigan elementlarini saqlab turuvchi assotsiativ xotira (kesh – cache) qo’llaniladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda tezkor (asosiy) xotirani tashqi xotira qurilmalari uchun kesh-xotira sifatida qarash mumkin. Kesh-xotira – bu, (manzil, qiymat) juftliklarining assotsiativ ro’yxati hisoblanadi, unda qurilma qidiruvi kalit sifatida manzillar bo’yicha amalga oshiriladi.

Xotira qurilmalari ierarxiyasi

Xotira qurilmalari ierarxiyasi

Xotira va protsessor uchun uskunani himoya qilish

Tizim resurslari (xotira, protsessor, tashqi qurilmalar)ning bir nechta dasturlar hamkorlikda foydalanishini ta’minlash maqsadida, foydalanuvchi dasturlarining noto’g’ri ishlatilishi natijasi uskunalar va operatsion tizimga ta’sir qilmasligi ta’minlanishi talab etiladi.

Buning uchun hech bo’lmaganda dasturlarning bajarilishining ikkita rejimi qo’llanilishi zarur bo’ladi – foydalanuvchilar dasturining bajarilishini ta’minlash uchun foydalanuvchi (imtiyozsiz) rejim (user mode) va operatsion tizim modullari uchun tizimli (imtiyozli, yadro rejimi - system mode, monitor mode).

Xotira va protsessor uchun uskunani himoya qilish

Uskunadagi buyruqlarni bajarilishining joriy rejimini aniqlash uchun rejim biti tizim rejimi uchun 0 ga, foydalanuvchi rejimi uchun 1 ga o'rnatiladi.

Uzilish yoki uskuna ishlamay qolganda avtomatik ravishda tizimli rejimga o’tadi. Ba’zi imtiyozga ega bo’lgan – tizim resurslari va holatini (masalan, protsessor holati registri) o’zgartiruvchi komandalar faqat tizimli rejimda bajarilishi kerak. Bu odatdagi foydalanuvchi komandalarining bajarilishi vaqtida tasodifiy holatlar yoki qasddan qilingan hujumlardan tizim resurslarining ishdan chiqish holatlarining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling