3. hayot faoliyati
Download 1.07 Mb.
|
3-bob
Baxtsiz hodisalarning sinflanish variantlari N=(T+Z+D)
3.4-jadval Endi xavf—inson uchun xavf-xatar omili va moddiy zarar manbasi sifatlarini kо‘rib o‘tamiz. Xavf so‘zi birmuncha ko‘proq ma’noni anglatadi. Masalan, qurilmalarda portlash va kuyish xavfi bor deyilganda asosan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulodda hodisa tushuniladi. U yerda xavf va uning kelib chiqishi mumkinligi sinonim sifatida shakllanadi. Boshqa qurilmalarda, masalan, «bosim ostidagi idish xavf tug‘diradi», «elektr tarmog‘ida qisqa tutashuv xavf tug‘diradi» shakllarida salbiy emotsiya shaklida qo‘rquvni vujudga keltiradi. Bu yerda «xavfni tashkil qiluvchilari» «qo‘rqinch chaqiruvchilari» sifatida shakllanadi. Agar, mabodo «mashina va mexanizmlaming harakatlanuvchi yoki aylanuvchi qismlari xavf tug‘diradi» deyilsa, bunda xavf umuman yaqqol namoyon bo‘lgandek bo‘ladi. Shuning uchun xavf tushunchalarini quyidagicha tarkibiy qismlarga bo‘lib qarash mumkin: Xavf — favqulodda hodisa-baxtsizlik bo‘lishi mumkinligi va favqulodda hodisalaming baxtsizlikka olib borish imkoniyati. Xavf manbasi - xavfli vaziyat qanday va qayerdan kelib chiqishi mumkinligini ta’kidlovchi holat. Zarar keltiruvchi omil— zararlovchi omilning namoyon bo'lishi. 57 Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling