3 I bob Bolalarni maktabga tayyorlashning nazariy asoslari
Download 161 Kb.
|
Maktab ta\'limiga tayyorlashda ta\'lim tarbiyaviy jarayonning o\'rni (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat faoliyatida
O'yin faoliyatida:O'yinlarda ijtimoiy hayotning ijobiy hodisalarini aks ettirish;O‘yinda kelishish;Syujetni hamkorlikda aniqlash;Rollarni haqgo'yiik bilan taqsimlash;O'yin tuzilishi mustaqil tayyorlash;Syujet mazmunini faol rivojlantirish;O'yinda bir-birini tushunishga erishish;Do'stona munosabatlarni qo'llab-quvvatlash;O'yinning ma'nosini to'liq amalga oshirish;0 ‘yinchoq va materiallarni joy-joyiga eslatishlarsiz olib borib qo'yish;O'yin qoidalariga to'liq rioya qilish kabi ko'nikmalar o'yin faoliyatini muvaffaqiyatli egallaganliklarining ko'rsatkichi bo'lib hisoblanadi.
Mehnat faoliyatida:Mehnat majburiyatlarini (o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish, navbatchilik, ish o'rnini tartibli saqlash] yaxshi bajarish;Bajarilgan ish sifat va natijasi;Vazifalarni o'zaro adolatli taqsimlay olishlari;Do'stona ishlay olishlari; Mehnat jarayonida madaniy xulq-atvor qoidalariga rioya qilishlari orqali tarbiyachi bolalarda mustaqillikni, tirishqoqlikni, uyushganlik va javobgarlikni his qilish mas'uliyatini shakllantirishda foydalanadi. Bolalarning jamoa mehnatlari mazmunlari va uyushtirilishi murakkablashib, bolalar guruhlariga birikib ishlashadi, bunda hamkorlikdagi mehnat amalga oshiriladi. Bolalarning jamoa mehnati faoliyati asoslarini muvaffaqiyatli egaliashlari, mehnatda mustaqillik va uyushganlikni shakllanganligining ko'rsatkichi bolalarning mehnat maqsadini tarbiyachi bilan birgalikda rejalashtirishlari va uning natijasini tasavvur qilishlari, zarur materiallarni ajrata olish, vazifalarni mustaqil taqsimlash va mehnat natijasini to'g'ri baholay olishlari lozim. Mehnat burchagida bolalarga tushunarli bo'lgan mehnat turlari bilan mustaqil shug'ullanish uchun barcha zarur narsalar bo'lishi kerak. Bolalarga uskuna, o'yinchoq, qo'llanmalarni guruh xonasida tartibli saqlash uchun mas'uliyat hissi shakllantiriladi, bu maqsadda har haftada guruh xonasini jamoa bo'lib yig'ishtirishda qatnashadilar. Bunda bolalarning badiiy-estetik didlari ham rivojlantiriladi. Guruhda estetik muhitni yaratishda ishtirok etishlari ta'minlanadi, kattalar mehnati haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi, kishilar mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash, ishlab chiqarish korxonalari qurilishlari umumlashtiriladi. Madaniy-maishiy xizmat xodimlarining mehnatlari to'g'risida tushuncha hosil qilinadi. Shunday qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkil etiladigan jarayonlarning butun tizimi maktabgacha yoshdagi bola ongi, xulq-atvori va shaxsini qayta qurishga, bolalarda mehnat ta’limining yangi sharoitlariga faol har tomonlama tayyorgarlikni shakllantirishga xizmat qiladi. Bolaning maktab ta'limiga maxsus tayyorgarligi mehnatda o'qishga umumiy, psixologik tayyorgarligiga qo'shimchadir. U bolalarda matematika, ona till kabi o'quv fanlarini o'rganishi uchun zarur bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va malakalarning mavjudligiga ko'ra aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda eng oddiy matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, nutqni o'stirish, o'qish va savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o'tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda o'qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi. Download 161 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling