3 I. Bob. Qadimgi Arabiston xalqlari


Download 226.5 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi226.5 Kb.
#1569648
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Arabistonda Saudiylar davlatining barpo etilishi

Mavzuning dolzarbligi: Mazkur Kurs ishning mavzusi “Qadimgi Arabistondagi ilk sinfiy jamiyat va davlatlar” deb nomlangan bo'lib, bunda Arabiston yarim orolida qadimgi davrdan boshlab to islom dini vujudga kelguniga qadar ya'ni, Arab xalifaligi tashkil topgunigacha bo'lgan tarixiy jarayonnini ochib berishga harakat qilinadi. Tanlangan Kurs ish mavzusining dolzarbligi shundan iboratki, ushbu tarixiy davr Islom dinining genezisi xususida so'z yuritish uchun oldindan o'sha davr arab jamiyatiga muayyan formatsion (ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik yoki feodalizm) tarixiy holatini tahlil qilish talab qilinardi. Vaholanki, Arabiston xalqi VII asrda islom vujudga kelmasdan oldin, bir necha ming yillik tarixiy yo'lni bosib o'tdiki, islom shuning mahsuli edi.
Qadimgi Arabiston tarixini o'rganish qadimgi dunyoning boshqa o'lkalariga qaraganda qiyinroq kechadi. Gap uning juda ham qadimiy, juda ham ko'hnaligida emas. Qadimgi Arabiston tarixi bobida ahvol o'zgacha. Xususan, yarim orolning janubi va shimolida ko'pgina kashfiyotlar qilingan. Qadimgi yunon va rim tarixchilari, o'rta asr arab mualliflariga ma'lum bo'lmagan ba'zi qadimgi arab davlatlari xususida hozir birmuncha tasavvurga egamiz. Ammo Arabistonning katta qismi bu sohada hali "ochilmagan qo'riqdir". Qadim-qadim zamonlardan Sharq va G'arbni bog'lab turgan savdo yo'llarining bir nechtasi Arabiston yarim oroli va Fors ko'rfazi orqali o'tganligi uchun ham Arabiston yarim orolida hukm surgan barcha qadimgi davlatlarning ravnaqi savdo-sotiq bilan bog'liq bo'lgan.
Arabiston yarim oroli qadimiy madaniyat markazlari Misr va Mesopotamiyadan sahrolar bilan ajralib turgan bo'lsa-da, u yerda vujudga kelgan qadimgi jamiyatlar batamom yangi taraqqiyot yo'llarini bunyod qilmadilar. Masalan, janubiy Arabiston qadimgi davlatlarini Shumer va Aqqodga, shimoliy Arabiston qadimgi davlatlarini esa kichik va old Osiyodagi qadimgi jamiyatlarga va nihoyat, qadimgi Makka va Madina shahar-davlatlaridagi tuzumni antik polis tizimiga o'xshatish mumkin.
Eng muhimi, boshqa joylardan farqli ravishda Arabistonda sinfiy jamiyat va davlat o'zining harfli yozuviga ega bo'lgan, arab tilida so'zlashgan xalq orasida vujudga keldi. Bu mulohazalar tarix fani uchun dolzarb nazariy muammolardan biri hisoblangan davlatning paydo bo'lishi va qaror topishi masalasini tadqiq qilishda qadimgi Arabiston ma'lumotlarining katta ahamiyatini ko'rsatadi. Qadimgi Arabiston tarixining umumjahon tarixida tutgan o'rnini aniqlash, shak-shubhasiz, mamlakatimiz tarixining muayyan bosqichlarini chuqur o'rganishda bilvosita ko'maklashadi.

Download 226.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling