3 I. Bob. Qadimgi Arabiston xalqlari
Mavzuni o'rganish darajasi
Download 226.5 Kb.
|
Arabistonda Saudiylar davlatining barpo etilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishning maqsadi
Mavzuni o'rganish darajasi: Tadqiq etilayotgan mazkur Kurs ishning qay darajada o'rganilgani haqida qisqacha shuni qayd qilish lozimki, qadimgi Arabistonni ilmiy tadqiq qilish ishlari deyarli ikki asrdan beri davom etib kelinmoqda. Hozirgi zamon tarixchisi ixtiyorida qimmatbaho ma'lumotlar mavjud: main, sabo, hadramavt, avson, qatabon va ximyar tillaridagi janubiy Arabiston epigrafik yozuvlari, samudiy, safoviy va lihyon singari Shimoliy Arabiston yozuvlari, yunon xronograflari, siryoniy (oromiy) xatida yozilgan tarixiy va yuridik hujjatlar, arab og'zaki an'anasi, o'rta asr arab tarixiy-jo'g'rofiy adabiyoti va hokazolar mavjud. Afsuski, eng boy material berishi mumkin bo'lgan arxeologik izlanishlar endi boshlandi deyish mumkin. Keyingi davrlarda olib borilayotgan izlanishlar, Arabiston yarim oroliga bir necha arxeologik ekspeditsiyalar uyushtirilgan bo'lsa-da, ularning natijalari ilmiy jamoatchilikka to'liq ma'lum etilgan emas.
Sho'rolar davridagi tarix fanida esa ko'p vaqtgacha qadimgi Arabiston tarixiga deyarli e'tibor berilmadi. Faqat 1960 yillarga kelib, birinchi bor arab istilolari va islom bilan bog'liq muammolarni arablarning islomdan oldingi tarixini chuqur o'rganilgan taqdirdagina hal qilish mumkin, degan fikrlar bildirildi. 1960-80 yillarda Yaman bilan yaqin munosabatlarda bo'lingani tufayli sovet olimlari Arabiston yarim orolining janubini o'rganishga ko'proq e'tibor berdilar. Shimoliy Arabiston qadimgi davlatlarining tarixi N.V.Pigulevskaya va I.Sh.Shifmanlar ilmiy faoliyatida o'z ifodasini topgan bo'lsa, Markaziy Arabiston tarixi bilan birgina L.V.Negrya shug'ullandi. Bundan tashqari L.S.Vasil'ev, A.A.Hasanov2 asarlarida ham Arabiston yarim oroli mintaqasida qadimgi davrdan islomgacha bo'lgan tarixiy jarayonlar haqida qimmatli ma'lumotlarni ko'rish mumkin. Ammo hozirgi davrda Arabiston yarim orolining har xil qismlariga bag'ishlangan bir necha yirik tadqiqotlar mavjud bo'lsa-da, lekin butun yarim orol mintaqalarini to'liq o'z ichiga olgan asar haligacha yozilgan emas. Kurs ishning maqsadi: Kurs ishning maqsadi shundan iboratki, Arabiston yarim oroli ham qadim sivilizitsiya o'choqlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Bu hududlarda bundan 40-30 ming yillik (so'nggi paleolit davri)lardan buyon insoniyatning yashab kelayotganligi hamda miloddan avvalgi III-II ming yillikdan boshlab ilk sinfiy jamiyat va davlatlar vujudga kelganligini, shuningdek islomga qadar bo'lgan tarixiy jarayonni mavzuga doir asarlar, manbalarning ma'lumotlariga tayangan holda ob'ektiv va xolisona yoritish. Download 226.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling