Mavzu: qashqadaryo tabiiy geografik okrugi
Download 7.67 Kb.
|
Mavzu qashqadaryo tabiiy geografik okrugi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Bu okrugda qanday tog‘lar borligini va ular qaysi tog‘ tizmasiga tegishli ekanligini belgilang.
- Savol va topshiriqlar
MAVZU: QASHQADARYO TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI Reja: 1.O‘zbekiston atlasidagi geologik va tektonik xaritalarni o‘rganib, bu okrugda qaysi davr jinslari ko‘p tarqalganligini va ular qaysi tog‘ paydo bo‘lish jarayonida vujudga kelganligini aniqlang. 2. Bu okrugda qanday tog‘lar borligini va ular qaysi tog‘ tizmasiga tegishli ekanligini belgilang. Qashqadaryo okrugi O‘zbekistonningjanubida joylashgan bo‘-lib, uning shimoliy chegarasi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari orqali, g‘arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko‘l balandliklari orqali o‘tadi. Janubi va janubi g‘arbida Sandiqliqum okrugni Turkmanistondan ajratib turadi. Okrug sharqidagi Hisor tog‘lari, janubi sharqidagi Boysun tog‘lari uni Surxondaryo okrugidan ajratib turadi YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi yer yuzasi tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning shimoli, shimoli-sharqiy va sharqiy qismida Zarafshon, Hisor va Boysun tog‘lari joylashgan. Qashqadaryo okrugining shimoli sharqida Zarafshon tizmasining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari joylashgan. Chaqilkalonning eng baland Zebon cho‘qqisi 2336 m ga yetadi. Bu tog‘ g‘arbga davom etib, Taxtaqoracha dovonida (1630 m) tugab, so‘ngra Qoratepa tog‘i boshlanib, eng baland yeri 2197 m ga yetadi. Qoratepa tog‘i Jom cho‘lida tugab, so‘ngra g‘arbga qarab Zirabuloq (Zindontog‘ cho‘qqisi — 1115 m) va Ziyovuddintog‘lari davom etadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining sharqiy qismidaHisor tizmasi va uning davomi hisoblangan Hazrat Sulton, Chaqchar, Boysun tog‘lari joylashgan. Chaqchar tog‘idan janubi g‘arbga tomon yo‘nalgan Osmontarash, Beshnov, Eshonmaydon kabi tog‘lar joylashgan. Chaqchar va Hisor tog‘lari tutashgan joylarda Botirboy, Seversev kabi kichik muzliklar mavjud. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tog‘li qismi g‘arbga va janubi g‘arbga pasayib, Kitob-Shahrisabz botig‘iga, so‘ngra adirlarga va tekisliklarga tutashib ketadi. Okrugning tekislik qismi yuzasi bir xil emas, unda onda-sonda qoldiq tog‘lar va platolar uchrab turadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining g‘arbiy qismida Qarshi cho‘li va vohasi joylashgan. Bu cho‘lda sho‘rxoklardan iborat nisbatan pastqam joylar bo‘lib, ularning eng muhimlari Do‘ltalisho‘r, Sho‘rsoy, Suxtasho‘r, Yonboshsho‘r va boshqalar hisoblanadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida bir necha cho‘llar bo‘lib, Qarshi cho‘lining shimoli va shimoli g‘arbida Qarnob, Jom cho‘llari, janubi sharqida Nishon cho‘li joylashgan. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi geologik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning tog‘li qismi paleozoy erasining gersin tog‘ hosil bo‘lishi jarayonida burmalangan bo‘lib, kristalli slanes, ohaktosh, marmar, granit kabi jinslardan tashkil topgan. Zarafshon tog‘ining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon ko‘proq giðs, mergel, ohaktoshlardan tashkil topganligi tufayli karst jarayoni rivojlangan. O‘sha tog‘da O‘rta Osiyodagieng chuqur — Kili (1082 m)g‘ori joylashgan (40- rasm). Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tekislik qismi Turon plitasining sharqiy chekka qismi ustida joylashgan. Uning ustini esa qum, gil, konglomerat kabi jinslar qoplab olgan. Tekislikdagi qoldiq tog‘lar (Olovuddintog‘, Kosontog‘ va boshqalar) paleozoy va mezozoy jinslaridan tashkil topgan. Qashqadaryo okrugida gaz, neft, marmar, giðs, dala shpati, har xil qurilish material konlari bor. Savol va topshiriqlar 1. Qashqadaryo geografik okrugining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Okrug tabiat elementlari g‘arbdan sharqqa qarab o‘zgarishini tushuntiring. 2. Qashqadaryo atrofidagi tog‘lar qaysi tog‘ paydo bo‘lish jarayonida vujudga kelgan? 3. Okrugda qanday foydali qazilmalar bor? 4. Nima sababdan Zarafshon tizmasining o‘rta qismida g‘or va karst jarayoni vujudga kelgan? Download 7.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling