3 I. Bob. Yo’qolib ketgan tarixiy chizmalarni qayta tiklash
Qadimgi misrda me'morchilikning kelib chiqishi
Download 311.5 Kb.
|
Xudoyberganova Sohiba QADIMGI YODGORLIKLARNI QAYTA TIKLASH ISHLARIDA
2.2. Qadimgi misrda me'morchilikning kelib chiqishi
Qadimgi Misr deb Nil daryosining birinchi ostonasidan boshlab keng Nil deltasini hosil qilgan tor Nil vodiysiga (kengligi 1 kmdan 20 km.gacha) aytiladi. Tor Nil vodiysi Yuqori Misr, deltaning quyi qismidagi viloyat Quyi Misr deb atalgan. («Yegipet» nomi yunoncha, Misr poytaxti Memfis misrcha «Xetkau-Ptax» yoki xikupta «xudo Ptaxning ruhi kal'asi» ma'nosini bildiradigan so`zdan kelib chiqqan.) Misrliklar o`z mamlakatlarini Nil vodiysining haydalgan qora tuproqli yeriga qarab Kemet-«qora yer» deb ataganlar. Misr Afrika qit'asining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan, Suvaysh bo`yni orqali Misr Old Osiyoning madaniy markazlari bilan bog'langan. Misr Nil daryosi orqali Tropik Afrika va O`rtayer dengiziga tutashgan. Gerodot “Misr-Nilning sovg`asi”-deb ta'riflaydi. Chunki Nil daryosi Misr iqtisodiy hayotida yetakchi o`rin tutgan. Nilda har yili 19 iyunda toshqin ko`tarilgan. Bu toshqin sentabr o`rtalarigacha davom etgan. Noyabrda daryo o`z o`zaniga tushgan. Ekilgan yer aprel-mayda hosil keltirgan. Nil daryosi Misr iqtisodiyotining asosi dehqonchilikda muhim o`rin tutgan. Mo`l-ko`l hosil sun'iy sug'orish asosida olingan. Misrliklar dehqonchilik ishlariga ko`ra yilni 3-mavsumga bo`lganlar: “to`la suv mavsumi”-Nil toshqini (iyul o`rtalari), «ekin, unish mavsumi» ekishdan hosil yig'ishgacha bo`lgan qishloq xo`jalik ishlarini to`liq sikli (noyabr va may o`rtalari), «quruq mavsum»-yerni dam olish vaqti va shafqatsiz jazirama (may o`rtalaridan iyul o`rtalarigacha) davri. Suv omborlari qurilib, Nil vodiysi to`g'on, kanallar bilan to`g'ri burchakli havza (basseyn)larga bo`lingan. Ekinlar: arpa, bug'doy, kunjut, kanop, emmer (polba) xurmo, kokos palmalari, akatsiya (qurilish materiallari uchun), uzum va mevali daraxtlar o`sgan. Asosiy ovqat hisoblangan baliq ko`p bo`lgan. Chorva mollari: qo’y, echki, sigir, eshak, cho`chqa boqilgan. Qazilma boyliklar: granit, bazalt, diorit, alebastr, shifer, ohak. Memfis yonida yirik tosh konlari, o`rta Misrda Fiva yaqinida alebastr konlari va Sinay yarim orolida boy mis konlari bo`lgan. Oltin Shimoliy Nubiya va Arabiston yarim orolidan olib kelingan. Aholi: Qadimgi Misrliklar o`rta bo`yli, to`ladan kelgan, soqoli qirilgan, sochlari qisqa qirqilgan.Ozgina turtib chiqqan daxan. Qalin lablar, uzunchoq bosh, «negroid» va «Osiyo» belgilari qo`shilgan. Kiyimlar qisqa, old yubka, lungidan iborat bo`lgan. Ovqat: arpa non, emmer bo’tqasi, quruq baliq, piyoz, sarimsoq va bodring. Qadimda misrliklar dunyo tarixida birinchi bo`lib pivoni kashf qilganlar va arpadan tayyorlangan pivo asosiy ichimlik bo`lgan. Go`sht kam iste'mol qilingan. Nil vodiysida qadimgi aholi Saxara, Liviya sahrosi va Efiopiyadan er.avv.VI ming yillik oxirida kelib joylashgan. Bu etnik guruhlarning qo`shilishidan qadimgi Misr xalqi kelib chiqqan. Qadimgi Misr tarixini o`rganish uchun qadimgi Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan ko`pgina yozma yodgorliklari katta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi ma'lumotlar moddiy madaniyat yodgorliklarini ko`p jihatdan to`ldiradi, bu ma'lumotlar qadimgi zamondagi misrliklar hayotini, texnika, san'at va diniy e'tiqodning rivojlanishini oydinlashtirib beradi. Antik dunyo mualliflarining qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o`tgan asarlaridan Misr tarixiga oid ko`p ma'lumot olish mumkin. Garchi yunon va rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va madaniyati haqida ba'zan bir qator qimmatli ma'lumotlar qoldirgan bo`lsalar ham, lekin ularning ma'lumotlari tanqidiy ravishda jiddiy qarashni talab qiladi. Qadimgi Misr tarixi ko`p xil manbalar orqali o`rganiladi. Bu manbalarni yetti turga bo`lish mumkin: Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy adabiy, ilmiy, diniy matnlar, hujjat va yo`riqnomalar. Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal'a, ibodatxona, sog'ona, uylar, sopol idishlar, haykallar va h. k. Xalq og'zaki ijodiyoti: qo`shiq, ertak, maqollar, afsona, axloqiy-etik asarlar. Tilshunoslik ma'lumotlari. Etnografiya ma'lumotlari Antropologiya ma'lumotlari: mumiyo, skelet, freska, relyeflarda odamlarni jismoniy tuzilishini o`rganish mumkin bo`lgan tasvirlar. Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo`llar. Yozma manbalar: Mashhur fransuz olimi Shampol`onning Misr iyerogliflarini o`qishi qadimgi Misr yozuvini o`rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha bo`lgan fir'avnlarining ro`yxati sanab o`tilgan va yirik harbiy yurishlar va Nil toshqinlari to`g'risida ma'lumot beradi. Aton va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Karnak ibodatxonasi) devorlarida yozilgan «Tutmos III annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan biri hisoblanadi. Kohin Manefonning (taxminan er. avv. VI-III asrda) yozilgan asarida misr tarixi eng qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola ro`yxatini tuzib, ularni uch dekada 10 sulolaga bo`ldi. Bu yangi davrda tadqiqotchilarning Misr tarixini eng muhim davrlarini aniqlashlari uchun jumladan, qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o`rta, yangi va so`nggi podsholik davrlariga bo`lish imkoniyatini berdi. Misr arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil topgan. Eng qadimgi arxiv podsho Neferikara ibodatxonasida (V sulolasi er. avv. XXV-XXIV asr) topilgan. Eng boy arxivlardan biri Axetaton shahri (El-Amarna)ni qazishda topilgan bo`lib, bu arxivda 350 hujjat mavjud. Qadimgi Misrdan boy abadiy meros yetib kelgan. Misr adabiyoti namunalaridan nasihatnoma va bashoratlar: «Axtoy nasihatnomasi», «Amenemope nasihatnomasi», «Ipuser so`zlari». Badiiy adabiyot namunalari: «Suzamol dehqon to`g'risidagi qissa», «Sinuxet hikoyalari» va hokazolarni aytish mumkin. Ertaklar: «Ikki aka-uka to`g'risida», «To`g'ri va egri» haqida «Kemada halokatga uchraganlar» ertagi, «Unu Amonning Biblga sayohati» (Er.avv.XI asr kabilar). Diniy ruhdagi asarlar: V-VIII sulola fir'avnlari piramidalari ichki devorlarida iyerogliflar bilan tasvirlangan yodgorliklar bo`lib (er.avv.XXIV-XXII asrlar), ular «Piramida matnlari» deb ataladi. Download 311.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling