4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/24
Sana07.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1081734
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
4- Maruza



4-Mavzu: Qadimgi Misr
 
Mavzuni o‘rganishdan maqsad: Talabalarga Qadimgi Misrning geografik o‘rni, 
tabiati va aholisi, Qadimgi Misr tarixini davrlashtirish masalalari, Misrning Ilk va 
Qadimgi podsholik davri haqida ma’lumot berish
Kalit so‘zlar: Nil, Yegipet, Memfis, Xetxa-Ptax, Fiva, Sinay yarim oroli,
Saxara, er. avv. IV ming yillik, Shampol`on, iyeroglif, Palermo toshi, Amon va Ra
ibodatxonalari, Tutmos III annallari, Manefon, Neferekara, El-Amarna, Axtoy 
nasihatnomasi, Ipuser so`zlari, Sinuxet hikoyalari, Piramida matnlari, sarkofaglar 
matnlari, «Memfis ilohiyotshunoslik traktati», Gerodot, Diodor, Plutarx, «Osiris», 
«Isida», «Misr tasviri», Misr xronologiyasi, O.Mariyett, Maspero, «Vilbur papirusi», 
«Misr tarixi», Fayum vodiysi. Gerzey davri. Exnab, Buta.
 
Asosiy masalalar (Reja): 
1.Qadimgi Misrning geografik o‘rni, tabiati va aholisi.
2.Qadimgi Misr tarixini davrlashtirish 
3.Ilk podsholik davrida Misr (XXXIII -X X IX asrlar). 
4.Qadimgi podsholik davrida Misr (Mil.avv. XXV1II-XXI1I asrlar) 
1.Qadimgi Misrning geografik o‘rni, tabiati va aholisi. 
Misr Sharqdagi eng qadimgi despotik davlatlardan biri boiib, u Afrika qit’asining 
shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan mamlakatdir. Nil dunyodagi eng katta 
daryo, uzunligi 6500 kilometrdan ortiqdir. U Markaziy Afrikaning katta koilaridan 
oqib chiqadigan Oq va Ko'k Nil daryolarining qo‘shilishidan hosil boiadi. Daryo 
to‘rt sharshara-ostonalardan o ‘tgach 700 kilometr masofada vohadan oqib o‘tadi 
va bir necha tarmoqlarga boiinib O‘rtayer dengiziga quyiladi. Toshqin paytida Nil 
ko‘pdan-ko‘p o‘simliklar va turli tog‘ jinslarini oqizib keladi. Oqib kelgan tog‘ 
jinslaridan daryo qip-qizil tusga kiradi. Toshqin tugagach, o‘simlik chirindilari, 
tuproq va tog‘ jinslaridan hosil bo`lgan zarralar suv bosgan joylarda cho‘kib, 
qoramtir quyqumlar qoldiradi. 
Quyqumlar qurib serhosil qora tuproqli yer hosil qiladi. 
Shuning uchun misrliklar Nil vohasini “Qora yer”, yunonlar esa “Egipet” 
deyishgan. 
Misrning g‘arb tomonida Liviya yassitogiigi, sharq tomonida esa Arab 
qirlari joylashgan. Mamlakat janubi Nubiya toglari bilan o`ralgan. Misrning 
shimoliy chegaralari O'rtayer dengiziga borib tutashadi. Misr issiq mamlakat, u 
yerda yog‘ingarchilik kam bo'ladi. Nil sohillarida xilma-xil o'simlik va yovvoyi 
mevalar, xususan lotos, papirus va qamishlar o'sib yotadi. Qadimdan hayvonot 
dunyosi boy bo'lib, Nil sohillarida sher, qoplon, buyvol, yovvoyi buqa, jirafa, 
antilopa, timsoh va gippopatam kabi katta-kichik hayvonlar yashagan. Daryoda 
baliq, suv hayvonlari, to'qayzorlarda esa har turli qushlar ko'p bo'lgan. Yovvoyi 
hayvon va o'simliklar qadim zamondan boshlab ibtidoiy kishilarning ozuqa va ov 
manbai bo'lgan. Misrda mis, oltin kabi ma’danlar va har xil toshlar ko'p. Qadimgi 
misrliklar hayotida Nil daryosining ahamiyati juda katta bo`lgan. Mashhur yunon 
tarixchisi Gerodot “Misr - Nil in’omi, tuhfasi” deb yozgan ekan. 



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling