4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari va tarixnavisligi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/24
Sana07.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1081734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
4- Maruza

Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari va tarixnavisligi. Maiumki, 
Qadimgi Misr tarixi Qadimgi Sharq tarixining tarkibiy qismini tashkil etadi. 
Qadimgi Misr tarixini uning manbalari va tarixnavisligi qo'lga kiritgan 
ma`lumotlarisiz o'rganib bo'lmaydi. Qadimgi Misr tarixini o'rganish uchun bu 
ko'hna diyoming zamonamizgacha saqlanib qolgan ko'pdan-ko'p bitiklari, 
yodgorliklari birinchi darajali ahamiyatga egadir. 
Qadimgi Misr yozuvi manbalaridagi ma’lumotlar, moddiy madaniyat 
yodgorliklarini ko'p jihatdan to'Jdiradi. Qadimgi Misr tarixining manbalari bilan 
chambarchas bog'liq bo'lgan tarixnavislik bilimi Qadimgi Sharq tarixi, xususan 
Qadimgi Misr tarixini o'rganishda juda katta ahamiyat kasb etadi. 
Tarixnavislik, ya’ni istoriografiya - tarixiy bilimlami, tarix fanining 
taraqqiyotini, tarix manbalarini va tarixiy geografiyani o'rganadigan ilmdir. Tarixiy 
manbalarsiz va tarixnafisliksiz biror-bir mamlakat tarixini, jumladan Qadimgi 
Misr tarixini ham o'rganish mumkin emas. 


Qadimgi Misr tarixiga doir manbalar Qadimgi Mesopotamiya tarixiga doir 
manbalar singari uch asosiy qismga bo`linadi: 
1. Antik - mualliflarning Misr haqida aytganlari va yozib qoldirganlari. 
2. Moddiy madaniyat yodgorliklari. shu jumladan arxeologik yodgorliklar. 
3. Qadimgi Misr yozuvi yodgorliklari. 
Qadimgi zamon mualliflarining Qadimgi Misr haqidagi yozganlari.
Ma’lumki, antik mualliflarning Qadimgi Misr haqida yozgan asar va 
esdaliklaridan ozmi-ko'pmi ma’lumot olisli mumkin.
Ta'kidlash joizki. Mil.avv. Vll asrdayoq yunon savdogarlari, yollangan 
askarlar va boshqa toifadagi kishilar Misrga kirib kelganlar. Yunon faylasuflari va 
siyosiy arboblari Fales. Anaksimandr, Demokrit va Salonlar Misrga sayohat qilib, 
Misr xalqining ming yillar davomida to'plagan bilimlarini o ‘rganganlar. Shu bois 
yunon yozuvchilari - tarixchi va geograflarining asarlaridan Qadimgi Misrga oid 
juda ko'p maTumotlarni topish mumkin. 
Mil.avv. 485-425-yillarda yashab ijod etgan galikamiaslik Gerodot o 'z 
asarlarida Qadimgi Misr tarixi va madaniyati haqida anchagina ma`lumot 
qoldirgan. U tarixda "tarix otasi” nomi bilan mashhur bo'lib, 9 jildlik "Tarix” 
asarining ikkinchi kitobini butunlay Qadimgi Misr tarixiga bag'ishlagan. 
Gerodot Qadimgi Misr tarixi va madaniyatini mumkin qadar to'laroq 
tavsiflashga harakat qilgan. “Tarixning otasi” – Gerodot Nil bo'ylab mamlakatning 
shimoliy chegaralaridan janubiy chegaralarigacha sayohat qilgan. Gerodot Nil 
vodiysi va deltasining tabiiy sharoitlarini, Qadimgi misrliklarning urf-odatlari, 
diniy e ’tiqodlari, mamlakatning xo'jaligi va ijtimoiy tuzumi to'g'risida ham ba’zi 
ma'lumotlar beradi. U Qadimgi Misrning tabiati haqida gapirib. Nil daryosi 
toshqinlarining Qadimgi Misrda dehqonchilik xo'jaligining rivojlanishi uchun juda 
katta ahamiyatga ega ekanligini bayon etadi. 
Gerodotning hikoya qilishicha, “daryo toshib, dalalarni sug'oradi, sug'orib 
bo'lgach, suv qirg'oqlarga - o'zanga qaytadi; so'ngra har bir dehqon o 'z yeriga urug' 
sepadi va bu yerga cho'chqalarni qo'yib yuboradi, cho'chqalar tuproqni bosib yurib, 
urug‘likni tuproq bilan aralashtirib yuboradilar”. 
Gerodot misrliklar dini haqida ko'pgina m a’lumotlar berib, dinning marosim 
xususivatlarini bayon qilgan. U misrliklar muqaddas deb hisoblagan ho'kiz, lochin, 
it, mushuk va timsoh kabi jonivorlarga e ’tiqod qilishlarini ham bayon qilgan. 
Shuni ta'kidlash lozimki, Gerodot Misrning siyosiy tarixiga ham katta e’tibor 
berib. u o 'z asariga Misr davlatining eng qadimgi asoschisi Mina haqidagi 
rivoyatni kiritgan. 
Gerodotning IV sulolaga mansub fir’avnlarning xalqni juda qattiq jabr-
zulmga duchor qilib, piramidalar qurishda nihoyatda ko‘p odamlarni 
ishlatganliklari to'g'risidagi hikoyasi zo 'r mahorat bilan bayon etilgan. Gerodot 
Misr tarixining Sais va Fors davri(Mil.avv.XI-IV asrlar)ga oid voqealarni bayon 
qilgan hikoyasi ancha to‘g'ri va niufassaldir. 
Gerodot Misr madaniyatiga yuksak baho berib, birinchi marta misrliklar 
alohida taqvim tuzganliklarini, astronomik kuzatishlarga asoslanib u iIni 12 oyga 
ajratganliklarini aytadi. 


Mil.avv. 332-yilda Misr Makedoniyalik Aleksandr tomonidan jangsiz bosib 
olingan. Makedoniyalik Aleksandr qo'shinlari bilan bu yerga juda ko'p 
makedoniyaliklar, yunonlar ko`chib kelishgan. Makedoniyalik Aleksandr 
zamondoshi Manefon degan ruhoniy o'zining yunon tilidagi “Misr tarixi” asarini 
yozgan. Manefon Mil.avv.IV—III asrlarda yashab ijod etgan tarixchilardan biri 
bo‘lib, Misr haqida yozgan qadimgi mualliflar orasida alohida o'rin tutadi. 
Manefon Misr kohini - bosh ruhoniysi bo'lganligi tufayli, Misr ibodatxona 
arxivlariga va kutubxonalariga bemalol kira olgan. Shu bois u Qadimgi Misr 
manbalarini yaxshi o'rgangan. U yunon tilini yaxshi bilgan va yunon ilm-fanidan 
bahramand bo‘lgan. Afsuski, Manefonning Misr tarixiga bag'ishlangan asari to‘liq 
holda zamonamizgacha saqlanib qolmagan. Keyingi asrlarda yashagan mualliflar 
Iosif Flaviy (milodning I asri) va Evsefiy (milodning IV asri) kabilarning asarlarida 
Manefonning asarlaridan olingan qisqa-qisqa ko'chir malar zamonamizgacha 
saqlanib qolgan. Ancha keyingi zamonlardagi tarixchilar tomonidan Manefon asari 
asosida tuzilgan va 30 sulolaga mansub bo'lgan hamma fir avnlarning nomlari 
haqida qisqacha ma`lumotlar va xronologik sanalar yozilgan matn saqlanib qolgan. 
Manefon tarixiy asarining shu kichik-kichik parchalari ham Qadimgi Misrning 
siyosiy tarixini va xronologiyasini tiklashda katta ilmiy ahamiyatga ega bo`lgan. 
Manefondan keltirilgan parchada giksoslarning Misr ustiga bostirib kirishlari 
haqidagi ma’lumot ham katta ahamiyatga egadir. 
Manefondan keyin yashagan mualliflar uning asariga yuksak e’tibor bilan 
qaraganlar. Chunonchi. Sinkell Manefonning o 'z asarlarida misrliklar tarixini 
o'rganishda Misr yozuvlaridan manba sifatida foydalanganligini aytadi. Jumladan. 
Evsefiy “misrlik Manefon faqat butun Misr tarixini emas, balki uning butun 
teologiya – diniy aqidalar majmuasini ham yunoncha shaklga solgan", - deb 
yozadi. Mashhur sharqshunos tarixchi V.I.Avdiyevning Jikricha. Zamonamiz 
tarixchilari Manefon asarlaridan olingan parchalarga tanqidiy k o'z bilan 
qaramoqlari kerak. 
Mil.avv. I asrda yashagan, o'zining umumiy tarix to'g'risidagi asarini 
yozganda yunon tarixchilari Gekatey Abderskiy va Agatarxidning ko‘p asarlaridan 
foydalangan. Mil. avv. I asrda yashagan Diodor o'zigacha o ‘tgan tarixchilaming 
asarlaridan foydalanib Misrning tabiiy sharoitini atroflicha bayon etgan. U Nexo 
degan Misr fir’avni Nil daryosining sharqiy tarmoqlaridan kanal chiqarib, uni Qizil 
dengiz bilan tutashtirmoqchi bo`lganini hikoya qilgan. Diodor o ‘z asarida 
Qadimgi Misr qonunlari va rna'muriy idora tartibining xususiyatlarini bayon qilar 
ekan. Qadimgi Misrning despotic- zo‘rlikka asoslangan davlat tuzumini 
ideallashtiradi. U Misr sudi, forslar davrigacha o‘tgan beshta podshoning yangi 
qonunlari haqida gapirib, mazkur qonunlarni maqtagan. U Qadimgi Misr 
madaniyatiga yuksak baho berib, Qadimgi Misr madaniyatining qadimgi dunyo 
madaniyatiga ko`rsatgan ta’sirini ta ’kidlab o'tadi. 
Diodorning Misr tarixining forslar hukmronligi va undan keying davrlarga 
oid voqealami bayon qilgan qismi diqqatga sazovordir. Shuningdek. Diodor o 'z 
asarida Nubiyadagi oltin konlaridan misrliklar qanday foydalanganliklarini ham 
batafsil bayon etgan. 


Diodoming aytishicha, ana shu konlarda mahkum etilgan jinoyatchilar 
“kishan solingan holda, kecha-yu kunduz tinmay ishlaydilar. ular hatto qochishga 
umid qilish imkoniyatidan ham mahrumdirlar, chunki ular ehet ellik askarlar 
nazorati ostidadirlar". Bu ma'lumotlar Diodor Sitsiliyskiyning ''Tarixiy kutubxona” 
asarida ham bayon etilgan. 
Mil. avv. I va milodiy I asrlarda yashagan yunon mualliflaridan biri Strabon 
o'zining “Geografiya” asarida Qadimgi Misr haqida ham qimmatli ma’lumotlar 
yozib qoldirgan.
Strabon o'zidan oldin o'tgan tarixchi laming asarlaridan keng foydalanib. Nil 
daryosi, uning toshqinlarini, tabiiy va sun’iy sug'orish tizimini, Misr o'simliklari va 
hayvonot dunyosini atroflicha bayon etgan. U Qadimgi misrliklarning xo'jalik 
hayoti, kanallar va yulduzlar tizimi, Fayum vohasining suv ta’minoti masalalari 
haqida qimmatli ma’lumot beradi. Strabon Misrdagi zaytunchilikni, undan o'simlik 
moyi tayyorlash yoTlarini va musallaschilikni 
bayon etib, xo'jalik jihatdan juda boy bo'lgan Arsinov degan joyni ko'rsatib o'tadi.
Strabon o 'z asarida Misrga qo‘shni bo'lgan qabilalar, xususan Efiopiya 
haqida qimmatli ma'lumot beradi, Misr madaniyatining Yunonistonga qilgan 
ta’sirini ko'rsatib o'tadi. Strabon Evdoks va Platon kabi mashhur yunon olim va 
faylasuflarining uzoq yillar Misrda yashaganlari va misrlik kohinlardan ko'p narsa 
o'rganganliklarini bayon qilgan. Qadimgi Misr haqidagi ma’lumotlar milodiy I—II 
asrlarda yashagan rimlik yozuvchi Tatsit va milodiy IV asrda yashagan Ammian 
Marsellin asarlarida ham saqlanib qolgan. 
Misrliklarning diniy e ’tiqodini o'rganishda m. 46-120-yillarda yashab ijod 
etgan Plutarx Xeroneyskiyning “Izida va Oziris to'g'risida" degan asari muhim 
ahamiyatga egadir. Plutarx bu asarini juda ko'p manbalar asosida yozgan. 
Shunday qilib. qadimgi yunon mualliilarining asarlari Qadimgi Misr tarixi, 
uning tabiati. Nil toshqinlari. xo'jaligi, sug'orish inshootlari tarixi. madaniyati va 
diniy e'tiqodini o'rganishda qimma li manba bo'lib, ulardan keyingi avlod 
tarixchilari keng miqyosda foydalanganlar. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling