4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad
Ilk podsholik davrida Misr (XXXIII -X X IX asrlar)
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4- Maruza
3.Ilk podsholik davrida Misr (XXXIII -X X IX asrlar).
Misrda dastlabki davlatlarning tashkil topishi. Mil.avv. VI-V ming yilliklarda xo‘jalikning asta-sekin rivoj lanishi natijasida Misrda ilk davlatlarning tashkil topishi uchun zarur shart-sharoit vujudga kelgan. Urug' jamoasining so'nggi davrida urug‘ jamoalarini shakllanayotgan oqsoqollar. Sardorlar va harbiy boshliqlar idora etishgan. Misrda urug' jamoasi yemirilgach, urug' jamoalar o‘rnida dastlab qo'shni jamoalari vujudga kelib, xo'jalikning rivojlanishi natijasida ilk davlatchalar paydo bo'ladi. Yangi vujudga kelgan davlatni sobiq urug` jamoasi oqsoqollari, harbiy boshliqlar, badavlat va nufuzli zodagon kishilar idora qila boshlaydilar. Dastlab Misrda bir necha o`n davlatchalar tashkil topgan. Misrliklar bu davlatchalarni “‘sepat”, yunon tarixchilari esa "nom" deb ataganlar. Nomlar atrofida qishloqlari, dalalari, mahalliy xudosi bor shahardan iborat bo'lgan. Har bir nomning o 'z hokimi bo`lib, u yunon tilida “nomarx” deyilgan. Ma`lumotlarga qaraganda Mil.avv. IV mingyillik boshlarida va o'rtalarida Misrda 42 ta davlat bo`lgan. Bu davrda Yuqori Misrda 22 ta, Quyi Misrda esa 20 ta mayda davlat mavjud b o ig an edi. Memfis shahri Yuqori va Quyi Misr nomlarining chegarasida joylashgan. Har bir nomning 40 nomarxi o’zining hududidagi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va sug’orish inshootlari qurilishiga katta e ’tibor bilan qaragan. Nomarxlar oqsoqol, sardor va harbiy boshliqlarga tayanib, jamoat, diniy va harbiy ishlami boshqarib turgan. Bu davlatlarda qulchilikning dastlabki kurtaklari ham paydo bo`lgan. Urushlarda asir olingan kishilar qulga aylantirilgan. Shunday qilib jamiyatni boshqaruv tashkiloti sifatida ilk davlatchalar vujudga kelgan va rivojlana borgan. Mil.avv. IV mingyillikning ikkinchi yarmidagi vaziyat Misrdagi mayda davlatchalarni birlashtirishni talab etgan. Ko'p jangu-jadallardan keyin Nil daryosining tor vodiysida Yuqori Misr davlati tashkil topadi. Daryo tarmogining shimolida joylashgan shaharchalar birlashtirilib, Quyi Misr davlati barpo etilgan. Bu davlatlar o ’z podsholariga ega bo'lib. ular mustaqil ish yuritganlar. Keyinchalik esa Misrda yagona podsholik barpo etish uchun ikki podsholik o'rtasida kurash avj olgan. Yilnomachilaming ma`lumotlariga ko‘ra, Yuqori Misr podshosi Narmer Quyi Misr yerlariga bostirib kirgan. Narmer qo'shinlari Shimoliy Misr podshosi qo'shinlari ustidan g ’alaba qozongan. G'alabadan so'ng u 6000 kishini asir olib, juda ko'p boylik. o ija la r bilan qaytgan. Shundan boshlab Misrda yagona davlat tuzish uchun kurash kuchaygan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling