4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/24
Sana07.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1081734
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
4- Maruza

Qadimgi Misr madaniyati 1.Misr madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari 
Azim Nil daiyosining quyi qismida joylashgan Qadimgi Misr kishilik 
madaniyatining eng ko'hna, eng qadimgi markazlaridan biri hisoblanadi. Misr 
madaniyati m. 4000-5000 yil muqaddam vujudga kelgan va bir necha tarixiy 
davrlarni boshidan kechirib, taraqqiy etib borgan. Madaniyat ko'pqirrali tushuncha 
bo'lib, u bir-biri bilan bog'langan ikki tarkibiy qismdan iboratdir. Ularning biri 
moddiy madaniyat bo‘Isa, ikkinchisi ma’naviy madaniy atdir. Moddiy madaniyat 
deganda ajdodlarimizning aqli-zakovati, qo'l mehnati bilan yaratilgan turar joy lari, 
me’moriy binolari, ust-bosh, kiyimkechaklari, iste’mol qiladigan taomlari, uy-
ro‘zg‘or anjomlari, xullas odamlarning kundalik ehtiyoji uchun lcerak bo'ladigan 
buyumlar majmuasi tushuniladi. 
Kishilikning ma’naviy madaniyati esa moddiy madaniyat bilan uzviy, 
chambarchas bog'liq bo'lib. u ham ko'p qirralidir. Ma’naviy madaniyat tarkibiga 
axloq, odob, yurish-turish, kishilar bilan muomala, til, tafakkur. xalq og'zaki 
ijodiyotining hamma turlari, yozuv, yozma adabiyot, raqs, qo'shiq, musiqa, 
rassomchilik, haykaltaroshlik, yer bilimi, amaliy saivat buyumlari, ilm-fan, huquq, 
din, diniy tushunchalar va boshqa nai'salar kiradi. 


Qadimgi misrliklar madaniyatning har ikki tarmog'i bo'yicha ham kattadan-
katta yutuqlarga erishganlar. Qadimgi Misr madaniyatining ildizlari 4-5 mingyillik 
emas, balki, bir necha o'n ming yilliklarga borib taqaladi. 
Misrning qulay geografik muhiti hudud aholisining moddiy va ma'naviy 
madaniyati hamda texnikaning juda barvaqt taraqqiy etishiga asos bo`lib xizmat 
qilgan. Misrning jazirama issiq ob-havosi, Nil vohasida suniy sug'orish 
inshootlariga bo`lgan benihoya zo'r ehtiyoj juda qadim zamonlardayoq kanallar, 
to'g'onlar. dambalar va dastlabki vaqtlarda oddiy pitang bilan ko'tariladigan 
bosmalar, keyinchalik esa eharxpalaklar, shoduf, nova va boshqa sug'orish 
texnikasining murakkab tizimini kashf etishga majbur qilgan. 
Shuni ta ’kidlab o'tish joizki, qadimdan boshlab Misrda toshtaroshlik g'oyat 
ravnaq topib, toshdan ajoyib ibodatxonalar, saroylar, piramida-ehromlar va turli 
me’moriy obidalar yasaganlar. Qadim zamonlardanoq misrlik hunarmandlar fil 
suyagi, oltin. mis, kumush va qimmatbaho toshlardan ajoyib, nafis ziynat 
buyumlari yasashda katta yutuqlarga erishgan. 
Misrda yer yuzining boshqa joy lari ga qaraganda yozuv va yozma adabiyot 
ancha ilgari paydo bo'lgan va rivojlana borgan. Yozuv paydo bo`lishi munosabati 
bilan maktab va ma'orif ham asta-sekin shakllana borib, rivoj topgan. Mamlakatda 
astronomiya, matematika, tabobat, geografiya, veterinariya va boshqa ilmiy 
bilimlarning kurtaklari shakllanib ravnaq topgan. 
Ko'pgina misrshunos olimlar, xususan V.I. Avdiyevning yozishicha, “Misr 
madaniyati qadimgi Sharqdagi turg`un madaniyatning timsoli sifatida juda sekinlik 
bilan rivojlana borgan. Misr madaniyatining turg'unligi, to ‘g‘risi, juda sekin 
taraqqiy qilishiga Nil vodiysining geografik jihatdan boshqa olamdan ajralib 
qolganligi, hamda u yerda ibtidoiy jamoa tuzumi qoldiqlarinig uzoq saqlanib 
qolganligidir”. Biroq keyinchalik birinchi, ikkinchi mehnat taqsimotining bo'lishi 
hamda savdo-sotiqning rivojlana borishi oqibatida xususiy mulk va mulkiy 
tengsizlik qadimgi urug'doshlik jamiyatini yemirib, tabaqaviy quldorlik jamiyati va 
eng qadimgi mustabid davlatlarning vujudga kelishiga sabab bo'lgan. 
Urushlar va tashqi savdo misrliklarning qo'shni mamlakatlar bilan tanishish va 
aloqa bog'lashiga imkoniyat yaratgan. Shu munosabat bilan misrliklar O'rtayer 
dengizining sharqiy viloyatlari va Mesopotamiya aholisi madaniyatidan juda ko'p 
narsalar oiganib, o'z o'rnida bu xalqlar madaniyatining rivojiga ijobiy ta’sir 
ko`rsatgan. Bunga Misrning geografik o'rni ya’ni 3 qit'a – Afrika, Osiyo va 
Yevropa chegaralari tutashgan yerda joylashganligi ham birinchi yordam bergan. 
Shuningdek fir’avnlar, arkoni davlat, qo'shin, ruhoniylar va ko'p sonli Misr 
aholisini oziq-ovqat bilan ta ’minlashning asosiy manbayi hisoblangan yer bilimi 
va u bilan bog'langan ziroatchilik misrliklar madaniyati rivojining eng muhim 
omillari bo`lgan. 
Misr insoniyat madaniyatining eng qadimgi markazlaridan biri hisoblanadi. Yozuv 
ma’naviy madaniyatning ajralmas qismidir. Qadimgi misrliklar bundan 6-7 
mingyillar muqaddam belgi-rasmlar shaklidagi iveroglif yozuvini kashf etganlar. Bu 
yozuvlar 750 belgi-rasmlardan iborat bo'lgan. Misr yozuvida narsa va hodisalar har 
turli rasm va belgilar yordamida ifoda etilgan. Masalan, suv so‘zi uch qator 
to'lqinsimon chiziq, tog‘ so'zi ost tomoni tekis. yuqori tomoni qabariq, o'rtasi botiq 


shakl bilan ifoda etilgan. Qo'lida o'q-yoy ushlab turgan odam rasmi jangchi, o'roq 
ushlab turgan kishi tasviri esa o'rmoq degan ma'noni bildirgan. Keyinchalik belgi-
rasm shaklidagi yozuv takomillashib soddalashtirilgan. Zamonlar o'tishi bilan belgi-
rasm shaklidagi yozuvlar alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik davrida 
misrliklar yozuvida 24 ta asosiy tovushni bildiradigan alifbo tizirni paydo bo'lgan. 
Misrliklar dastlab alifbo va xatlarni tosh, yog‘och, po'stloq, taxta, teri kabi 
buyumlarga yozganlar. Nil sohillarida o'sadigan papirus o‘simligining barglaridan 
esa yozuv qog‘ozi o`rnida foydalanilgan. Misrliklar papirus barglaridan varaqlar 
tayyorlab, varaqlarni bir-biriga ulab uzunligi 45 metrgacha 
papirus o 'ram lari tayyorlaganlar. Zaruriy ma`lumot, hodisa va boshqa narsalar 
papirusga yozib berilgan. Unga qamishdan tayyorlangan yozuv asbobi bilan 
yozilgan. Bu misrliklarning o‘ziga xos kitobi edi. Misrning turli joylaridan 
arxeolog olimlar qadimgi ‘'papirus kitob"larini topishgan. Qadimgi Misr 
iyerogliflarini. Tilshunos olimlar oiganishga urinib koiganlar. Lekin ular bu sohada 
aytarli natijalarga erisha olmaganlar. 
Mashhur fransuz olimi J.F.Shampalon Misr iyerogliflarini o'qib chiqib, 
shuhrat qozongan. Misr tarixini o'rganishda ‘Rozzet" bitiktoshi ham katta 
ahamiyatga ega bo`lgan. 
Misr yozuvi asosiy e`tibori bilan ideografik xat bo’lib, unda har bir 
tushuncha muayyan tasvir belgi ieroglif bilan ifodalanadi. “Ieroglif” yunoncha so’z 
bo’lib, lug’aviy ma`nosi “Muqaddas belgi”. 
Misr yozuvi sistemasida uch hil belgi ajralib turadi: 
1. His tuyg’u bilan idrok etiladigan narsalarni tasvirlovchi ideogrammalar. 
Bunda biror so’zni ifodalash uchun aynan shu so’zni ifodalovchi buyum yoki 
predmetning o’zini rasmi chiziladi. 
2. His tuyg’u bilan idrok etiladigan harakatlar. Bunda biror harakatni 
belgilarda ifodalamoq uchun aynan o’sha harakat rasmi chiziladi. Masalan, 
“uchmoq” so’zini ifodalash uchun, qushning qanot qoqib ketayotgan rasmi 
chiziladi, “yig’lamoq” so’zini ifodalash uchun, ko’z va ko’zdan yosh oqayotganligi 
tasviri tushiriladi va hakozo. 
3. Mavhum tushunchalarni tasviriy yul bilan ifodalash. Masalan, “keksalik” 
so’zini ifodalash uchun, odamning xassaga suyangan rasmidan foydalanishgan, 
“topmoq” so’zini ifodalash uchun esa laylakning engashgan holda, tumshug’ida 
qandaydir narsani ushlab turgan holatidan foydalanilgan va hakozo. 
Mavhum tushunchalarni ifodalash uchun fonetik belgilar ham qo’llanilgan. 
Eshitilishi bir-biriga o’xshash, lekin ma`nosi har hil so’zlar, ya`ni omonimlar 
shunday belgilar bilan ifodalangan. Xa, bir-biriga o’xshash, lekin aynan bir hil 
bo’lmagan “hol” (yuzdagi hol) va “hol” (hol-axvoli ma`nosida) singari so’zlar bir 
hil belgi bilan ifodalangan bo’lishi mumkin. 
Yuqorida aytib o’tilgan “determinativlar” yoki “ochqich belgilar”, garchi 
talaffuz etilmagan bo’lsada juda katta ahamiyatga molik deb hisoblangan. Ular 
bitta belgi bilan ifodalangan omonimlarni bir-biridan farqlashga xizmat qilgan. 
Misr belgilarining aksariyat ko’pchiligi determinativga ega. Masalan, jins 
determinativi : erkak kishining ismidan keyin erkak bilan bog’liq bo’lgan ifodadan 
so’ng o’tirgan erkakni tasvirlovchi belgi va aksincha, ayol kishi ismidan keyin yoki 


aloqador ifoda oxirida ayolni tasvirlovchi belgi qo’yilgan. Mamlakatlar 
determinativi – kattaligi cheklangan bir parcha yer, vaqt determinatvi – quyosh 
gardishi, ish harakatlar determinativi - biron yumush bilan bog’liq qo’l, mavhum 
tushunchalarniki – qo’lyozma o’rami bilan ifodalangan. 
Misrliklarning o’z fikr muloxzalarini yozma ravishda bayon etishlariga 
yordam bergan bu belgilar ikki ma`no kelib chiqishini istisno etgan. 
Endi belgilarning joylashishi xususida. Xatni yozish yo`nalishi qat`iy 
belgilanmagan. Biz chapdan o’ngga qarab yozamiz, Misrliklar esa kamdan-kam 
hollardagina chapdan-o’ngga qarab yozganlar. Ularga belgilarni o’ngdan chapga 
yozish ko’proq ma`qul kelgan. Lekin belgilar ustun tarzda, yuqoridan pastga 
qarab qo’yib chiqilgan. 
Ism va nomlar “rebus” uslubida yozilgan, biroq bu yozuvlarda unli tovushlar 
yo’q. Misrliklar tilida bir undosh va unlilardan tarkib topgan bir bo’g’inli so’zlar 
bo’lgan, lekin unli tovush yozuvda ko’rsatilmaganligi sababli, bir bo’g’inli so’zlar 
harfga o’xshash shaklda yozilgan. Lekin, bundan, Mirsliklar harfni ixtiro qilganlar 
degan ma`no kelib chiqmaydi. U zamonlarda kishilar o’z nutqlarini bo’g’in va 
tovushlarga ajratishini bilmaganlar, shuning uchun bunday belgilarni harf deb 
tushunmaganlar. Yuqorida biz Misr yozuvini ieroglif deb atadik. Aslini olganda 
bunday deyish to’g’ri emas, Yozuv tushunchasining ma`nosi kengroq. Gap 
shundaki Misrliklar uch hil: ieroglif , ieratik va demotik yozuvlardan 
foydalanganlar.
Ieroglifika yozuvi asosan hashamatli yodgorliklarda qo’lanilgan. 
Ieratika (yoki kitob) yozuvi belgilarining oddiyligi bilan ajarlib turadi; bu 
yozuv o’zining rasmlik hususiyatni biroz yo’qotgan. Ieratika belgilari papirus 
qog’oziga tushirish jarayonida shaklangan va dunyoviy kitoblar hamda xat-
xabarlar uchun qo’llanilgan. 
Diniy yozuvlar ham ieratikada yozilgan. Ieratika yozuvidan iborat eng 
qadimgi yodgorlik miloddan avvalgi 3000 yillikka mansub. 
Demotika yunoncha “demos” so’zidan olingan bo’lib, xalqchil ma`nosida 
yoki tezxat. Bu xat belgilarning shaklini tobora soddalashtirish jarayonida 
miloddan avvalgi VII asrda shakllandi
1

Bizga ma`lumki, Misr dunyoning eng qadimgi madaniyat o’choqlaridan 
biridir. Bu yerda miloddan avvalgi IV mingyillikda davlatlar paydo bo’lgan. 
Miloddan avvalgi III ming yillikda bu yerda fir`avnlar maqbaralari – ehromlar 
qurila boshlagan. Ana shu ehromlar ichida toshlarga o’yilgan yozuvlar mavjud. 
Qadimgi Misrliklar narigi dunyoda ham hayot borligiga ishonishgan. Bu 
ishonch shunchalik qat`iy ediki, ular bir umr o’zlarini narigi dunyoga 
tayyorlashgan. Albatta, bunday hayotga erishish tashvishini ko’proq fir`avnlar 
chekishgan. Ular o’zlari uchun ulkan maqbaralar qurishgan. Ular bu ehromlarni 
turli uy-ro’zgor buyumlari, oltin va qimmatbaho buyumlar bilan bezashgan. Shu 
yerda arxeologlarni bir narsa o’ylantiradi. O’zida qimmatbaho metallarni koni 
bo’lmagan Misr shuncha boylikni qayerdan olib kelgan? Javoblarni eng avvalo 
ehrom ichidagi – devorlardagi ierogliflardan izlashgan. Ularda Misr hukmdorlari 
1
 
WWW.ziyouz.com
 kutubxonasi. 641-bet. 


hayotidan hikoyalar talqin etilgan. Bundan 3,5 ming yil avval, ya`ni miloddan
avvalgi XVI asrda Nil bo’yidagi buyuk mamlakatda Xatshepsut ismli fir`avn ayol 
hukmronlik qilgan. Uning go’zal siymosi Karnoqdagi Dayr-al-Baxri ehromida 
ham aks etgan. Ehrom uning maqbarasi bo’lishi kerak edi. Shuning uchun ham 
unga katta e`tibor berilgan. Uning ayvoni xushbo`y Mirra daraxtidan ishlangan. 
Misrda esa bunday daraxt bo’lmagan. Shu kabi, boshqa daraxtlarni, qimmatbaho 
maxsulotlar va oltin olib kelish uchun Xatshepsut besh kemadan iborat savdo 
ekspeditsiyasini tashkil etadi. Karvon dengiz ortidagi Punt mamlakatiga yo`l oladi 
va zafar bilan qaytadi. Bunday yurishlarning har qadami haqida ehromning 
devorida yozuvlar va sur`atlar mavjud. 
Ulardan biridagi ieroglif bunday hikoya qiladi: 
“Kemalar Punt mamlakatining ajoyib narsalari turli o’simliklar, mirra va 
obnus daraxtlari, fil tishlari, toza oltin va boshqa narsalar bilan to’ldiriladi”. 
Qadimgi o’ymakorlar Punt mamlakatidagi xabashlar, palma, maymun va 
qurilishlarni tasvirlaganlar. Afsuski rasmlarning bir qismigina saqlanib qolgan 
holos. Qadimgi Misrliklarning Puntda bo’lganliklari haqida boshqa qadimiy 
yozuvlar ham guvohlik beradi. Ularning biridan ma`lum bo’lishicha, 
fir`avnlardan biri Sapura davrida 80 ming mira, 6000 o’lchov birligidagi elektrium 
(oltin va kumush quymasi), va 2600 bo’lak qimmatbaho daraxtlar olib kelish bilan 
yakunlangan. 
Rus olimi V. S. Golenishchev 1888-89 yilning qishida Mirsga sayohat qiladi. 
Mana shu sayohat davomida u miloddan avvalgi 3 ming yillik oxiriga oid 
Axmimdagi yozma va tasvir yodgorliklari haqida tadqiqot olib boradi. Uning u 
yerda olib borgan tadqiqotlaridan yodgorlik sifatida olib kelgan yodgorlik 
buyumlari 1911 yildan buyon A.S. Pushkin muzeyida saqlanadi. Bu quyi Misrdan 
topilgan yodgorlik asosan bir harbiy rahbarning qabr toshidagi yozuvlar haqidadir. 
Bu qabr tosh taxtadan tayyorlagan qalinligi 2 mm dan 3,5 mm gacha, eni 10-20 sm 
gacha, ba`zi joylari 30-60 sm. taxta yodgorlikning uzunligi 1m 80 sm. qabr tosh 
cho’l yulg’unidan tayyorlangan. Shu yulg’undan alohida taxta mixlar hozirlangan 
va shu mixlar yordamida qabr tosh devoriga qoqilgan. Taxtadagi yozuv ierogliflar 
va zangori rangda berilgan. Olim taxtachani tekshirayotib bir so’zni ifodalovchi 
ikki hil ieroglifga e`tibor bergan. Ya`ni qadimgi Misr omochini ikki shakli ayni bir 
so’z “sevmoq” ni ifodalagan. Biz yuqorida aytganimizdek Misrda uch hil yozuv 
bo’lgan. Ieroglif, demotik, ieratik. Ana shu misol yozuv uch turining isbotidir. 
Taxtachda jangchi so’zi qurol ushlab turgan odam qiyofasida berilgan. Harbiy 
boshliq esa qurol ushlab yurib ketayotgan jangchi sifatida ko’rsatilgan. 
Endi Axmimdagi qabrtosh haqida. Qabrtosh taxtachaning qopqog’i – bu 
taxtacha har biri qalinligi 3 mm bo’lgan kedr faneridan tayyorlangan. Qopqoqchani 
uzunligi 196,5 sm, eni 44,7 sm, qalinligi 7,8 sm. bu taxtacha yaxshi saqlangan 
bo’lib, Yozuv ostidan va ustidan oq chiziqlar tortilgan. Bu oq chiziqning
yozuvdan uzoqligi 0,9 sm dir. Ieroglif qatorning balandligi esa 7 sm. qabr toshidagi 
yozuvlar quyidagilardir. 
“Podsho va Anubis, Sp.Hokimi hudo ibodatxonasiga boshchilik qiluvchi, 
iltifot qiluvchi va chaqiruvchi, dunyoga ajoyib bir hokimlik qilish uchun 


jo’natilgan, qabristonda o’zining maqbarasi bor, u hudoning oldida haqiqiy 
podshoh, osmon hokimi.” 
Ko’ndalang kesilgan taxta fragmenti. 
Bu fragmentning kengligi 4,5 sm, balandligi (qanchalik saqlanib qolgan 
bo’lsa shuncha) 29,8 sm qalinligi taxminan 5 sm, oxiri yemirilgan bo’lib 3,2 sm 
tashkil etadi. Fanerlarning qalinligi 1,2-3,5 mm ni tashkil etadi.
Taxtachaning oxridan boshiga qarab 45 gradusda yemirilgan.
O`ng yon boshdagi taxtachaning uzunlgi 196,5 sm, balandligi 52,5 sm, 
qalinligi (fanerasiz) – 5,2 sm. bu taxtachaning oxiridan boshlab ichkarisigacha 45 
gradus yemirilgan. Yozuvning ostki va ustki qismida 1 sm qalinlikda oq chiziq 
ortilgan. Ierogliflik qatorning balandigi 6,7-7 sm. taxtcha ikki qatorli yozuvlardan 
iborat : 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling