4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad


-20-sulolalar davrida Misr podsholigi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana07.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1081734
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
4- Maruza

 
4.19-20-sulolalar davrida Misr podsholigi. 
19-sulola davrida Misr (Mil.avv.XIV-XI asrlar). Mil.avv. XIV asr 
o'rtalariga kelib Misrda ahvol og'irlashgan. Mamlakatda xo'jalik izdan chiqqan. 


Suriya, Falastin va Nubiya mamlakatlari Misrga itoat etmay qo'yganlar. Ana 
shunday og'ir sharoitda nomarxlarning zodagon urug'idan bo'lgan Xoremxeb 
to'ntarish yasab Misr taxtiga o'tiradi. U 19-sulolaning asoschisi bo'lib. Mil.avv. 
1334-yilda hokimiyat tepasiga kelgach, Aton e'tiqodini bekor qiladi, eski Amon e 
’tiqodini tiklab, uning ruhoniylariga katta imtiyozlar beradi. Xoremxeb bir necha 
ma'muriy islohotlar o ’tkazib qo'shinni qayta tuzadi, soliq tizimini tartibga 
keltiradi, o'g'irlik, askarlarning talonchiligi va amaldorlarning poraxo'rligiga qarshi 
choralar ko`radi. Og‘ir jinoyatchilarga qarshi o`lim jazosini joriy etadi. 
U tashqi siyosat masalasiga katta e'tibor bilan qaraydi. Suriya, Falastin va 
Nubiyaga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtiradi. Xoremxeb mamlakat 
xo'jaiigini yaxshilash uchun choralar ko'radi. U Mil.avv. 1306-yilda vafot etadi. 
Uning vorislari Ramzes I, Seti I lar davrida Misr ham harbiy, ham iqtisodiy 
jihatdan kuchayib yuksaladi. Seti I davrida Misr qo'shinlari Suriya, Falastin va 
Finikiya ustiga bostirib borib, Tir, Magiddo, Kadesh kabi shaharlarni bosib oladi. 
Seti I davrida Falastindagi hokimlar qo'zg'oloni bostiriladi. Harbiy yurishlar 
natijasida Misrning O‘rtayer dengizi sharqiy sohilidagi mamlakatlar ustidan 
bo‘lgan ta ’siri kuchayadi. 
Natijada bu mamlakatlar bilan Misrning aloqasi izga tushiriladi. Misrda 
qishloq xo'jaligi. hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlanadi. 
Ramzes II va vorislari davrida Misr podsholigi. Seti I vafot etganidan 
so‘ng Misr taxtiga uning o‘g ‘li Ramzes II (Mil.avv. 1290—1224) o'tiradi. U Misr 
tarixida Meriamon - “Amonning sevikli fir’avni” nomi bilan mashhur boig an . U 
mamlakatda 66 yil podsholik qilib, mamlakat obodonchiligiga katta e'tibor beradi. 
Ramzes II davrida yangi yerlar o‘zlashtiriladi. yangi-yangi kanallar qazilib, to'g'o n 
va suv omborlari barpo etiladi, sug'orish tarmoqlari kengaytirilib, dehqonchilik 
rivoj topadi. Nil daryosi kanallaridan suv olib yuqoriga chiqariladigan shoduf va 
charxpalaklar takomillashtirilgan. 
Ramzes II O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi rnamlakatlarni bosib olish 
uchun Kichik Osiyodagi xettlar bilan qattiq va uzluksiz kurash olib boradi. U 
Mil.avv. 1296-yilda bo'lib o'tgan jangda xettlardan yengilib asir tushishiga oz 
qoladi. Mil.avv. 1290-1280-yillar orasida Misr bilan Xett davlati o'rtasida qonli 
janglar bo'lib o'tadi. Urushda goh Xett, goh Misr qo'shinlari g'olib chiqqan. 
Nihoyat Mil.avv.1280-yilda Ramzes II bilan Xett podshosi Xettusili III o'rtasida 
tinehlik va do'stlik bitimi tuziladi. Sulhga ko'ra ikki mamlakat podsholari bir-biriga 
bar tomonlama yordam berishga kelishib olishadi. Ana shu bitimning misr va 
akkad tillarida yozilgan nusxalari bizgacha yetib kelgan. Bitimda mingta Xett va 
mingta Misr xudolari garov qilib qo'yilganligi bayon etilgan va qonunlashtirilgan. 
Bitimga muvofiq Suriyaning shimoli Xett davlatiga. Janubiy Suriya, Falastin 
va Finikiya sohillarining katta qismi esa Misr tasarrufiga o'tgan. 
Ramzes II davrida Misr qo'shinlari Nubiyaga ham bir necha bor harbiy 
yurishlar uyushtirgan. Misr qo'shinlari u yerdan juda ko'p boylik va o'ljalar bilan 
qaytgan. Nubiyadan Misrga juda ko'p qullar olib kelingan. Ramzes II davrida 
Misrda dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq yuksalgan. Misr harbiy 
jihatdan sharqning eng qudratli davlatiga aylangan. Ramzes II Mil.avv. 1224-yilda 


vafot etadi. Taxtga uning o'g'li Merneptax o'tiradi. Merneptax davrida (Mil.avv. 
1224—1214) Misrning kuch-qudrati susayadi. 
Bundan foydalangan g'arbiy cho'l qabilalari Misrga bostirib kirib, Memfes 
shahrini qamal qiladilar. Shimoldan "dengiz xalqlari" Misrga bostirib kiradi. Misr 
qo'shinlari qo'shni qabila va xalqlar hujumini qaytaradi. Shu davrda Suriyada 
Misrga qarshi qo'zg'olon ko'tariladi. Misr qo'shinlari Suriya shaharlaridagi 
qo'zg'olonlarni qiyinchilik bilan bostiradi. Misrning o'zida suriyalik lrou degan 
kishi qullar va osiyolik yollangan jangchilarga tayanib qo'zg'olon ko'taradi. 
Qo'zg'olonchilar boylar va ibodatxonalaming mulklarini talaydilar. Misr qo'shini 
qo'zg'olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. Qo'zg'olonchilar qattiq jazolanadilar. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling