4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/24
Sana07.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1081734
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
4- Maruza

Qadimgi Misr tabobati. Qadimgi Misr issiq mamlakat bo`lganligi uchun 
turli kasalliklar ko'p bo'lgan. Misr tarixidagi ko'pdan-ko'p janglar, istilolar va ichki 
urushlar natijasida ko‘plab aholi, jangchilar jarohatlanganlar. Ularni davolash 
ehtiyoji Misrda tabobatning juda erta shakllanishiga turtki bo'lgan. 
Qadimgi solnomalar Misrda Mil.avv. IV mingyillardayoq dastlabki 
shifoxonalar bo'lganligi haqida hikoya qiladi. Mil.avv. 3600-yilda Memfis shahrida 
afsonaviy tabib Imxoteb sharafiga maxsus ibodatxona qurilgan. Bu yerda 


bemorlarga tibbiy yordam berish uchun alohida xonalar ajratilgan. Shifoxonada 
tabobatni yaxshi biladigan tabib - kohinlar ishlagan va bemorga tashxis qo'yib 
ularni davolagan. 
Misrning Sais, Geliopolis kabi shaharlarida tabiblar tayyorlaydigan maxsus 
tibbiy maktablar bo'lgan. Ayni paytda misrlik tabiblar tabobatga bag'ishlangan 
kitoblar ham yaratganlar. 
Misr tabiblari mo'miyolash uchun odamning ichki a’zolarini jarrohlik yo'li 
bilan ochganlar. Shu sababli ham ular odamning hamma a’zolarini puxta bilganlar. 
Tabib-hakimlar kasallikni aniqlashda kishining tashqi holati va tomir urishiga 
alohida e’tibor qaratganlar. Tabiblar ko'z, bosh, tish, ichki, ruhiy kasalliklar, 
singan-chiqqan va boshqalar bo'vicha ixtisoslashgan. Ular jarohatli 
bemorlarni jarrohlik yo'li bilan davolashda maxsus mis va jez asboblardan 
foydalanganlar. 
Qadimgi Misrda Erazistrat, Xerofil, Imxoteb va Koslik Filipp kabi mashhur 
tabiblar faoliyat ko'rsatgan. Tabiblar bemorlarni davolashda shifobaxsh o'simlik, 
meva 
va 
turli 
hayvon 
mahsulotidan 
tayyorlangan 
dori-darmonlardan 
foydalanganlar. Misr tabobati jahon tabobatida alohida o'rinni egallagan. Misrliklar 
veterinariya sohasida ham muayyan bilimga ega bo'lganlar. 
Qadimgi Misrda tarixiy va geografik bilimlar. Qadimgi misrliklar tarixiy 
va geografik bilimlarga qiziqib qaraganlar. Misr tarixiga oid dastlabki tarixiy 
maTumotlar shifer lavhalariga, fil suyagi bo'laklariga, qora yog'och taxtachalariga, 
Palemos toshi, ibodatxona devorlariga bitilgan yozuv va yilnomalarda saqlanib 
qolgan. Bu jihatdan "Tutmos III yilnomasi” qimmatlidir. Qadimgi Misr haqida 
papiruslarga yozilgan turli ma’lumotlar ham muhimdir. Qadimgi yunon tarixchisi 
Gerodot o'zining "Tarix” kitobida Qadimgi Misr haqida juda ko'p ma’lumot beradi. 
U o'z kitobida “Misr - Nil tuhfasidir” deb yozgan edi. 
Qadimgi misrliklar geografiya fani sohasida ham muayvan bilimlarga ega 
bo'lishgan. Ular yerning chetlari tog'lar bilan o'ralib, atrofi oqib turadigan okean 
suvidan iborat deb tasavvur qilganlar. Misrliklar yerning Nil oqib keladigan tomoni 
janub, O'rtayer dengizi tomoni shimol, daryoning so`l tomoni g'arb, o'ng tomoni 
sharq deb hisoblagan. Qadimgi Misr geograflari o'z oikalari va Arabiston 
yarimoroli xaritasini ham ehizganlar. Arabiston cho‘llaridagi oltin konlari 
belgilangan xarita zamonamizgaeha saqlanib qolgan. 
Qadimgi misrliklar konchiliL ob-havo. iqlimshunoslik va boshqa sohalarda 
ham ancha bilimlarga ega bo'lgan. Ma’lumki, din. Xususan qadimgi Sharq xalqlari 
dini kishilar turmush tarzidagi ijtimoiy hodisa bo‘lib, ma'naviy madaniyatning 
ajralmas qismini tashkil etadi. Misrliklar eng qadimgi davrdan boshlab milodiy 
III—IV asrlargacha uzoq tarixiy taraqqiyot u o iin i bosib o'tgan. Ular turli fanlar 
sohasida ko‘plab bilimlarga ega bo'lsalar ham hali tabiat hodisalari oldida ojiz 
edilar. Ular Nil toshqini, zilzilalar. Sahroyi Kabir tomondan esadigan qum 
bo‘ronlari. momaqaldiroq. sayvoralar va yulduzlarning harakatida qandaydir 
g'ayritabiiy kuch bor deb tasavvur qilganlar. Bu hodisalar misrliklarning dini va 
e’tiqodida o'z ifodasini topgan. 
Qadimgi Misr xalqlari ham din va diniy e'tiqodlarining xilma-xil 
ko‘rinishlarini o'z turmush tarzlarida namoyon etganlar.Misrliklar e’tiqod qiladigan 


xudolarning ko'pligi bilan butun Sharq dunyosida dastlabki o'rinlarda turadi. 
Manbalarda keltirilishicha, “Misr - ming xudolar mamlakati” deb tilga olinadi. 
Qadimgi Misrda ibtidoiy din shakllaridan fetishizm, totemizm, animizm, 
quyoshparastlik, podshoni ilohiylashtirish, har xil tabiat hodisalariga va Misr 
podsholari - fir’avnlarga sig'inish mavjud bo'lgan hamda keng tarqalgan edi. 
Xrsitianlik dini tarqalgungacha bo'lgan davrda Misrda yaratilgan diniy 
matnlar va vodgorliklar uning taraqqiyotini urug'chilik jamoasi yemirilgan vaqtdan 
boshlab kuzatishga imkon beradi. Misrliklar ijtimoiy tuzumining va umiiman 
butun tmadaniyatning sekin rivojlanganligi dinning ibtidoiy shakllari sarqitlarining 
juda uzoq davr mobaynida saqlanib qolishi uchun zamin bo'lib xizmat qilgan. 
Bunga Misr tarixining hamma davrlarida buyumlarga va hayvonlarga e'tiqod 
qilishning keng tarqalganligi ham sabab bo`lgan. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling