4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4- Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiatga siginish.
Fetishizm e’tiqodi. Fetishizm eng qadimgi e'tiqodlardan biridir. Fetishizm -
ibtidoiy din shakllaridan biri boiib, u butun dunyo, qadimgi Sharq xalqlarining diniy e'tiqodida muhim o'rin tutib kelgan. Bu din aslida ibtidoiy qabilalar xudo deb bilgan narsalar, odamlar so‘zsiz va ko'r-ko'rona topinadigan, xudo darajasiga ko'targan narsa, buyum, masalan, pul fetishiga sig'inishdir. Misrliklar e'tiqodicha fetish buyumlar sehrli va muqaddas hisoblangan. Misrda juda qadim zamondan boshlab ma'buda Neytning muqaddas ramzi bo`lgan o‘q-yoyga topinganlar. Shuningdek, xudo Sopduning o'tkir tishlariga, xudo Uxning pay va tasmalar bilan bezatilgan hassasiga, xudo Minaning yog‘ochdan ishlangan buyumiga siglnganlar. Shunday qilib, qadimgi misrliklarda xudolarning ayrim buyumlarini sehrli deb hisoblab. ularga topinish fetishizm e'tiqodi deyiladi. Tabiatga siginish. Tabiatdagi buyumlar va hodisalarga siginish misrliklarning qadimgi e’tiqodlaridan biri hisoblanadi. Misrdan g'arb tomonda ulkan Sahroyi Kabir cho`li yastanib yotadi. Vaqti-vaqti bilan cho`l tomondan Nil vodiysiga qum aralash dahshatli dovul esib turgan. U tomonlarda har turli yirtqichlar izg`ib yurgan, hayvonlar odamlarga, ekin maydonlariga ko'plab zarar keltirgan. Cho`lda yashagan ko‘chmanchi qabilalar esa vodiyga bostirib kirib, talonchilik, odamlarni o'ldirib vahshiyliklar qilgan. Qadim zamondan boshlab misrliklar tog'larga, muqaddas toshlarga sig`ingan. Misr dehqonlari va aholisi Muqaddas Yer xudosi Jeb, suv xudosi Nunni ilohiylashtirganlar. Suv ularga butun tabiatning asosi bo`lib ko'ringan. Chunki Nil suvi atrofi jazirama sahro bilan o'ralgan misrliklar uchun muqaddas hisoblangan. Misrliklar Nil daryosini ilohiylashtirib uni Xapi deb ataganlar. Suvni muqaddas bilib va ilohiylashtirib, unga topinish hamma uchun muqaddas burch bo`lgan. Suv xudosi boshi ajdaho, tanasi odam qiyofasida ifoda etilgan. Misrliklar quyosh va uning yerdagi ramzi bo'lgan olov-otni ham ilohiylashtirganlar. Rivoyatga ko'ra, tanasi odam, qarchig‘ay boshli Quyosh xudosi Ra xudolar podshosi hisoblangan. U har kuni oltin qayiqchasida osmonni kezib chiqadi va g‘arbga tushadi. Misrliklar Raga atab ibodatxonalar qurgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling