4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4- Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misr fir’avnlarini ilohiylashtirish.
Misr xudolari. 1. Geb - "muqaddas yer”, "tabiatning onasi, ma'buda va yerning azaliy xudosi” hisoblangan. 2. Nun - dastlabki suv xudosi. 3. Xapi - Nilning ilohiylashtirilgan nomi. 4. Osiris - “tabiat kuchlariga haj^ot baxt etuvchi xudo” hisoblangan. o'simlik va suv xudosi. 5. Gor - Quyosh xudosi. 6. Isida -y om g ir ma’budasi. 7. Sobk - suv girdobi xudosi. 8. Go'zal - Turn - Norfertum - o'simliklar ma’budasi. 9. IJajic - zaharli ilon qiyofasidagi ma’bud. 10. Apis - muqaddas buqa ma’budi. 11. Mnevis - muqaddas buqa ma’budasi. 12. Xnum - ijodiy kuch xudosi, ma'budi. 13. Amon - xudo, Fivaliklar xudosi, qayirma shoxli qo'chqor qiyofasida tasvir etilgan. 14. Xatxor - muqaddas sigir ma'budi. 15. Ra - qadimgi podsholik davri oliy Quyosh xudosi. 16. Amon - Ra - yangi quyosh xudosi. 17. Misr fir’avnlari - “ezgu xudo”, "ulug' xudo" quyosh qonidan yaratilgan, uning farzandi deb uni ilohiylashtirganlar. 18. Unnafar - Onufriy - dehqonchilik xudosi hisoblangan. U ko'karib turgan boshoqlar shaklida tasvirlangan va uni ezgu "sohibjamol” (Unnafar. Onufriy) obirahmat xudosi deb ulug'langan. 19. Set - yovuz xudo - o‘lim va cho'l mamlakatlari xudosi hisoblangan. 20. Aton - yangi podsholik davridagi yagona quyosh xudosi. Exnaton davri xudosi. Misr fir’avnlarini ilohiylashtirish. Ma’lumki, 3-4-sulola namoyandalari podsholik qilgan davrda ular cheksiz hokimiyatga asoslangan Qadimgi Misr despotiyasi tashkil topgan. Mazkur despotiya podshoning ilohiyligi haqidagi ta'limot negiziga qurilgan diniy e'tiqodlar majmuasi yordami bilan mustahkamlab berilgan. Manbalarga ko'ra, "Misr ming xudolar” mamlakati hisoblangan. Misr aholisi fir’avn hayoti vaqtidayoq xudolarga sig'ingandek unga sig‘inganlar. Fir'avn oigandan keyin esa uni yer xudosi, osmon xudolarining merosxo'ri sifatida toshdan qurilgan g'oyat katta maqbaralarga dafn etganlar. Mil.avv. VI—V asrlar fir’avnlari piramidalarining dafnxona devorlarida yozilgan yozuvlar podshoni ilohiylashtirish bilan bogiiq bo'lgan diniy e’tiqodlarni yorqin tasvirlab beradi. "Piramidalar matni” deb atalgan bu bitiklar o'sha zamondagi diniy e ’tiqodlarning butun tizimini batafsil tasvirlab beradi. Podsho bu yozuvlarda tangri sifatida tasvirlangan. Bir yozuvda shunday dey ilgan: ‘'Ey Pepi, sen Osiris siymosidagi xudo kabi uning taxtida o'tiribsan". O‘lgan podshoning osmonda xudolar orasida paydo boiishi matnlarda yangi xudoning paydo bo'lishi deb tasvirlangan. Podsho hokimiyatini ilohiy Iashtirish g'oyasi bir qator tantanali marosimlar, urf-odatlar va bayramlar vositasi bilan rejali, tashkiliy ravishda amalga oshirilgan. Sakkarada Joserning zinapoyasimon piramidasi atrofida o'tkazilgan qazishmalar natijasida bir qancha katta va kichik ibodatxona va butxonalardan iborat katta me’moriy majmua topilgan. Mazkur ibodatxona va butxonalarda ilohiylashtirilgan marhum podsho ruhini yo'q lash marosimlari o'tkazilgan. Podsho hayot vaqtida ham xudo timsolida tasvirlangan. Ibodatxonalarda eng muhim diniy marosimlarni o'tkazishga, xudoga har xil tortiqlar berish rasmini ado etishga faqat podshoning o‘zi haqli bo'lgan ekan. Bu davrdagi afsonalarda podsholarning Quyosh xudosi bilan oddiy, dunyoviy xotin o'rtasida bo'lgan g'ayritabiiy nikoh natijasida mo'jizaviy tug'ilishlari haqida hikoya qilinadi. Matnlarda bayon qilinishicha, podsho xudoning merosxo'ri va o’g'li sifatida tasvirlangan. Podshoga “Ulug' xudo” va “Xushbaxt xudo” degan dabdabali unvonlar berilgan. Podsho doimo boshqa hamma odamlardan ko'ra ulug' va baland qilib tasvirlangan. Ba’zan podsho g'ayritabiiy mavjudot sifatida odam boshli mavjudot, masalan, odam boshli arslon – sfinks ko'rinishda tasvirlangan. Misrlik adiblar Misr xudolari haqida ko'pgina adabiy asarlar, miflar va rivoyatlar yozib qoldirganlar. Shunday qilib, Misr va misrliklar dini ular ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Misr va misrliklar dinida qadimdan boshlab ularning xo'jalik hayot tarzi, ijtimoiy-iqtisodiyoti va madaniyati u yoki bu darajada o 'z ifodasini topgan. Shu bois Misr xalqlari tarixi, xo' jaligi, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi tarixini o'rganishda misrliklar dini muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Xulosa sifatida shuni aytish joizki, Qadimgi Misr va misrliklar jahon madaniyati tarixida o'zining munosib o'rniga ega bo'lgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling