4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/24
Sana07.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1081734
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
4- Maruza

Birinchi qatorda. 
“Podsho va Anubis, o’zining bog’ida joylashgan, ibodatxonalar mamlakat 
hokimi, iltifotli va hayr ehsonli, hudoning haqiqiy va buyuk do’sti, osmon hokimi, 
sag’anasi qabrdadir” 
Ikkinchi qatorda 
“Fir`avn va Anubis, hudo ibodatxonasining hokimi, unga hayr ehsonlar 
bo`lsinkim, u qabrda Quyi Misr podshosining yagona do’sti, ota onasini jondan 
sevuvchi, harbiy boshliq - spsj yotibdi, uning haqiqiy ismi, spsj-pw-mnw”. 
Uchinchi qatorda 
Taxtacha uzunligi 196,5 sm, balandligi 52,5 sm, qalinligi 5,2 sm fanerlar 
qalinligi 2-3 mm. Bu taxta to`rt qismdan iborat bo’lib, 1) Ierogliflarning gorizontal 
qatori (yuqoridagi oxirgi qator) 2) ko’z rasmi Wdztj va uning ustida 
ierogliflarning gorizotal qatori. 3) ko’z rasmi ostida 5 ta sopol idish va 2 ta 
yuvinadigan idish. 4) marhumga bag’ishlangan buyumlar nomi yozilgan qator. 
Birinchi qatordagi Yozuv quyidagicha 
1)“Podsho va Osiris, Busiris shahrining hokimi, g’arbiy tomonga boshchilik 
qiladigan, Obidos shahrining hokimi, hayr ehsonli, tota bayrami, hudoning ajoyib 
bayrami, knyaz, harbiy qo’mondon, saroy boshqaruvchsisi spsj-pw-mnw”/ 
2) Wdztj ko’z rasmi, bundagi yozuv quyidagicha: “Knyaz, quyi Misr 
xazinachisi, podshoning yagona do’sti, saroy boshqaruvchisi, harbiy qo’mondon 
spsj” 
3) 5 ta idishdan iborat fragmentda esa asosan masalliq nomlari ko’rsatilgan. 
4) bu bo’lim 2 qatorli ierogliflardan iborat, qator asosida paqircha shaklidagi 
idish mavjud 
Demak bu qabr tosh Misr fir`avni harbiy qo’mondoni Anubisga tegishlidir. 
Yodgorlik asli o’tgan asr oxirida V.S. Golenishev tomonidan Yuqori Misrdan
ya`ni Axmimdan topilgan va hozirda A.S. Pushkin nomli davlat san`at muzeyida 
saqlanmoqda. Bu yodgorlik orqali biz harbiy qo’mondonlar ham yuksak mavqega 
ega bo’lganligini bilib olamiz. Qabrtosh xokim III ming yillik oxiriga, ya`ni 
birinchi o’tish davriga mansubdir. 
1908 yili akademik N.P.Lixachev Kairlik antikvar Alidan qadimgi Misr 
sag’anasi tasviri tushirilgan fragment (relef) sotib oladi. Bu fragment 1938 yili 
Ermitaj muzeyiga qo’yilgan. Keyinchalik bu fragment ustida Yu.Ya. Perepelkin 


chuqur izlanish olib borgan. Olim bu yodgrolikni qadimgi Misrda 5 sulolaga 
tegishli ekanligi aniqladi. Perepeldkindan keyin bu yodgorlik ustida xech kim ish 
olib bormagan. Bu relefning eng baland joyi 170 sm, eni 145 sm. Relefda asosiy 
figura Osiris hudosidir. Relefda yangi yildan keyin birnchi kun nishonlanadigan 
Tota bayrami ham ko’rsatilgan. Bu bayram faqat V - sulola vakillari tomonidan 
nishonlangan. 
Hokim nomi relefda – nj+m.t.+ hudo ismi va nomi shaklida berilgan. Hokim 
va hudo ismlari ko’pincha buzilgan. Bu belgilardan oxirida qo’l va barmoqlarning 
chapga va vertikal holatdagi belgisi mavjud. Bu balki hudoning nomidir. Bu belgi 
o’ng qo’lni barmoqlari uzatilgan holatda tasvirlangan. 
Belgi asosan quyidagicha bildiradi. 
R’(w)/=/Pa Ra bu quyosh hudosidir. 
Relefda Ra hudosi o’tirgan holatda tasvirlangan. O’ng qo’li tizzalari uzra 
cho’zilgan. Chap qo’li esa qayrilgan holatda ko’kragida turibdi. YUzi va parigi 
yaxshi tasvirlangan, hayvonlar esa shu qabrda yotgan odamga narigi dunyoda 
kerak bo’ladigan buyumlar edi. Ra hudosining ro’parasida hayvon parrandalar 
ushlab turgan odamlarning tasviri berilgan. 
Pastdagi ikkinchi qatorda sakkiz kishining turli idishlar ushlab turgan, 
parranda va hayvonlar ushlab turgan sur`ati aks ettirilgan, oxirgi uchinchi qatorda 
esa marhumni xotirlash uchun so’yiladigan buqa aks ettirilgan. Bu ieroglif –
“xotirlash uchun buyumlar qo’yiladigan yashik” - degan ma`noni bildiradi. 
Bu yodgorlik miloddan avvalgi III ming yilikka oid bo’lib, eski poytaxtlar 
Sakkaar yoki Gizada tayyorlangan bo’lishi mumkin. Aniqrog’i, Gizada 
tayyorlangan bo’lishi kerak. Chunki qadimgi Giza yodgorliklarida xotira 
buyumlarni ritula (diniy marosim) yozuvlar bilan ifodalash ko’proq tarqalgan edi. 
1798-99 yillari Napoleon Banopart Misrga ekspeditsiya uyushtiradi. Ana shu 
ekspeditsiya davrida jahon ahamiyatiga molik voqea ro`y berdi. 1799 yil
2-avgustda fransuzlar inglizlarning dengiz tomonidan bo’layotgan hujumini daf 
etib, sohilni qo’lda saqlab qoldilar. Rozettadan yetti mil naridan Qadimiy Rashid 
qal`asini himoya qilayotgan askarlar handaq qaziyotib, allaqanday yozuvlar 
bitilgan qop-qora toshni topib olganlar. Ma`lumki, Napoleon armiyasda 
birmuncha ma`lumotli kishilar to’plangan edi. Silliqlangan bu qora bazalt toshi 
ustiga yozuvlar bitilgan ekan. Silliqlangan bu qora bazalt toshidagi yozuvlar uch 
tilda yozilganligini zobitlar bir nazar tashlashdayoq fahmlab olganlar. Uch to’rt 
satrlik yuqoridagi yozuv ieroglifdan iborat; ancha yaxshi saqlangan o’rtadagi 
yozuvni ofitserlar Suriya yozuviga o’xshatganlar (lekin bu yozuv Misr demotika 
yozuvining bir turi bo’lib chiqqan); pastki yozuvning eski usuldagi harflar yunon 
harflar bilan yozilgan yunon xati ekanligini zobitlar o’sha zaxotiyoq aniqlashgan. 
Olimlarning orzulari ushaldi. Ahir ular ierogliflarni o’qishga uzoq yillar 
urindilar va nihoyat bilingva “ikki tildagi” yozuv; ieroglif va Yevropaliklarga 
tushunarli tildagi yozuv topilsagina bu sohada muvaffaqiyat qozonish mumkin, 
degan xulosaga keldilar. Bu yerda esa bir yo`la, “Uch tildagi yozuv” - trilingva 
topildi. Rozetta toshi dastlab Qoxiraga jo’natildi, keyinchalik Misrda Fransiyaning 
mag’lubiyatidan keyin Britaniya muzeyiga kelib qolgan. 


Qadimgi zamonlarda Misrdan Rimga sirtiga ierogliflar chizilgan yodgorlik 
toshlar olib kelishgan. XVII asrda iezuit A. Kirxer ana shu toshlarni o’rganishga 
kirishgan. U qanchalik qattiq urinmasin Misr ierogliflarini o’qiy olmaydi. U 
qadimgi Misr tilidan kelib chiqqan kopt tilini bilmasdan turib ierogliflarni o’qib 
bo’lmaydi degan xulosa chiqaradi. 
Rozetta toshi topilgandan keyin fransuz Sharqshunosi S.de Sasi bu yozuvlar 
ustida juda ko’p bosh qotirgan. U dastlab demotik matnni chuqur o’rganib chiqib, 
Yunoncha matndagi Ptolomey Epifan, Aleksandr va boshqa ismlariga to’g’ri 
keladigan belgi guruhlari borligini aniqlagan. Lekin, baribir, u ierogliflarni o’qiy 
olmagan va oshkora suratda: “muammo nihoyatda chigal va uni ilmiy jihatdan 
yechib bo’lmaydi” degan. Lekin u o’z tahlillarini shved arxeologi, kelt tilini 
bilimdoni D. Okerbladga jo’natadi. U demotik matnni yunonlarga oid qismidagi 
barcha atoqli otlarni mustaqil ravishda tanib - bilish va o’qishga muyassar bo’ldi, 
shu bilan birga ayrim Misrcha so’zlarni (ibodatxona, Yunonlar va boshqalarni) 
ham o’qiy olgan. Biroq s.de Sasi ham, Okberlad ham Misr tilida unli tovushlar 
tushib qolishini hisobga olmaganlar. 
Shundan keyin Misr yozuvini o’qishni ingliz olimi T. Yung davom ettirdi. U 
dematik yozuv ierogliflarning yoziladigan varianti ekanligini isbotlab berdi.
T. Yyng ierogliflar jumbog’ni demotik yozuv yordamida yechish mumkin degan 
xulosaga kelgan va 70 dan oshiq ieroglif yoki ieroglif guruhlarining ma`nosini 
aniqlashga muvaffaq bo’lgan. U matndan Ptolomey va malika Berenikalarning 
ismlarini izlab topgan. 
Lekin olim demotik yozuvda ham, ieroglifda ham fonetik belgi bo’lmagan 
degan noto’g’ri yo`lga tushib qoladi va ishini oxiriga yetkaza olmaydi. 
Keyinchalik Misr ierogliflarining o’qib chiqish fransuz olimi 
J.Shampolyonga nasib qildi. U uzoq izlanishlardan keyin 1821 yil 23 dekabrda 
ayni tug’ilgan kuni olimning miyasiga Rozetta toshidagi ieroglif belgilari bilan 
yunoncha matndagi so’zlarni sanab chiqish fikri keladi. Yosh olim uzoq 
izlanishlardan keyin Misrda uchinchi yozuv tili – ieratik ham bo’lanligini 
isbotlaydi. Bungacha olimlar Misrda ikki hil yozuv bo’lgan deb hisoblab kelar 
edilar. 
Yosh olim ierogliflarni sanab ko’rib hayratda qoladi: 
486 ta yunoncha so’zga 1419 ta ieroglif to’g’ri keladi. Ieroglif yozuvida esa 
166 ta belgi. Ana shundan keyin X. Shampolon ierogliflar faqat belgi 
so’zlardangina, ideogrammalargina bo’lmay, ular tovush ham ekanligiga ishonch 
xosil qiladi. 
U ishni boshlab yuboradi. Dastlab matndagi podsho Ptolomey Epifanni 
o’qiydi. Toshda podsho ismi ramka kartusha ichiga olingan bir necha belgidan 
iborat edi. Bu yerda sakkizta belgi bo’lib, unda podsho ismi yozilgan edi. Lekin 
bunga dalil kerak edi. O’sha yillari topilgan “Fale yodgorligi” degan osori atiqa 
topilib, unda ikki hil – ieroglif va yunoncha yozuv yozilgan edi. Bu bilingvada 
Rozetta toshidagidek podsho Ptolomey ismi Kartusha ichiga olingandi. 
Endi solishtiradigan narsa bor edi. Yana ramkaga olingan ba`zi belgilar 
olimni diqqatini tortadi. Olim yunoncha matndagi Kleopatra so’zini o’qib buni, 
malika nomi ekanligini isbotladi. Olim boshqa kartushadan Aleksandr so’zini 


o’qish orqali ierogliflar ro`yxatiga “N” va “S” tovushlarini qo’shdi. Malika 
Berenika ismini o’qigach ieroglif alifbosiga “B” tovushi ham qo’shildi . Uzoq 
izlanishlardan keyin J.Shampolon 24 tovushni bemalol o’qiydigan bo’ldi. 
Keyinchalik olim toshdan Ramzes, Tutmos Fir`avn ismlarini o’qishga muvaffaq 
bo’ldi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling