4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad


-sulola davrida Misr podsholigi (Mil.avv.1147-1085-yilIar)


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana07.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1081734
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
4- Maruza

20-sulola davrida Misr podsholigi (Mil.avv.1147-1085-yilIar). Merneptax 
vafotidan keyin Misr taxtiga Setnaxt o'tiradi (Mil.avv.1200-yilda). U ancha 
tadbirkor kishi bo'lib, Misrdagi mushkul ahvolni ancha yaxshilashga erishadi. 
Mamlakatdagi qo'zg'olonlar bostirilib, tartib o'rnatiladi. Setnaxtning o 'g 'li Ramzes 
III (Mil.avv.1190-1159) davrida mamlakat xo'jaligini tiklashga katta e’tibor 
berilgan. Misr qo'shini kuchaytirilib, intizom yaxshilangan. U mamlakat ichidagi 
nizolarga qarshi kurash olib borgan. Liviyaliklar va “dengiz xalqlari'’ning Misrga 
qilgan hujumlari qaytarilgan. U Suriya va Falastinda g'olibona urushlar olib borib, 
u yerda Misrning avvalgi ta'sirini tiklagan. Ammo Ramzes III podsholigining 
oxirlarida u bilan ruhoniylar, nom hokimlari va ayrim amaldorlar o‘rtasida nizo 
chiqqan. Fitnachilar Ramzesga suiqasd uyushtirib, Mil.avv.1166-yili imi 
o'ldirganlar. Ramzes III o‘limidan so‘ng juda ko'p podsholar almashgan. Lekin 
ularning hech biri Misrning avvalgi kuch-qudratini tiklay olmagan. Nihoyat, 
Mil.avv. 1085-yili Ramzes XI vafotidan so'ng Misr fir’avnlarining 20-sulolasi 
tugatilgan. 
Yagona Misr davlati ikkiga bo'linib ketgan. Janubiy Misr Fiva hokimlari, 
Shimoliy Misr esa 21-sulola asoschisi Tanis hukmdori Smendes qo'liga o'tgan. Shu 
bilan Misr tarixidagi Yangi podsholik davri ham tugagan. 
 
Nazorat savollari: 
1.Misr qo‘shini va uning tuzilishi haqida nimalarni bilasiz? 
2.Giksoslarning Misrga bostirib kirishining asosiy omillarini toping? 
3.O‘rta podsholik davrida kambag‘allar va qullar tomonidan qo‘zg‘olon 
ko‘tarilishining sababi nima? 
4.Exnatonning diniy islohotlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
 
Adabiyotlar ro`yxati 
1.Sh.Ergashev. Qadimgi Sivilizasiyalar. “O`zbekiston”, T,. 2016. 
2.Yu.S. Krushkol. Qadimgi dunyo tarixi. II-tom. “O`qituvchi”. T., 1975. 
3.A.Kabirov. Qadimgi Sharq tarixi. “Tafakkur”, T., 2016. 
4.X.A.Saloxuddinov. Fir`avnlar mamlakati (Qadimgi Misr madaniyati tarixidan). 
“Mehnat”, T., 1992.
5.V.I.Avdiyev. Qadimgi Sharq tarixi. O`z SSR “O`rta va Oliy maktab” Davlat 
nashriyoti. T., 1964. 
6.Jabborov I.M. Xudolar, avliyolar va odamlar. – T.: Yosh gvardiya, 1985. 


7.Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi.O’quv qo’llanma.T..:”Fan va texnologiya 
nashriyoti”,2009. 
8.Rajabov R.R. Jahon tarixi.Toshkent.”Yangi asr avlodi” nashriyoti,2015. 
9.Peier N. Stearns. A Brief llisiory of the W'orld. The teaching company. USA, 
New York. 2008. 
10. Ю.В.Яковес. История цивилизатсий “Гуманитарный издателский центр 
ВЛАДОС”. 1997. 
11. www.drevniymir.ru 
12.www.ancient.gerodot.ru
13. www.biografiya.ru 
14. www. history.rin.ru 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling