4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Misrda yagona davlat tuzish uchun kurash


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana07.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1081734
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
4- Maruza

Misrda yagona davlat tuzish uchun kurash. Misrni yagona davlat bayrogi 
ostida birlashtirish Yuqori Misr podshosi Mina (Menes) davrida amalga oshirilgan. 
Mil.avv. 3000-yilda Mina Yuqori va Quyi Misrni birlashtirib, yagona davlatga 
asos solgan. U yagona Misr davlatining dastlabki podshosi sifatida birinchi 
sulolaga asos solgan podshohdir. Mina Quyi Misr chegarasida Memfis shahrini 
bino qildirib, uni mamlakat poytaxtiga aylantirgan. Mina davrida Quyi misrliklar o 
'z mustaqillik]ari uchun bir necha bor qo'zg'olon ko'targanlar. Ammo bu 
qo'zg'olonlar shafqatsizlik bilan bostirilgan. Mina va uning avlodlaridan so'ng 
Misrda ikkinchi sulola namoyandalari podsholik qilganlar. Shu davrdan boshlab 
Misr podsholari fir’avn deb atala boshiangan. Bu ikki sulola vakillari idora qilgan 
davr Misrda “Ilk podsholik davri” deb nomlanib, Mil.avv. 3000-2800-yillarni o 'z 
ichiga oladi. Yagona Misr davlatining tashkil topishi har jihatdan katta ahamiyatga 
ega bo'lgan. Bu Misrdagi dastlabki markazlashgan mustabid davlat hisoblanadi. 
Misr fir’avnlarining istilochilik urushlari. Ilk podsholik davrida, xususan 
fir'avn Jyer davrida Misr qo'shinlari janubda Nubiya, shimoli-sharqda Sinay 
yarimoroliga bir necha marta bostirib kirgan. Ular bu mamlakatlardan ko‘plab asir 
va behisob boyliklar olib qaytganlar. 
Misr qo'shini qo'mondonlaridan biri shunday hikoya qiladi: “Qo'shin qo'shni 
mamlakatlarni talab, uning bog'lari va uzumzorlarini yakson qilib, qishloqlariga o 't 
qo'yib, o 'n minglab kishilarni o'ldirib, ko'plab odamlami asir olib, eson-omon 
qaytib keldi. Buning uchun podsho meni benihoya maqtadi” 
Ilk podsholik davrida xo'jalik. Ilk podsholik davrida fir'avnlar mamlakat 
xo'jaligining hamma tarmoqlariga katta e ’tibor berganlar. Yer o'zlashtirish va 
sug'orish inshootlarining qurilishi kuchaytirilishi tufayli dehqonchilik rivoj topgan. 
Misr dehqonlari ho'kiz qo'shilgan omoch bilan yer haydab arpa. bug'dov. zig'ir va 
boshqa boshoqli ekinlami ekib, bu ekinlardan yuqori hosil olganlar. Misrliklaming 
asosiy suv manbayi Nil daryosi bo'lib, ziroatchilikning asosini sug'orma 
dehqonchilik tashkil etgan. EkinzorlarNil daryosi va Fayum suv omboridan suv 
oladigan kanallar orqali sug'orilgan. Ularda bog'dorchilik rivoj topib, shimolda 
uzumchilikka. Janubda esa ximnochilikka katta e'tibor berilgan. Mamlakatda 
tokzorlar ko'paytirilgan. 
Qadimgi misrliklar bu davrda chorvachilikka ham katta e’tibor berganlar. 
Misrda yirik shoxli qoramol. qo‘y-echki va tuyalar boqib parvarish qilingan. 


Ilk podsholik davrida hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo ham rivoj 
topgan. Misrliklar Nubiya, Liviya va O‘rtayer dengizining sharqiy sohilidagi 
mamlakatlar bilan qizg‘in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Savdo-sotiq ishlari 
quruqlik va suv yo‘llari orqali olib borilgan. Nil daryosi va 0 ‘rtayer dengizida 
savdo kemalari muntazam ravishda qatnab turgan. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling