4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad
Qadimgi Misr tarixini davrlashtirish
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4- Maruza
2.Qadimgi Misr tarixini davrlashtirish Qadimgi Misr tarixining xronologiyasi va davrlarga bo‘linishi masalasi. Xronologiya - bu yunoncha “chronoc” (vaqt), “logos” (biliin, tushuncha) degan ma’noni bildiradi. 1.Xronologiya - bu muayyan bir vaqtdan boshlab tarixni, tarixiy voqealami hisoblab borish haqidagi fandir. 2.Voqea-hodisalaming birin-ketin paydo bo'lishi, ya’ni voqealar xronologiyasi, voqealaming yuz berishidir. Umuman, qadimgi Sharq davlatlari tarixining xronologiyasini belgilash qiyin bo'lgani singari, Qadimgi Misr tarixining xronologiyasini belgilash ham ancha murakkabdir. Bu qivinchilik Qadimgi Sharqda aniq yil hisobi tizimining bo'lmaganidan kelib chiqadi. Qadimgi Misrda yil hisobi har qaysi fir’avnning podsholik qilgan yillariga qarab olib borilgan va yangilanib turilgan. Ma'lum bir fir’avnning podsholik qilgan davri falon yilida deb ko'rsatilgan yozuvlar, shuningdek, Misr fir’avnlarining qancha yil podsholik qilganligi to ‘g ‘risida Manefon asarlarida va Misr yilnomalarida saqlanib qolgan ma’lumotlardir. Bu Misr podsholarining, ular podsholik qilgan yillarni taxminan aniqlab, ro'yxatlarini belgilab chiqishga imkon beradi. Nihoyat, astronomik kuzatishlarga asoslangan Misr kalendar-taqvim tizimini o'rganish natijasida Misr xronologiyasining ozmi-ko'pmi aniq bo'lgan asosiy nuqtalarini belgilash mumkin bo‘ldi. Misrning rosmana taqvimi - kalendar yili 365 kundan iborat bo‘lgan, shuning uchun har to'rt yil ichida astronomik yildan bir sutka keyinga qolib yurgan. Bu xato 1460 yildan keyin bir yilga baravar bo‘lgan. Demak, rasmana kalendar yili bilan astronomic yil o'rtasidagi bir yillik farq faqat har 1460 yilda bir marta to‘g ‘irlangan, va’ni har ikkala yil hisobi yangidan bir kundan boshlangan. Ana shu 1460 yillik davr ellinizm zamonida ham ma’lum bo'lgan. Bu 1460 yillik davr astronomik kuzatishlar bilan. xususan Siriusning erta chiqishini kuzatib borish bilan bog‘langan bo'lsa kerak. Sirius 1460 yilda bir marta Memfes kengligida quyosh aylanishi bilan va Nilda suvning ko'tarila borishi bilan bir vaqtga to 'g 'ri kelgan. Keyingi davrlardagi manbalarda ko'rsatilishicha, milodning 139-yili shunday “Sirius davri”ning boshlanish yili bo'lgan. Shunday qilib bundan ilgarigi Sirius davrlarining boshlanish yillari Mil.avv. 1321, 1441 va 1781 -yillarga to 'g 'ri kelishi kerak. Misr yozuvlarida ayni bir fir'avn podsholik qilgan yilning qaysi kunida Siriusning chiqishi munosabati bilan bayram qilinganini korsatuvchi ma’lumotlar saqlanib qolganligi tufayli ana shu kunning aniq sanasini hisoblab chiqish mumkin. Shu tariqa XII sulolaga mansub Misr fir’avni Senusert III ning Mil.avv. 1883-yildan to 1845-yilgacha podsholik qilganligi aniqlangan. Yangi podsholik zamonining ba’zi sanalarini ham shunday astronomik hisoblar yordami bilan belgilash mumkin bo'lgan. Amarna diplomatik arxividan olingan hujjatlar Yangi podsholik davridagi Misr fir’avnlari bilan Bobil, Ossuriya va Xett davlatidagi ba’zi podsholarning podsholik qilishlari o'rtasidagi ba’zi sinxronizmlarni (zamonning to 'g 'ri kelishini) belgilashga imkon berdi. Bu ham Misr tarixining xronologiyasini tiklashga yordam beradi. O'tmish zamonlardayoq misrlik tarixchi Makedoniyalik Aleksandr va Doro III laming zamondoshi Manefon Qadimgi Misrning butun tarixini 30 sulolaga, agarda shu ro'yxatga oxirgi 3 nafar eronlik Misr hukmdori Oh, Arses va Doro III Kodomon qo‘shilsa 31 sulolaga bo'lgan edi. Birin-ketin podsholik qilgan fir’avnlarning biron-bir guruhini bir sulolaga birlashtirishar ekan, bu ish shu fir avnlar o'rtasidagi qarindoshlik munosabat!ariga qarab qilinmaydi. balki asosan o'sha fir'avnlaming bir joydan kelib chiqqanligi yoki ayni bir shaharning o'zida podsholik qilganligiga qarab guruhlanadi. Manefon o 'z tarixiy asarlarini uch qismga bo'lib, shu bilan podsholik sulolalarining butun ro'yxatini taxminan uchta o'nlikka bo'ladi. U birinchi qismga 1-11 sulolalarni, ikkinchisiga 12-19- sulolalarni, uchinchisiga esa 20-31- sulolalarni kiritadi. Misr tarixining birinchi marta Manefon tomonidan kiritilgan ana shu xilda davrlarga bolinishi ba’zi o'zgarishlar bilan to zamonamizgacha saqlanib kelgan. Sulolalarning shu xilda uchta o'nlikka bolinishi Lepsiusda butun Misr tarixini uchta katta davrga, ya'ni Qadimgi, O'rta va Yangi podsholik davrlariga bo'lib chiqish fikrini tug'dirgan. Olimlar Qadimgi podsholik davriga odatda 3-6-sulolalarni, O'rta podsholik davriga 11-12- sulolalarni, Yangi podsholik davriga esa 18-20- sulolalarni kiritadilar. Shuni aytib o'tish joizki, Qadimgi, O'rta va Yangi podsholik oralig'idagi davrlar Misrning iqtisodiy va siyosiy tushkunlik davri hisoblanadi. Ma`lumki, 3-suloladan oldingi davrga oid juda oz yozma yodgorliklar saqlanib qolgan. Qadimgi Misrda eng qadimgi quldorlik jamiyati va mustabid davlatning kelib chiqish zamoni bo'lgan. Bu davrni “arxaik davr” deb atash mumkin. Qadimgi podsholik davri kuchli markazlashgan mustabid davlat tashkil topgan zamon edi. O 'rta podsholik davri Misrning yangidan kuchayishi bilan nishonlanadi. Bu davrda 11-12-sulola fir'avnlari Nubiya bilan Suriyaga yorib o 'tish g a harakat q ilganlar. Misr madaniyatining ravnaq topgan ana shu zamonni tabaqaviy kurashining keskinlashuvi bilan ham belgilash mumkin. Yangi podsholik davri esa Misrning siyosiy va madaniy jihatdan yuksalishining oxirgi davridir. Bu davrda Misr Qadimgi Sharq dunyosidagi boshqa davlatlar o'rtasida eng ustun, birinchi o'rinni egallashga intilib, keng istilochilik siyosatini olib boradi va xalqaro kurash maydoniga chiqadi. 21-31-sulolalar davrini mamlakatning sekin-asta tushkunlikka yuz tutib borgan davr deb atash mumkin. Bu davrda Misr oxir oqibat chet ellik istilochilarga qaram bo'lib qolgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling