4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad
Rossiya olimlarining Misr tarixini o‘rganishdagi o‘rni
Download 0,56 Mb. Pdf ko'rish
|
4- Maruza
Rossiya olimlarining Misr tarixini o‘rganishdagi o‘rni. Ma’lumki, rus va
sobiq sovet olimlari ham Qadimgi Sharq, shuningdek, misrshunoslik va Qadimgi Misr tarixini o'rganishga o'zlarining ulkan hissalarini qo'shdilar. Ma’lumotlarga ko'ra, Rossiyada Sharq mamlakatlari, Sharq xalqlari, xususan Qadimgi Misr tarixi va madaniyatiga qiziqish ancha erta boshiangan. Rossiyalik sayyohlar, savdogarlar, elchilar va ziyoratchilar Falastinda, Suriyada, Arabistonda, Eronda, Hindistonda, Turkiyada, uzoq Xitoy mamlakatlarida bo'lganlar. Ularning ba'zilari Misrda ham bo'lib, u yerda ko‘rgan-bilganlari haqida xotiralar yozib qoldirganlar. O'z zamonasining o'qimishli kishisi M.Grigoryev 1493-yilda Misrda bo‘lgan va Qohiradagi sulton sarovining tavsif va ta iifin i yozgan. F.F.Doroxov esa XVII asrning 70-80-yillarda Turkiyada bo'lib, “Turkiya imperiyasining ta'rifi" asarini yozgan. Ayni paytda u bir qancha vaqt Misrda bo'lib, kuzatishlari va to'plagan ma'lumotlari asosida Qohira va Iskandariya shaharlarini ta'rif-tavsif etgan. V.G.Barskiy degan rus sayyohi 1727 va 1730-yillarda Sharqning bir qancha mamlakatlarida, shuningdek, Misrda ham bo'lgan. U o'z ining "Sayohat” degan asarida Qohira. Rozett va Iskandariyadagi haykallarni tasvirlab. ularga rasmlar ilova qilgan. ularda iyeroglif yozuvi juda aniq aks ettirilgan. Misr iyeroglif yozuvlarining o'qib chiqilishi sohasidagi ilk tajribalar rus sharqshunoslari va boshqa sohadagi olimlaming misrshunoslikka bo'lgan qiziqishlarni kuchaytirgan. Misr iyeroglif yozuvlarining ahamiyatiga bag'ishlangan bir qancha asarlar yozgan I.A.Gulyanov J.F.Shampalon bilan munozara qilib turgan. I.A.Gulyanov o 'z zamonasining bilimdon olimi bo'lgan. O'sha davrning iste’dodli tarixchisi T.N.Granovskiy I.A.Gulyanovning faoliyatiga yuqori baho berib, "uning tekshirishlari juda ham qiziq va muhimdir”, deb yozgan. Rus akademigi A.N.Olenin J.F.Shampalon kashfiyotining ahamiyatiga yuksak baho bergan, ular bir-biri bilan tez-tez xat yozishib turishgan. A.N.Olenin Misr yozuvi masalalaridan biriga bag'ishlab maxsus asar ham y ozgan. O 'z zamonasining o'qimishli kishilaridan biri bo'lgan A.S.Norov 1834-835-yilIarda Misr va Nubiyaga borgan. U bu sayohatlari haqida juda qiziqarli asar yozib uni 1840-yilda nashr ettirgan. Bu asarida A.S.Norov Misr madaniyati yodgorliklarini tasvir etib, unda bir qancha tarixiy masalalar, chunonchi Misr madaniyatining yunon madaniyatiga ko'rsatgan ta'siri yoki o'sha davrdagi Misr aholisi urf-odatlari, qadimgi madaniyat an’analari kabi masalalarni bayon etgan. A.S.Norov T.N.Granovskiy bilan uchrashib uni umumiv tarixdan darslik yozishga undagan. T.N.Granovskiy “Umumiy tarix dasturiga qisqacha bayon” asarida qadimgi Sharq tarixini o'rganishning rejasini chizib bergan. Unda Xitoy, Hindiston va Finikiya tarixiga alohida e ’tibor qaratilgan. T. N. Granovskiy o 'z vafotidan bir necha oy oldin, 1855-yilda darslikning qadimgi Sharq xalqlari tarixiga bag'ishlangan bo`limini yozgan. Rus tarixchi lar idan Adrian Praxov Misrga sayohat qilib, Misrning qadimgi yodgorliklari dan kolleksiya to'plagan. U 1880-yilda “Qadimgi Misr me’morchiligi” asarini yozgan. Unda Qadimgi misrliklarda me'morchilik usullari shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalalari yoritilgan. Mashhur rus sharqshunos-misrshunoslaridan yana biri akademik B.A.Turayev bo'lib, u 1868-1920-yillarda yashab ijod etgan. Uning asarlaridan biri “Qadimgi Sharq tarixi” boTib, bu tarixiy asar g ‘oyat keng ma’lumotlarni o 'z ichiga olgan va hujjatlar bilan juda yaxshi asoslangan. Unda butun Qadimgi Sharq dunyosi yaxlit madaniy-tarixiy holda aks ettirilgan, deb yozadi shogirdlaridan biri V.I.Avdiyev. B.A.Turayevning misrshunoslikka qo'shgan hissasi Qadimgi Misr madaniy merosini Misr va Efiopiya madaniyati bilan bog'lab oTganishdan iborat bo'ldi. Uning yana bir muhim xizmati shundaki, u Moskva nafis san’at muzeyidagi Sharq yodgorliklari bo`limini tashkil qilgan va rus muzeylarida yig'ilgan yodgorliklarni sinchiklab o'rgangan. B.A.Turayevning “Misr adabiyoti” asari g‘oyat katta ilmiy ahamiyatga ega boTib, bu asar ham ma’lumotlarga boyligi jihatdan butun dunyo misrshunoslik adabiyotlari ichida tengi yo'q asarlardan biri hisoblanadi. Juda qimmatli ma’lumot egasi boTganligi va fanga chuqur muhabbati tufayli B.A.Turayev misrshunoslikning I.M.Volkov, A.L.Kostoyeyskiy, V.V.Struve, N.D.Flittner. LG.Frank-Kamenetskiy, Gessarlardan iborat butun bir maktabini yaratishga muyassar bo'ldi. Mashhur rus misrshunoslaridan yana biri 1856-1947-yillarda yashab ijod etgan V.S.Golenishev hisoblanadi. U Misrga tez-tez sayohat qilib, sayohatlari davrida u yerda bir qancha qazish ishlari oTkazib. Qadimgi Misr yodgorliklaridan ko‘p va qimmatli kolleksiyalar to'playdi. Bu kolleksiya keyinchalik Moskva nafis san’at muzeyida qadimgi sharq yodgorliklari bo'limining negizini tashkil qiladi. U Misrda “Hammamat” yozuvlarini o 'z joyida sinchiklab tekshirdi. V.S.Golenishev Stabilal-Antarda ibodatxonalami qayta tiklash haqida malika Xatshepsutning va Suvaysh kanali yonida Telal-Masxutdagi fors podshosi Doro I ning yozuvlarini ham topib o'rganadi. U Qadimgi Misr yozuvlarining turli yodgorliklarini o'rganish,nashr etish. tarjima qilish va sharhlash bo'yicha ko'plab asarlar yozdi. Chunonchi, sehr-jodu duolari yozilgan "Metternix lavhasi”, "Halokatga uchragan kema’’ to'g'risidagi hikoyalar, “Unu-Amonning Suriyaga sayohati” kabilar shular jumlasidandir. B.A.Turayevning iste’dotli shogirdlaridan biri V.V.Struve bo'lib, u rus sharqshunoslari va misrshunoslik maktabini yaratgan iste'dodli tarixchilardan biri hisoblanadi. U Qadimgi Misr va Sharq tarixiga bag'ishlab juda ko'p asarlar yozgan. Eki jihatdan akademik V. V. Struvening “Istoriya drevnego Vostoka” ("Qadimgi Sharq tarixi”) kitobi aloliida o'rinni egallaydi. Bu ajoyib kitob muqaddimadan tashqari 34 bobdan iborat bo'lib. u butun qadimgi Sharq xalqlari tarixini o 'z ichiga qamrab olgan kitobdir. Kitob xilma-xil manba, qadimgi yozuv va arxeologik u odgorliklarga suyanib yozilgan. Bu nodir kitob 45 bosma taboq hajmda chop etilgan. Akademik V.I.Avdiyev ham taniqli sharqshunos va misrshunoslardan biri hisoblanadi. V.I.Avdiyevning eng mashhur asarlaridan biri "Istoriya drevnego Vostoka” ilk bor 1948-yilda, ikkinchi qayta ishlangan, to'ldirilgan nusxasi esa 1953-yilda nashr etilgan bo'lib, 47 taboqdan ziyoddir. Kitobga juda ko'p rasmlar. chizmalar va xaritalar ilova qilingan. Bu kitob "Qadimgi Sharq tarixi” nomi bilan 1964-yilda o'zbek tiliga tarjima qilingan. Shuni alohida qayd etish joizki. V.I.Avdiyevning ushbu darsligi o 'z vaqtida oliy darajadagi davlat mukofotiga sazovor bo'lgan. Tarjimaning maxsus muharriri tarix fanlari doktori, akademik Y.G'.G'ulomov bo'lgan. Keyingi 50-60 yil ichida Qadimgi Sharq tarixi va misrshunoslik sohasida M.A.Korostovseva, Y.Y.Perepyolkina, M.E.Mate, N.S.Petrovskiy kabi mashhur olimlar yetishib chiqdilar. Ma'lumki, 1974-yilda D.G.Redver va E.A.Cherkasovalarning Y.S.Krushkol tahriri ostidagi ‘'Qadimgi dunyo tarixi” kitobining birinchi jildi tarjimasi qo'llanma sifatida nashr etildi. Shu mualliflar yozgan "Istoriya drevnego mira” I jildi rus tilida 1979-yilda nashr etildi. Shuningdek. Qadimgi Sharq tarixi (Istoriya drevnego Vostoka) darsligi 1979. 1988, 1999, 2002, 2009-yillari V.I.Kuzishin tahriri ostida bosilib chiqdi. Bu darsliklar V.I.Avdiyev, A.A.Vichatsin, M.A.Dandamayev, D.V.Dsotek, G.F.Uin, M. V.Kryukov, V.I.Kuzishin,V.M.Masson, D.G.Reder, S.S.Solovyev, I.A.Ladinin. A.A.Nemirovskiylardan iborat mualliflar jamoasi tomonidan yozilgan. Ma'lumki, 1983-yilda “Istoriya drevnego mira”(“Qadimgi dunyo tarixi”)ga bag'ishlangan uch jildlik kitob nashr etilgan. Bu kitob I.M.Dyakonov,V.K,Afanasyev,I.V.Vinogradov,N.V.Kaziryeva, T.V.Stepugina, G.F.Uin,V.A.Yakobson, G.G.Georgadze, I.A.Lepis, Y.V.Andreyev, Y.B.Sirkin va boshqa mualliflar jamoasi tomonidan yozilgan. Mazkur kitobning muharrirlari I.M.Dyakonov,V.D.Neronova va I.S.Svensitskayalardan iborat bo'lgan. Bu darslik asosan ma'ruzalar to'plamidan iborat. Shunday qilib, mashhur rus va xorijlik sharqshunos, misrshunos olimlar o'zlarining noyob darsliklari va tadqiqotlari bilan Sharq xalqlari tarixi, qolaversa Qadimgi Misr tarixini o'rganishga o'zlarining ulkan hissalarini qo'shgan va qo'shib kelmoqdalar. Download 0,56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling