4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana07.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1081734
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
4- Maruza

Totem e’tiqodi. Qadimgi diniy e'tiqodlardan biri bu totemizmdir. 
Totemizm, ya'ni hayvonlarga e'tiqod qilish Misrda ibtidoiy davrdan boshlanib
arxaik davrgaeha keng tarqalgan edi. Misrliklar juda qadim zamondan boshlab 
sher, timsoh, ilon. buqa, qo'chqor. loehin. asalari, mushuk va boshqa hayvonlarni 


ilohiylashtirib ularga e'tiqod qilgan. Ularga bag'ishlab ibodatxonalar qurib
haykallar yasashgan. 
Qadimgi Misrning juda ko‘p viloyatlarida muqaddas sher, arslonlarga 
topinganlar. Bubastisdagi Minzisga e'tiqod qilish hanula Tenis, Memfis va 
Esnadagi urg‘oehi arslon ma’budalarga e’tiqod qilish ana shular jumlasidandir. 
Bular orasida arslon boshli ma'buda Soxmet e’tiqodi ayniqsa keng tarqalgan. 
O‘rta. Yangi va So'nggi podsholik davrlarida zaharli ilonlarga, xususan, 
kobra - ko'zoynakli ilonga e'tiqod etish mavjud bo'lgan. Xususan, Abu-Sambuldagi 
g‘or ichiga solingan ibodatxona kiraverishida Ramzes II ning g‘oyat katta haykali 
saqlanib qolgan boiib, uning bosh kiyimining peshona qismida ham zaharli 
ilonning tasviri bor. 
Shuningdek, fir’avn Exnaton haykali portretining boshi bizgacha saqlanib 
qolgan. Exnaton bosh kiyimining old tomonida ko‘zoynakli ilonning tasviri bor. 
Buto shahrida zaxarli ilonga ma’buda Uajit deb nom berib, unga sajda qilganlar. 
Qadimgi Misrda uy hay vonlariga e'tiqod qilish, ularni ilohiylashtirish keng 
tarqalgan edi. Masalan, Misrning qadimgi poytaxtlari bo`lgan Memfis va 
Geliopolda Apis va Mnevis degan muqaddas buqalarga topinganlar. Muqaddas 
buqa keyinchalik ilohiylashtirilgan. U tabiatdan ham ustun turuvchi kuchga ega 
bo`lgan podsho obrazi bilan qo‘shilib ketgan. Qo'chqor shaklida tashkil etilgan 
xudo Xnum ijodiy kuch xudosi hisoblangan. Muqaddas qo‘chqorni ilohiylashtirish 
Fiva xudosi Amon e'tiqodida Makedoniyalik Aleksandr zamonigacha ham saqlanib 
qolganki, kohinlar Aleksandrni “Xudo Amon o'gii” deb ta’rifiaganlar. 
Mendes, Germopol va Likopolda muqaddas echkiga topinganlar. Muqaddas 
sigir - ma’buda Xatxor e'tiqodi butun Misrda juda keng yoyilgan e’tiqod bo'lib, 
uning markazi Dender shahri bo`lgan. Muqaddas bayvonlarga e’tiqod qilish 
podshoning e’tiqodida ham aks etgan. Muqaddas lochin, asalari, kalxat va ilonlar 
azaldan podsho hokimiyatining homiylari hisoblangan. Podshoning o'zi esa 
ko'pincha odam boshli arslon (sfmks) sifatida tasvir etilgan. 
Muqaddas hayvonlar rassomchilik. haykaltaroshlik va tasviriy san’atning 
boshqa turlarida o‘z ifodasini topgan. Misrliklar o‘z xudolariga bag"ishlab 
madhiyalar yozib, turli ma’raka va jonliq so‘yib qurbonliklar oikazgan. Misrda 
yovuzlik xudosi Set bo`lib, u odam tanali, eshak boshli qilib tasvirlangan. 
O'simliklar va dehqonchilik xudosi Osiris b o iib , u Set tomonidan o'ldiriladi. 
Misrda fir’avnlarni ilohiylashtirish ilk podsholik davriga borib taqaladi. 
Yangi podsholik davrida bu yanada kuchayadi. Fir’avnni xudo darajasiga ko'tarib 
Amon farzandi deb ataydilar. Misr-Xett sulhi tuzilganda hujjatga har ikki 
tomondan mingladan xudoning nomi yozib qo'yilgan ekan. Misr madaniyati o‘ziga 
xos tarixiy yo'lni bosib o'tib. jahon madaniyatiga o'zining ijobiy ta’sirini o'tkazgan. 
Misrliklar boshqa xalqlar madaniyatidan ham bahramand bo`lganlar. Shunday 
qilib, Misr madaniyati jahon xalqlari sivilizatsiyasi rivojiga juda katta hissa 
qo'shgan. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling