3 I. Bob. Yo’qolib ketgan tarixiy chizmalarni qayta tiklash


Download 311.5 Kb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi311.5 Kb.
#1588572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xudoyberganova Sohiba QADIMGI YODGORLIKLARNI QAYTA TIKLASH ISHLARIDA

Etnografiya ma'lumotlari. Misrliklar boshqa ko`pgina qadimgi Sharq xalqlari singari bir qancha qabilalarning sekin-asta aralashib ketishi natijasida tashkil topgan. Qadimgi Misr xalqini tashkil qilgan bu qabilalar Shimoliy va Sharqiy Afrikaning mahalliy qabilalaridir. Misrdagi arxaik davrga mansub bo’lgan kishilarning o`ziga xos haykalchalari, Misr hududidagi arxaik mozorlardan topilgan bosh suyaklarini o`lchab ko`rish natijalari, shuningdek qadimgi Misr tipining somali va boshqa qabilalarning tipiga bir muncha o`xshab ketishi eng qadimgi misrliklarning tropik Sharqiy Afrikadagi qabilalar bilan qarindoshligini ko`rsatadi. Qadimgi Misr tasvirlariga ko`ra Sharqiy Afrikada (Punt mamlakatida) yashagan qadimgi qabilalar o`zlarining tashqi qiyofalari bilan misrliklarga juda ham o`xshab ketadilar. Qadimgi Misrdagi, samoviy sigir shoxli ayol qiyofasida tasvirlangan hosildorlik ma'budasining tasviri hamda sersoqol, pakana xudo Bes tasviri Misrning Afrika xalqlarning diniy e'tiqodlari bilan mahkam bog'langanidan dalolat beradi. Qadimgi Podsholikka oid yozuvda Nubiyadan maxsus «xudo raqsi» ni bajaruvchi pakana odamning Misrga keltirilganligi to`g'risida ma'lumot beriladi. Bundan tashqari, eng qadimgi Misr qabilalari Shimoliy Afrikaning luviyalik qabilalari bilan ham juda yaqin bo`lganlar.
Qadimgi Misr tili o`zining ba'zi xususiyatlari bilan Shimoliy Afrikadagi berber tillariga ham o`xshab ketadi. Misrda va Nil vodiysini o`rab olgan baland tog'liklarda o`tkazilgan arxeologik qazishmalarning ko`rsatishicha, o`ziga xos Misr madaniyatini vujudga keltirgan qabilalar qadimgi tosh davridan buyon Shimoliy-Sharqiy Afrikada yashaganlar. XIX asr boshigacha Qadimgi Misr madaniyati va tarixi bilan hech kim shug'ullanmadi. Misr yozuvi unitilgan edi. Faqat XIX asr boshlarida fransuz olimlari 1809-1828 yillari 48 tomli «Misr tasviri» nomli kitobni nashr etdilar. 1822 - yili Jak Fransua Shampol`on qadimgi misr yozuvini o`qidi. Shampol`on misrshunoslik asoslarini yaratgan olim hisoblanadi. Nemis olimlari Lepsius va Brugsh «Misr xronologiyasi», «Misr fir'avnlari to`g'risida kitob» asarlarini yaratdilar.
XIX asrning 80 - yillaridan boshlab misrshunoslikda yangi bosqich boshlandi.

  1. Katta hajmdagi maydonlarda olib boriladigan arxeologik qazilmalarni o`tkazishning ilmiy asoslangan qat'iy metodikasi ishlab chiqildi, topilmalar o`rganildi va doimiy saqlana boshlandi.

  2. Topilgan yozma yodgorliklar filologik va tarixiy tahrir bilan chop etila boshlandi.

  3. Qadimgi Misr tarixi va madaniyatning turli muammolari ishlanib, yirik asarlar to`plami chop etila boshlandi. Misr topilmalari muzeyini tashkil qilgan va yirik arxeologik qazishmalar olib borgan olim O.Mariyettining misrshunoslik fanining taraqqiyotidagi xizmati katta bo`ldi. Ingliz tarixchisi Flinders Pitri uning davomchisi bo`ldi. U III tomli «Qadimgi davrda Misr tarixi», Brested II tomli «Misr tarixi», Maspero «Misr tarixi» va Ed.Meyer «Qadimshunoslik tarixi» asarlarini yozdilar.


Download 311.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling