3. Investitsiya shartnomalari. O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari


O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari


Download 57.5 Kb.
bet3/6
Sana07.05.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1438960
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-ma\'ruza. Xorijiy investorlar huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari

2.O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasining "CHet el investitsiyalari to‘g‘risida", "CHet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘grisida", "Investitsiya faoliyati to‘grisida"gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy barqarorlik chet el investitsiyasi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida qabul qilinayotgan imtiyozli muhitni yaratuvchi qonunlar chet ellik investorlarda tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda. Xususan, 2008 yil 8 aprelda matbuotda e’lon qilingan “Bojxona imtiyozlarining qo‘llanilish tartibini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun chet el investorlarini jalb qilish bo‘yicha izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomidir.
Ma’lumki, chet el investorlari mamlakatimiz hududida o‘z ishlab chiqarish faoliyatini, qoidaga ko‘ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiradilar. O‘z ehtiyojlari uchun yurtimiz hududiga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar, ularga butlovchi buyumlar, shuningdek, xomashyo va materiallar olib kirayotgan xorijiy investorlar uchun amaldagi qonun hujjatlarida muayyan imtiyozlar nazarda tutilgan. Jumladan, "Boj tarifi to‘g‘risida"gi Qonunning 33-moddasi va "CHet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq, xorijiy investorlar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkka bojxona boji solinmas edi. YAngi qonun asosida - chet ellik investorlar uchun yanada qulay muhit yaratish maqsadida - yuqorida qayd etilgan har ikki qonunga o‘zgartishlar kiritildi. Endilikda nainki chet ellik investorlar, ayni chog‘da, ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ham o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiradigan mol-mulk bo‘yicha boj undirilishidan ozod qilindilar. Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida "Boj tarifi to‘g‘risida"gi Qonunning 33-moddasida va "CHet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi Qonunning 12-moddasida belgilangan imtiyozlar ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga ham tatbiq etiladigan bo‘ldi. YAngi qonunda ko‘zda tutilgan imtiyozlar ana shu xayrli maqsadlarga erishishimizda muhim rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu qonun xalqimiz farovonligini oshirishda ham ulkan ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Xususan, aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari ochish, eng zamonaviy texnologiya va jihozlarni keltirish hisobiga ish unumi va samaradorligi oshishi muqarrar. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir huquqiy hujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar masalasiga bevosita taalluqli bo‘lgan qonunlar muhim o‘rin tutadi. Vaqt o‘tishi bilan iqgisodiy o‘sishning jadal borishini ta’minlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish va umuman jahon andozalariga erishish uchun xorijiy investitsiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta ko‘rib chiqish zarurati ob’ektiv ravishda paydo bo‘ldi. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish strategiyasi bo‘lajak chet ellik investorlarning manfaatlarini hamda milliy iqtisodiyotga zarar keltirmagan holda ularni qondirish imkoniyatlarini o‘rganishga asoslanadi. Buning uchun bir tomondan, iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishga qaratilgan bir qator aniq, loyihalarni amalga oshirish zarur bo‘ladi va ikkinchi tomondan, ichki investitsiya resurslari cheklangan bir sharoitda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda yuqori baholanadi. Investitsiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va naqd bo‘lmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshirishni yaxshilash, shuningdek xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlashni yaxshilashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni boshlanish davridan chet el investitsiyalarini jalb qilishga tuzilmaviy qayta qurishning hamda umumjahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi omil sifatida asosiy ustuvorlik berildi. Hozirda, Respublikada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha huquqiy baza yaratildi, investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlarga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma barpo qilindi va bu jarayon takomillashib bormoqda. Bu borada, «Valyutani tartibga solish» to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining vazifalari qayta ko‘rib chiqildi, va uning milliy valyutani konvertatsiyasi hamda import kontraktlarini ro‘yxatdai o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalari bekor qilindi. Jumladan, 2003 yilni 15 oktyabridan milliy valyutani joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha erkin konvertatsiyasining ochilishi mamlakatdagi investitsiya iqlimini yaxshilashga va xorijiy investitsiyalar oqimining ko‘payishiga katta imkoniyatlar yaratdi. 1998 yil 30 aprelda Oliy Majlis tomonidan yangi hujjat — "Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida " O‘zbekiston Respublikasi Konuni va "Xorijiy investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya kilish chora-tadbirlari to‘g‘risida " Qonun qabul qilindi.
Xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlash va himoyalash maqsadida yaratilgan shart-sharoitlardan tashqari, Respublika tomonidan Adliya vazirligiga ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlat organi vakolati berildi. Jumladan, Adliya vazirligining tarkibida 2003 yildan boshlab chet el investorlari manfaatlariga zarar etish holatlarini oldini olish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar tashkil etildi. Olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida, iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha xorijiy kapitalning tarkibida ma’lum bir siljishlar yuz berdi.



Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling