3. Investitsiya shartnomalari. O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari


Download 57.5 Kb.
bet5/6
Sana07.05.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1438960
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-ma\'ruza. Xorijiy investorlar huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari

Qisqacha xulosalar

Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda chet el investitsiyasini jalb etishning tegishli tashkiliy-huquqiy, institutsional tuzilmalari va infratizimini yaratish hamda mavjud shart-sharoitlarni izchil rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Ayniqsa, bunda qonuniy kafolatlarni yaratish alohida ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimizda ushbu sohani huquqiy tartibga soluvchi "CHet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi Qonun hamda bir qator boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. Ushbu qonunlarni qabul qilish, ularga zamon talablariga mos ravishda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib borishning sababi bitta - qaerda imtiyoz, qaerda sharoit bo‘lsa, qonuniy kafolat beriladigan bo‘lsa, shu yoqqa investitsiya keladi. "CHet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi Qonun yigirma ikkita moddadan iborat bo‘lib, uning o‘ninchi moddasida chet ellik investorlarning huquqlari alohida belgilab qo‘yilgan.


O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasining "CHet el investitsiyalari to‘g‘risida", "CHet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘grisida", "Investitsiya faoliyati to‘grisida"gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlash va himoyalash maqsadida yaratilgan shart-sharoitlardan tashqari, Respublika tomonidan Adliya vazirligiga ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlat organi vakolati berildi. Jumladan, Adliya vazirligining tarkibida 2003 yildan boshlab chet el investorlari manfaatlariga zarar etish holatlarini oldini olish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar tashkil etildi. Olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida, iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha xorijiy kapitalning tarkibida ma’lum bir siljishlar yuz berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 2 avgustdagi 180-son qaroriga asosan “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to‘g‘risida nizom ishlab chiqilgan. Mazkur Nizomga Vazirlar Mahkamasining 07.07.2006 y. 133-son qaroriga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan.
Ushbu Nizom "CHet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo‘shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berishda ular bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan investitsiya shartnomalari tuzish tartibini belgilaydi. CHet ellik investorlar bilan ularning qo‘shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berish bilan bog‘liq bo‘lmagan investitsiya majburiyatlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan shartnomalarni tuzish va amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling