Yurtimizda IT sohasiga hozirda talab qanday ? degan savolga bir misol ko'rsatsam:
Avvallari siz dasturlash sohasini o'rganar edingiz , lekin uni o'rganganingizdan keyin sizdek mutaxassisga bo'lgan talab mavjud emas edi yoki boshqa sabablar. Muammoning asosiy sababi talab va taklifdan kelib chiqgan edi. IT sohasi vakillariga talab ham yo'q edi , taklif ham shu darajada edi .Eslatib o'taman , hozirgi 2-3 yil ichida islohotlar natijasida talab ham, taklif ham yuqori darajada . Bo'sh ish o'rinlari ham mavjud . Hozirgi kunda bo'sh ish o'rinlarini qidirish uchun ko'chalarda e'lonlarni qidirib , titkilab yurish shart emas . Buning uchun maxsus tashkil qilingan saytlar bor . Misol uchun bo'sh ish o'rinlarini izlash uchun tashkil qilingan saytga nazar tashlasak, bu saytda IT sohasida kadrlar uchun talaygina ish o'rinlari mavjud .
Do'stlaringiz bilan baham: |