3-kurs 309 -guruh talabasi ergasheva sevinchning fanidan


Download 54.32 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi54.32 Kb.
#1052158
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ERGASHEVA SEVINCHNING KURS ISHI



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
SPORT FAOLIYATI VA BOSHQARUVI FAKULTETI
3-KURS 309 -GURUH TALABASI
ERGASHEVA SEVINCHNING
___________________________________
FANIDAN
UMUMIY O’RTA TA’LIM TIZMIDA JISMONIY TARBIYANING O’RNI VA AHAMIYATI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI

Tekshirdi:_____________________________
Bajardi:_______________________________

Qo’yilgan ball:_______
Termiz-2022
Reja:
Kirish.
I-bob. Umumiy o'rta ta'lim tizimida jismoniy tarbiyani o'rni va ahamiyati

    1. Boshlangich sinf o'quvchilarida jismoniy xatti-harakatlarini

shakllantirish yo'llari

    1. Boshlang'ich ta'limda mustaqil jismoniy tayyorgarlik dasturidan

foydalanishning ahamiyati.
II-bob. Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darsining tuzulishi va uni о‘tkazish metodikasi.
2.1 Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darsining tuzulishi.
2.2. Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darsining о‘tkazish metodikasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish.
Respublikamiz mustaqilligining xalqimizga bergan eng buyuk ne'matlaridan biri yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga berilayotgan katta e'tibordir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining «Barkamol avlod – O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma'ruzasida har tomonlama rivojlangan yetuk va barkamol avlodni voyaga yetkazish, jismoniy kamolotni shakllantirishga va taraqqiy ettirishga alohida ahamiyat berish, omma orasida jismoniy tarbiya va sport madaniyatini yuqori saviyaga ko'tarish lozimligini alohida uqtirib o'tgan. Keyingi yillarda bolalar sporti va jismoniy tarbiyani rivojlantirishga katta e'tibor berilayotgani hammamiz uchun quvonarlidir. Ammo shunga qaramay hali ta'lim muassasalarida bolalarning jismoniy tarbiyasini to'g'ri tashkil etish borasida qator muammolar mavjud. Olingan ma'lumotlarga ko'ra boshlang'ich sinf o'quvchilarining jismoniy jihatdan sog'lomlik darajasi qoniqarli emasligi ko'pgina mutaxassislar tomonidan e'tirof etilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan ma'lumotlarga ko'ra bugungi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilarining to'rtdan uch qismi birdaniga ortiqcha o'quv yuklamalari bilan band etilganligi oqibatida odatdagi o'quv predmetlarini o'zlashtirishga qiynalmoqdalar. Sir emaski, ko'pincha boshlang'ich sinf o'qituvchilari birinchi sinfga kelgan o'quvchilarining savodini tezroq chiqarish, ularni yozishga va o'qishga, hisobkitobga tezroq o'rgatish uchun yozuv, o'qish va matematika mashg'ulotlariga asosiy e'tiborni qaratadilar-da, aksincha, bolalarning qiziqishi va ehtiyoji ko'proq seziladigan jismoniy tarbiya, musiqa, mehnat kabi mashg'ulotlarni ikkinchi o'ringa surib qo'yadilar. Buning natijasida boshlang'ich sinf o'quvchisi rivojlanishida ham jismoniy, ham psixologik nosozliklar vujudga keladi. Bu esa, o'z navbatida bolaning maktabdan, o'qishdan tez bezib qolishiga sabab bo'ladi. Maktab uning uchun o'z imkoniyatlarini namoish etadigan, bilish, o'qish va o'rganish ehtiyojlarini qondiradigan, uni takomillashishga bo'lgan intilishini qanoatlantiradigan joy emas, balki uni har tomonlama ezib qo'yadigan zindonga aylanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchisining jismoniy xatti-harakatlarga bo'lgan ehtiyojining yuqoriligi uning yosh va fiziologik xususiyatlari bilan asoslanadi. Bu davrda bolaning suyakmuskul tizimi shakllanishda davom etib, uning organizmida suyaklashish davri kechayotgan bo'ladi. Ana shu holatning o'zi uning jismoniy xatti-harakatlarga bo'lgan ehtiyojini oshiradi. Ko'p aqliy mehnat talab etadigan mashg'ulotlarda vaqtivaqti bilan fizkulьtdaqiqalarni o'tkazib turishning o'zigina bolaning yuqorida aytib o'tilgan ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli hisoblanmaydi. Hatto haftada ikki marta o'tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining o'zi ham o'quvchilarda jismoniy ko'nikmalarni, qolaversa, jismoniy madaniyatni talab darajasida shakllantirish uchun yetarli emas. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilarining faqat 9%i - yuqori darajadagi, 57%i – o'rta darajada, 34%i – past darajadagi jismoniy ko'rsatgichlarga ega. T.V.Korneyevaning fikricha, 95,3% boshlang'ich sinf o'quvchilari darsdan tashqari paytlarda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanmaydilar, 87,8 %i esa ertalabki badantarbiyani bajarmaydi, faqat 12% bolalar ota-onalari bilan faol dam oladilar. Bu ko'rsatkichlar, albatta, bizni tashvishga soladi. O'quvchilarda boshlang'ich sinfdan, hatto undan ham oldinroq jismoniy tarbiya bilan muntazam shug'ullanish ko'nikmalarini shakllantirish, sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish faqat ta'lim muassasalarining emas, balki ta'lim-tarbiya ishi bilan shug'ullanadigan barcha ijtimoiy institutlar – oila, maktab, mahalla, ommaviy axborot vositalari, huquq-targ'ibot organlarining birgalikdagi bahamjihat faoliyat ko'rsatishlariga bog'liqdir. Ammo barcha ijtimoiy institutlar ishini bolalarda jismoniy madaniyatni shakllantirishga oid zarur metodik ko'rsatmalar va tavsiyalar, zarur bilimlar bilan qurollantiradigan tashkilot – bu ta'lim muassasalaridir. Ta'lim-tarbiya ishi bilan shug'ullanadigan mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini yuqori darajada takomillashtirish ham muammoning yechimini topish uchun asosiy shartlardan biri bo'lib hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida jismoniy ko'nikmalar va sog'lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy vositasi bu jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridir. Biz ushbu bitiruv ishida bolalarning darsdan tashqari jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullanishlari to'g'risida gapirishdan oldin boshlang'ich sinf o'quv dasturlarida belgilangan jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridan birining tanlangan mavzu bo'yicha to'liq ishlanmasini taklif etmoqchimiz. 1-sinfda jismoniy tarbiyadan o'tkazilgan bir soatlik dars ishlanmasi Darsning maqsadi: • Harakatlarni koordinatsiyalash va qomatni to'g'rilashga oid mashqlarni bajarish ko'nikmalarini shakllantirish; Epchillik, tezlik, o'z harakatlarini to'g'ri mo'ljallay olish ko'nikmalarini rivojlantirish; O'zaro hamkorlik, halollik, o'z o'rtog'iga yordam berish kabi axloqiy sifatlarni shakllantirish. Darsning vazifalari: 1. Xatti-harakatlarni koordinatsiyalashga oid mashqlarni bajarish. 2. Aylanma harakatli mashqlar. Umumiy chidamlilikni oshirish. 3. “Sehrgarlar” harakatli o'yinini o'tkazish. Mashg'ulotni o'tkazish joyi: sport zali. Mashg'ulotning borishi Tashkiliy-metodik ko'rsatmalar Tayyorlov qismi ( 7 daqiqagacha) Saflantirish, navbatchini hisobot berishga o'rgatish, «Saflan», «Tekislan», “Rostlan” buyruqlarini bajarishga o'rgatish, darsda belgilangan asosiy vazifalar bilan tanishtirish. Oyoq uchida, poshnada, tovon tashqi cheti va ichki chetlarida yurish mashqi. Qo'llar belda, yonlamasiga oyoq uchida yugurish (oyoq uchini balandroq ko'tarib, o'ng yelka oshib qarash) Qayta saflanish Umumrivojlantiruvchi mashqlar Sport kiyimlariga e'tibor berish Pulьsni nazorat qilish Gavda holati, nafas olish va qo'l harakat-larini nazorat qilish Buyruq: «oltitadan», «uchtadan», «turgan joyda tartib bilan sanang», «sanoq bilan qadam bos”. Asosiy qism (30 daqiqagacha) Aylanma mashqlar 1-mashq. Koordinatsiyani rivojlantirishga oid mashqlar. 50 sm.li to'siqlarning ostidan o'tish va ustidan sakrash Sekin bajarish. 2-mashq. Qomatni to'g'rilashga oid mashqlar. Devor oldida, boshga xatachani qo'yib – yurish, tomonlarga qaytish, o'tiribturish. Orqani tik tutish, yelkalar ko'tarilgan. Bosh, yelka, orqa, poshna devorga yopishib turishi kerak. 3-mashq. Oyoq tovoni va qorinchasi mushaklari va suyaklarini mustahkamlashga oid mashqlar. Qo'lda ipni aylantirib, undan sakrash. Qomatni tik tutish. Faqat oyoq qorinchasi va tovon mushaklari ishlaydi. 4-mashq. Koordinatsiyani rivojlantirishga oid mashqlar. To'pni chap va o'ng qo'llarda olib yurish. To'pni qo'l bilan shaloplatib urmaslik kerak. 5-mashq. Uyga vazifa. Yerga tayanib yotgan holda qo'llarni tirsakdan bukish va yozish, belni polda ko'tarishga harakat qilish. Iyak polga tegadi, tirsaklar belga yopishgan. O'rtog'ingizning tovonidan tutib, ko'maklashing «Sehrgarlar” harakatli o'yini (kartochka). Pulьsni nazorat qilish Yakunlovchi qism (7-10 daqiqa) Saflanish, turli xil ko'rinishda yurish, nafas olishni meyoriga keltirish hamda diqqatni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar. O'yin - grippning oldini olishga qaratilgan. «Tum-taka-tum-tak, Quyon daraxtga boshin urdi – Baq» (qo'l kaftlari bilan peshananing faol nuqtalarini uqalash) «Voy, bechora quyoncha, Peshanasi g'urracha» (qo'lni musht qilgan holda burunning ikkala tomonidagi nuqtalarni uqalash). «Tez o'rmonga boraylik, Quyonni davolaylik». (Ko'rsatgich va o'rta barmoqlar bilan quloq oldi va orqa qismlarini uqalash.) Saflanish va natijalarni e'lon qilish. Uyga vazifa. Nafasni nazorat qilish va vizual charchash belgilarini kuzatish. «Sehrgarlar» o'yini kartochkasi Grafik tasvir Mazmuni O'yin qoidasi va variantlari O'yin ishtirokchilari maydoncha bo'ylab erkin tarqaladilar. “Sehrgarlar” tanlanadi. Bolalar “sehrgarlar”dan qochishga harakat qiladilar. «Sehrgar» qochayotgan bolalarga qo'lini tekkizib, uni sehrlab qo'yadi. Ya'ni “sehrlangan” bolalar oyoqlarini yelka kengligidan kattaroq yozib, qo'llari balandga ko'tarib, qotib turishadi. Qolgan bolalar esa uning oyoqlari orasidan o'tib, sehrdan xalos qilishga harakat qiladi. O'yin belgilangan vaqt davomida o'tkaziladi. «Sehrgarlar» bir nechta bo'lishi ham mumkin.


Download 54.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling