3-курс Тупроқшунослик йўналиши кундузги бўлим талабаларига тупроқ физикаси фани бўйича курс иши мавзулари


Download 78.96 Kb.
bet9/10
Sana22.04.2023
Hajmi78.96 Kb.
#1380153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Тупроқ физикаси Курс иши бўйича топшириқ ва намуна

Tuproqning issiqlik sigʻimi. 1g tuproqning 1°S isitish uchun sarf boʻlgan issiqlik miqdoriga tuproqning issiqlik sigʻimi deyiladi. U kaloriya bilan oʻlchanadi. Tuproqning issiqlik sigʻimi uning ximiyaviy, petrografik va mineralogik tarkibiga xamda namlanish darajasiga bogʻliq boʻladi, buni quyidagi misollardan koʻrish mumkin (massa issiqlik sigʻimi, g(kal): havo —0,2399; suv—1,000; qum —0,194; quruq soz-0,233; kvars-0,188; granit-0,192; bazalt-0,200; oxak — 0,214; chirindi — 0,477 va xokazo. Tuproqning issiklik oʻtkazuvchanligi bir sekundda uning 1 sm2 koʻndalang kesimidan temperatura gradiyenti 1° S boʻlganda 1 sm masofaga oʻtgan issiqlik miqdori bilan oʻlchanadi.
Tuproqning issiqlik oʻtkazuvchanligi ham uning ximiyaviy, petrografik, miteralogik tarkibi va namlanish darajasiga bogʻliq boʻladi. Poleetilen plyonka bilan mulchalash tuproqning issiqlik rejimiga katta taʼsir koʻrsatadi. Mulchalash uchun tayyorlangan plyonkalar kancha enli boʻlsa tuproq temperaturasi shuncha baland boʻladi. Plyonka.\ardagi teshikchalarning maydoni qancha katta boʻlsa tuproqning issiqlik rejimiga shuncha kam boʻladi. Plyonkani tuproq yuzasiga chigit ekib boʻlgan zahtiyoq yotkiziladi. Gʻoʻza qator oraligʻi 60 sm boʻlganda, plyonkaning kengligi 90 sm boʻlishi kerak. Bunday sharoitda ikki qator chigit ekilgan oraliq (60 sm ) hamda ikki tomondagi qoʻshni katorlardan 5 sm dan maydon plyonka ostida qoladi.
Shunday qilib, hammasi boʻlib kengligi 70 sm ga teng boʻlgan maydon vegetatsiya davrida plyonka ostida boʻladi, Plyonkani shamol uchirib ketmasligi uchun uning ikki chekkasidan taxminan 8—10 sm kenglikda tuproqqa koʻmib koʻyiladi, Plyonka ostida chigit toʻla oʻnib chiqqandan soʻng xar bir chigit toʻshgan uya ustidan gʻoʻzaning yuqoriga koʻtarilib chiqishi uchun diametri 30 mm li teshikchalar ochiladi. Plyonkaning qalinligi 100 mikron va 90 sm boʻlgan taqdirda xar bir gektar yerga 560 — 600 kg atrofida plyonka sarflanadi. Gʻoʻza kator oraligʻi 60 sm boʻlganda qator oraligʻiga ishlov, sugorish oziqlantirish kabi agrotexnik tadbirlar bir egat tashlab oʻtkaziladi.
Bunday xollarda plyonka ostidagi maydonga paxta vegetatsiyasi davrida mutlaqo ishlov berilmaydi. Soʻngi vaktlarda Totkent oblastida chigit yoppasiga aprel oylarining boshlarida ekilmoqda. Bunday sharoitda chigit 8—10 kunda tula unib chiqadi. Lekin koʻpincha chigit unib chiqqandan soʻng xavo temiyeraturasining pasayib ketishi va yogʻingarchilik natijasida yer yuzida qatkaloq paydo boʻlishi ham mumkin. Bunday ob —xavo sharoitida tuproq temperaturasi ham pasayib ketadi. Qatqaloq mavjud boʻlgan sharoitda esa atmosferadan keladigan kislorod myqdori kamayib ketadi va gʻoʻzada “ildiz chirish” kasalligi paydo boʻladi. Polietilen bilan mulchalangan maydonlarda esa gʻoʻza xech qanday kasallikka chalinmaydi. Chunki u tuproq gemperaturasining ochiq yerga nisbatan baland boʻlishini shu bilan birga chigitni toʻla va sogʻlom unib chiqishini taʼminlaydi. Mulchalash birinchi navbatda tuproqning issiqlik rejimiga katta taʼsir koʻrsatadi. Mulchalangan tuproqningtemperaturasi sutka davomida 100 sm gacha boʻlgan chuqurlikda mulchalanmagan tuproqning temperaturasidan yuqori boʻladi. Mulchalangan va mulchalanmagan tuproqlar orasidagi tafovut tuproqning ustki qatlamidan pastki qatlamlariga karab kamayib boradi. Agar 5 sm chuqurlikda bu tafovut 6,8 °S ni tashkil qilsa, 50 sm chuqurlikda 2,3 °S tenglashadi.

Курс ишини шакллантиришда шунга алоҳида эътибор беринглар. Ҳар бир боб алоҳида янги бетдан бошланади (1боб, 2-боб, 3-боб, хулоса, фойдаланилган адабиётлар). Бўлимлари вароқ ўртасида ҳам бўлаверади. Вароқларнинг тагида очиқ жой қолмаслигига эътибор қаратинглар.




Xulosa
Shunday qilib, tuproqda issiqlikning harakati, yutilishi, energiyasining harakat majmualari issiqlik xususiyatlariga kiradi. Tuproqning issiqlik rejimi, bu yerda kechadigan biologik уа kimyoviy jarayonlarga ham bevosita ta'sir etadi. Tuproqda ma'lum haгorat bo'lgandagina o'simliklar yaxshi rivojlanib, mikгoorganizmlar faoliyati aktivlashadi. 1g tuproqning 1°S isitish uchun sarf boʻlgan issiqlik miqdoriga tuproqning issiqlik sigʻimi deyiladi.
Tuproqning issiqlik balansi joyning geografik holati, relyefi yil mavsumi vа sutkaning vaqti, tuproq xossalari, o'simliklari hamda meteorologik sharoitlari vа boshqalarga bog'liq. O'rtacha yillik harorat уа tuproqning muzlash xarakteriga ko'ra V.N.Dimo (1972) tuproq issiqlik rejimining quyidagi: muzloq, uzoq mavsumiy muzlaydigan, mavsumiy muzlaydigan, muzlamaydigan tiplarini ajratadi. Tuproq haroratining o'zgarib turishiga sabab bo'luvchi tabiiy faktorlardan asosiylari joyning relyefi tuproq xossalari, o'simlik уа qor qoplami singarilar hisoblanadi. Tuproqdagi o'rtacha yillik haroratning o'zgarishi: iyul уа avgust oylarida o'rtacha sutkalik o'zgarishi eng yuqori, yanvar-fevralda esa minimal darajada bo'ladi. Yoz faslida eng yuqori sutkalik o'rtacha tempuratura, odatda tuproqning ustki qismida kuzatilib. quyi qismlarida kamayib boradi. Qishda esa aksincha tuproqning yuzasida harorat pasayib, quyi qismlarida ko'tariladi.
Tuproqning issiqlik o'tkazuvchanligi, uning mineralogik, mexanikaviy tarkibiga уа organik moddalar miqdoriga hamda tuproq qovushmasi уа tuproqning qattiq, suyuq, gaz fazalari orasidagi o'zaro nisbatiga bog'liq. Tuproqning issiklik oʻtkazuvchanligi bir sekundda uning 1 sm2 koʻndalang kesimidan temperatura gradiyenti 1°S boʻlganda 1 sm masofaga oʻtgan issiqlik miqdori bilan oʻlchanadi. Tuproqning issiqlik oʻtkazuvchanligi ham uning kimiyaviy, petrografik, miteralogik tarkibi va namlanish darajasiga bogʻliq boʻladi. Tuproq haroratini oshirish uchun bug' va issiq suv bilan isitish usulidan keng foydalaniladi. Shu maqsadda tuproqning yuqori madaniy qatlamlaridan 40-70 sm chuqurlikda qilib, trubalar o'tkaziladi va ular orqali issiq suv, bug' yuboriladi.



Download 78.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling