3-курс Тупроқшунослик йўналиши кундузги бўлим талабаларига тупроқ физикаси фани бўйича курс иши мавзулари


Download 78.96 Kb.
bet4/10
Sana22.04.2023
Hajmi78.96 Kb.
#1380153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Тупроқ физикаси Курс иши бўйича топшириқ ва намуна

1-bob. Adabiyotlar taxlili (Tuproqning issiqlik sig’imi va tuproqning temperatura o’tkazuvchanligi haqida)
Ekinlar hosildorligini oshirish, avvalo tuproqning xossa va xususiyatlarini yaxshi oʻrganishni taqozo qiladi. Kundalik hollarda qishloq xoʻjalik ishlab chiqarish tajribasida tuproqning xossalari, ayniqsa uning fizik rejimlari eʼtibordan chetda qolib, ekinlar hosildorligi asosiy mineral va organik oʻgʻitlar solish xisobiga oshiriladi. Akademik V.R.Vilyams taʼbiri bilan aytganda, tuproq unumdorligi oʻsimliklar hosildorligini muttasil oshiruvchi hayotiy faktor - oziq, suv, havo, issiqlik va yorugʻlik hisoblanadi. Bu faktorlar mustaqil hech qachon bir-birini oʻrnini almashtirmaydigan, lekin oʻzaro munosabatda va bogʻliqlikda boʻladi. Bu faktorlarni boshqarish, eng oldin tuproqning fizik xossalarini bilishni va ularni boshqarish tadbirlarini oʻrganishni taqozo qiladi. Tuproq fizikasi kursi tuproqning fizik, suv-fizik va fizik-mexanik xususiyatlarini hamda undagi fizik jarayonlar va rejimlar majmuasini oʻrganadi. Bu jarayonlar qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, yoʻl, uy joy, sanitariya hamda kurort muassasalari qurilishi maqsadlariga tadbiq etishning asosiy tadbirlarini koʻrsatib beradi va ishlab chiqadi.
L.Tursunov. Tuproq fizikasi (1988), bu kitobda tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi, tuproq haroratiga namlik, relyef ta’sir etishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, tuproqdagi issiqlik balansi, issiqlik rejimi va issiqlik sig’imini tuproqda, havoda, suvda qancha g/kal ekanligi, mulchalashning tuproq issiqligi va havo rejimiga ta’siri haqida ham umumiy ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
B.Шумахер, Физика почы, ushbu darslikda tuproqning umumiy fizik xossalari tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligiga ta’siri haqida gap boradi.
H.X Tursunov. Tuproqshunoslik (2017), bu kitobda tuproq qanchalik quyosh nurini qabul qilishi va qancha qismi atmosferaga qaytishi haqida gap boradi. Bu darslik orqali biz albeldo kattaligini hisoblab topishimiz mumkin. Quyosh radiatsiyasi qancha kj da yerga yutilishi haqidagi ma’lumotlarni barchasi shu darslikda berilgan.
I.Boboxo’jayev.Tuproqshunoslik (2011), bu darslikda tuproqdagi issiqlikning roli vа uning manbalari, Tuproq harorati o'simliklar o'sib rivojlanishining eng muhim omillaгidan biri ekanlidi, Tuproqdagi issiqlikning asosiy manbai - quyosh nuri energiyasi ekanligi, tupгoqning issiqlik xossalaгiga: tupгoqning issiqlik singdirishi, issiqlik sig'imi vа issiqlik o'tkazuychanligi kabilar kirishi, issiqlik o’tkazuvchanlik tuproqda, havoda, torf va kvarsda qandayligi haqidagi jadval berib o’tilgan. Bundan tashqari tuproqlarni issiqlik bilan ta’minlanish darjasini baholagan Dimoni jadvali berilgan.
Бу курс ишида келтирилгандек, кам адабиётлар эмас кўплаб адабиётларни мавзу бўйича ўрганиб чиқиш лозим. Мана шу илмий манбаларни таҳлил қилиш орқали сизлар мавзунинг моҳиятига тўлиқ кириб бораоласизлар. Ўрганилмаган жиҳатларини аниқлай оласизлар. Хулоса сифатида келтиришларининг мумкин.
Адабиётлар таҳлилини якунлашда мисол учун “ўрганиб чиқилган илмий манбалар асосида шундай хулоса қилиш мумкин, тупроқнинг иссиқлик сиғимини ошириш ва ҳарорат ўтказувчанлигини яхшилаш уларнинг унумдорлигни ошириш ҳамда қишлоқ хўжалиги амалиётида тўлиқ фойдаланиш имконини берар экан” деган мазмунда тугатиш мумкин.


Download 78.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling