Anostatsiya : Rahbarning liderlik ko’nikmalarini rivojlantirish yo’nalishlari. Kalit so’zlar


Download 29.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi29.72 Kb.
#1565701
  1   2


LIDERLASHNI TAYYORLASH 
Samandarova Nigora 
Xalqaro Nordik Universiteti 
Talaba 
nigorasamandarova@gmail.com
 
+998904963851 
Anostatsiya : Rahbarning liderlik ko’nikmalarini rivojlantirish yo’nalishlari.
Kalit so’zlar : rahbar , lider , yosh avlod , ko’nikma , ishtirok . 
Kirish : 
Oxirgi yillarda yangi avlod rahbar kadrlarini tayyorlash ko’pchilik
kompaniyalar uchun asosiy muammolardan biri hisoblanadi. 1990 yillarning 
o’rtalarigacha globallashuv ta’sirida kompaniyalar va ularning rahbariyati asosiy
e’tiborini diverosifkasiyalashgan faoliyat va mavjud tajribali mutaxassislarga
qaratdi. Bunda menejerlarning “yangi oqimi”ni tayyorlash e’tibordan chetda
qolib, bu masala kadrlar bo’limiga yuklatib qo’yildi. Menejerlarni tarbiyalashga
umuman ahamiyat berilmadi. 
Asosiy qism : 
2000 yillarda axborot texnologiyalari sohasidagi rivojlanish va demokratik 
holat tashqi muhitni o’zgartirib yubordi, yangi rahbarlarda texnik ko’nikmalar
va liderlik qobiliyatlarning yetishmayotganligi aniq bo’lib qoldi. Lider
qobiliyatlari, salohiyati yetishmayotgan rahbariyat korxona raqobatbardoshligi 
salbiy ta’sir eta boshladi. Rahbar kadrlarni qidirish, yollash, chetdan taklif etish 
yoki qayta tayyorlash kerakli samara bermadi. Bir necha yil oldin vaziyat
ijobiy tomonga o’zgardi, endi yuqori boshqaruv trener, tarbiyachi, hikoyachi
rolida ham chiqa boshladi. 
Bunda liderlik salohiyatini oshirish san’atini uni bevosita qo’llash 
sharoitida o’rganish qo’layroq. Yangi liderlarni tashqi treninglarda emas, balki
korxona ichida o’qitish menejerlarga liderlikning amaliy ahamiyatini va 
namoyon bo’lishini o’z ko’zi bilan ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bundan


tashqari liderning faoliyatini bevosita o’rganish amaliy jihatdan kuchli ta’sir vositasi
hisoblanadi.
Ikkinchidan, liderlik bo’yicha mashg’ulotlarni kompaniyada hurmat va 
obro’ga ega xodimlar berishi bilimlarni yaxshi qabul qilishga olib keladi. 
Boshqacha qilib aytganda liderlikni liderlardan o’rganish kerak, bu kadrlarga
kompaniya qadriyatlari, boshqaruv tamoyillarini o’zlashtirishga imkon beradi. Bu 
mezonlar yig’idisi o’z aksini “hikoya qiluvchi” (inglizcha “telling”) uslubiyatida 
topgan. Bu uslubiyatga asosan ta’lim olayotgan menejerlar kelajakda kompaniyani 
boshqaruvchi rahbar darajasiga yetishi uchun zarur tajribaga ega bo’lishadi. 
“Hikoyachi” uslubiyati kompaniya rahbarining 10 daqiqalik tabrik nutqi 
bo’lmay, balki mashaqqatli va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Uning
samaradorligi quyidagi tamoyillar bilan belgilanadi: 
1. Aniq yo’nalishga ega bo’lish va kompaniyaning strategik vazifalari bilan
bog’liqlik liderning strategik va tashkiliy salohiyatini oshirishga imkoniyat 
beradi. Bunda to’plangan tajribaning korxona joriy vazifalari bilan aloqasini
ta’minlash lozim. Hikoyachi bu holda kompaniya tarixi, o’z hayoti tajribalaridan 
misollar keltiradi. 
2. Hikoyaning tinglovchilar darajasi va mavqyeiga mosligi. Mashg’ulot 
rahbari (hikoyachi)ga o’z hikoyasini tinglovchilar liderlikning egallab turgan
saviyasiga mos tajribalar asosida olib borishi kerak. 
3. Hikoyachining (avtoriteti) obro’si. Hikoyachi yuqori martabaga, namuna
uchun arziydigan shaxs bo’lishi bilan birga a tinglovchilarni o’ziga qarata olishi,
hurmatga sazovor bo’lishi, notiqlik mahoratigni egallagan, “talabalar” uchun 
“professor” bo’lishi lozim. Faqat shu holdagina hikoya bo’lg’usi liderlar 
tomonidan to’g’ri qabul qilinadi va samarali bo’ladi. 
4. Dramaga asoslangan element. Hikoya tinglovchilarning diqqatini jalb
etishi lozim. Buning uchun murakkab chaqiriq, dramatik element bo’lishi kerak. 
Drama murakkab qaror qabul qilish va rahbar tajribasidagi mashaqqatli tanlov 
doirasida shakllantiriladi. 
5. Yuqori darajadagi idrok etish qiymatiga ega bo’lishi. Hikoya ta’lim
olishni rag’batlantirishi va tinglovchi hulq-atvori, madaniyatini o’zgartirishi 
lozim. 


“Yangi liderlar”ni tayyorlash dasturida hikoyachi uslubiyati. Hikoyachi
uslubiyati yangi liderlarni tayyorlashning samarali vositasi bo’lishi uchun barcha
tomonlarning mashaqqatli harakatlari va manfaatdorligi bo’lishi lozim. Buning
uchun kompaniyadan quyidagi harkatlar amalga oshirish talab etiladi: 
- boshqaruv apparatini faol ishtirok etishini ta’minlash. Bu dasturning
muvaffaqiyati boshqaruv apparatining “liderlarni shakllantirish”da faol ishtirok
etish bilan belgilanadi
- rahbar sifatini belgilovchi umumiy talablarni ishlab chiqish. Dasturning
samaradorligi kompaniyani boshqarishga yagona yondashuv mavjudligi bilan
belgilanadi; 
- mavjud alternativ yechimlarni o’rganish. Menejerlarni tayyorlashda 
hikoyachi usuli bilan birga yoki alohida boshqa usullar ham qo’llanilishda 
mumkin: tarkibiy kouching (suhbat), amaliy mashg’lotlar, universitet dasturlari 
va kompleks testlar. 
- dastur uchun “hikoyachilar” guruhini tanlab olish. Guruhga bu dastur 
qiziqish bildirgan rahbarlar, kadrlar xizmati rahbarlari hamda yuqori bug’in
menejerlarini tayyorlash tajribasiga ega mutaxassislar kiritiladi. 
- ishtirokchilar va hikoyachilarni tayyorlash. Himoyalar o’zining ta’lim
maqsadiga erishishi uchun ularni turish, tayyorlash va repetisiyasiga
mutaxassislarni jalb etish kerak. Tinglovchilarni saralab olish, bunda ular dastur 
maqsadlari va dialogdagi o’z vazifalari haqida aniq axborotga ega bo’lishlari
lozim;
- dialog, reaksiya va harakatlarni rag’batlantiruvchi mavzularni tanlab olish
kerak. Hikoyachidan boshqaruv jihatlari haqida samimiy hikoya qilish talab
etiladi. 
Hikoya minbardan turib ma’ruza qilish emas, balki munozaraga undash
shaklida bo’lishi muhimdir. Hikoya 30 daqiqa atrofida davom etishi, so’ngra
boshqaruv muammosi tahlil qilinishi lozim. Munozaradan keyin har bir
tinglovchi boshqaruvning turli muammolariga bag’ishlangan oldindan
tayyorlangan g’oyalarini taklif etadilar, liderlik salohiyatini rivojlantirish bo’yicha
tadbirlar rejasini tuzadilar. 
Hikoyachi usuli - liderlik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona usul
emas va u menejerlikning boshqa texnik hamda vositalari bilan birga ham


qo’llanishilishi mumkin. Shu bilan birga hikoyachi usuli joriy o’n yillikning
eng muhim usullaridan biri sifatida oddiy menejerlarni emas, balki aynan
liderlarni tayyorlashi diqqatga sazovordir. Bu usulni O’zbekiston Respublikasida 
faoliyat yuritayotgan kompaniyalarda liderlarni tayyorlashda qo’llash yuqori 
samara beradi.

Download 29.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling