3 laboratoriya ishi Ampermetrning o’lchash chegarasini orttirishni o’rganish Kerakli asbob va jihozlar


Download 297.5 Kb.
bet1/3
Sana12.01.2023
Hajmi297.5 Kb.
#1089784
  1   2   3
Bog'liq
3-laboratoriya-ishiampermetrning-olchash-chegarasini-orttirishni-organish


3 - laboratoriya ishi
Ampermetrning o’lchash chegarasini orttirishni o’rganish


Kerakli asbob va jihozlar: o’zgarmas tok manbai - «AGAT», ampermetr, reostat, milliampermetr, reoxord, kalit va ulash simlari, shtangensirkul.
Ishning maqsadi: ampermetrning ko’rsatish darajasini oshirish uchun unga qarshilik (shunt)ni qanday tanlash usulini o’rganish. Shuntni ampermetrga o’rnatish va shuntlangan ampermetr bilan tok kuchini o’lchashni o’rganish. Shuntning qarshiligini hisoblash va shunt materialining solishtirma qarshiligini aniqlash.
Qisqacha nazariya: o’zgarmas va o’zgaruvchan tok zanjirlaridagi tok kuchini o’lchaydigan asbob – ampermetr (kichik toklarni o’lchaydigan asboblar milliampermetr, mikroampermetr) deb ataladi. ¡lchash vaqtida ampermetr zanjirga ketma-ket ulanadi, bunda zanjirdagi hamma tok ampermetr orqali o’tadi. Zanjirdagi tokning qiymatiga sezilarli ta’sir ko’rsatmasligi uchun ampermetrlarning qarshiligi kichik bo’lishi lozim.
Har qanday ampermetr (milliampermetr) ma’lum bir chegaralangan qiymatdagi tok kuchini o’lchashga mo’ljallangan bo’ladi. Agar zanjirdagi tok kuchi I ampermetr o’lchashi mumkin bo’lgan I0 tok kuchidan taxminan n marta katta bo’lsa bunday tokni o’lchash uchun ampermetrning o’lchash chegarasini kamida n marta orttirish lozim. Buning uchun ampermetrga parallel ravishda shunt deb ataluvchi qarshilik ulanadi. Ampermetrdan o’tadigan tokning bir qismi shuntdan, qolgan qismi esa ampermetr g’altagidan o’tadi, ya’ni tok tarmoqlanadi. Ampermetrning ko’rsatish darajasini necha marta orttirish lozimligiga qarab shuntning qarshiligi (Rsh) tanlanadi. Shuntlangan, ya’ni ko’rsatish darajasi oshirilgan ampermetr elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi.



Sxemadan ko’rinadiki, I tok kuchi A tugunda tarmoqlanadi, ya’ni tokning bir qismi ampermetr orqali, qolgan qismi esa shunt orqali o’tadi: I=I0+Ish (1)


Ampermetr va shunt parallel ulanganligi uchun ulardagi kuchlanishlar o’zaro teng bo’ladi.
(2)
Bu yerda RA – ampermetrning ichki qarshiligi.
(3) (4)
(4) ning surat va maxrajini I0 ga bo’lib yuborsak
(5) (6)
deb belgilash kiritamiz. Bu yerda n - ampermetrning ko’rsatish chegarasi necha marta orttirilayotganligini ko’rsatuvchi son.
(6) ifodani (5) ga qo’yib, qo’yidagi formulaga ega bo’lamiz:
(7)
Ishning eksperimental qismi 15-rasmda berilgan elektr sxema bo’yicha yig’iladi.

Ushbu laboratoriya ishida milliampermetrning o’lchash chegarasini oshirish nazarda tutilayapti, uning ichki qarshiligi RmA. Shunt vazifasida esa reoxorddan foydalaniladi. Reoxord – shkalali chizg’ich ustiga o’rnatilgan va uzunligi taxminan bir metrcha bo’lgan, ko’ndalang kesim yuzi S butun uzunlik bo’yicha bir xil, - solishtirma qarshiligi katta bo’lgan bir jinsli o’tkazgichdan (sim) yasaladi. R – reostat zanjirdagi tok kuchini o’zgartirish (boshqarish) uchun xizmat qiladi.



Download 297.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling