3 laboratoriya ishi Ampermetrning o’lchash chegarasini orttirishni o’rganish Kerakli asbob va jihozlar
Download 297.5 Kb.
|
3-laboratoriya-ishiampermetrning-olchash-chegarasini-orttirishni-organish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Mustahkamlash savollari
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq – 3 (1)
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq – 3 (2)
Maqsadga yo’naltiruvchi savollar:
1) ampermetr qanday asbob va u elektr zanjiriga qanday ulanadi? 2) ampermetrning ko’rsatish darajasini orttirish deganda nimani tushunasiz? 3) shunt nima uchun ampermetrga parallel ulanadi? 4) shuntni tayyorlashda qanday turdagi materiallardan foydalanish mumkin? 5) agar zanjirdan R reostatni olib tashlansa, zanjirda qanday o’zgarish ro’y beradi? Ishni bajarish tartibi 1. 15-rasmda berilgan sxema asosida elektr zanjirini yig’ing va uning to’g’riligiga ishonch hosil qilish uchun o’qituvchiga tekshirtiring. 2. K-kalitni ulang, reostat yordamida zanjirdagi ampermetr ko’rsatadigan tok kuchini I1= 0,2A qilib rostlang. 3. Reoxordning D surilgichini l1 uzunlikka qo’ying va milliampermetr ko’rsatishini yozib oling. 4. D surilgichni l2, l3, l4 uzunliklarga o’zgartiring va har safar milliampermetr ko’rsatishlarini yozib boring. formuladan foydalanib n ni hisoblang (har bir uzunlik uchun alohida). (7) formulaga ko’ra barcha uzunliklar uchun shunt qarshiligi Rsh ni hisoblab toping. (hisoblash vaqtida RA ning o’rniga milliampermetrning ichki qarshiligi RmA olinadi, u mos ravishda: RmA =15,576 Ω (5 mA), RmA =7,92 Ω (50 mA) ga teng. Reostat yordamida tok kuchini I2= 0,3A va I3= 0,4A holatlarga rostlab, aynan yuqoridagi uzunliklar uchun tajribani takrorlang. Har bir uzunlik uchun Rsh qarshiliklarning o’rtacha arifmetik qiymatlarini toping. Tajribada olingan natijalarni quyidagi jadvalga kiriting.
Jadvaldan foydalanib bog’lanish grafigini chizing. Grafikdan ni aniqlang. ga teng ekanligidan foydalanib shunt materialining solishtirma qarshiligi ni hisoblang va uni turli metall o’tkazgichlarning solishtirma qarshiliklari jadvali bilan solishtirib, shunt qaysi moddadan yasalganligini aniqlang. Mustahkamlash savollari: Elektr o’lchov asboblarining qaysi sistemalarini bilasiz? Siz ishlagan ampermetr va milliampermetrlar qaysi sistemadagi o’lchov asboblariga kiradi? Bu asboblarning aniqlik sinfi qanday? Siz ishlagan zanjirda reostat qanday vazifani bajaradi. Uni zanjirdan olib tashlansa tajriba natijasiga ta’sir qiladimi? Ampermetr shkalasining bo’limlar qiymati deganda nimani tushunasiz? Nima uchun milliampermetrni zanjirga iste’molchi bilan parallel qilib ulash mumkin emas? Ampermetrning qarshiligi tok o’tadigan zanjirning qarshiligidan juda kichik bo’lishi kerak, bunga sabab nima? Maktab namoyishli galvanometri (ampermetr) ning qarshiligi 385 Om va ko’rsatkichni bir birlikka og’diruvchi tok kuchi 3,8∙10-5 . Butun shkala 10 ta bo’limdan iborat bo’lsa, bu galvanometr bilan 1) 3 A, 2) 10 A tok kuchini o’lchash uchun unga qanday qarshilikli shunt ulash lozim? Shuntlangan ampermetr 10A tok kuchini o’lchaydi. Agar ampermetrning qarshiligi 0,02 Ω, shuntning qarshiligi 0,005 Ω bo’lsa, shunt bo’lmaganda ampermetr ko’pi bilan qancha tok kuchini o’lchaydi? Mustaqil bajarish uchun topshiriq – 3 (1): Berilgan o’zgarmas tok elektr zanjiri uchun quvvatlar balansini tuzing.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq – 3 (2): Berilgan o’zgarmas tok elektr zanjiri uchun quvvatlar balansini tuzing.
Download 297.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling